ProEducation | O'zbek tili
4.62K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3🌚2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍4🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍5🤯1😇1
👍 Assalomu alaykum, barchaga xayrli tong!

Bugungi tongni xursandchilik bilan boshlash uchun yaxshi sabab bor: media faollari oʻzbek tilida xizmat koʻrsatishdan bosh tortgan katta brendlarga qarshi tashviqotlarni boshladi. Bu safargi kurash avvalgilaridan koʻlami jihatidan farq qiladi. Bu safar ancha jiddiy. Yashasin oʻzbek tili!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤‍🔥1
ProEducation | O'zbek tili
👍 Assalomu alaykum, barchaga xayrli tong! Bugungi tongni xursandchilik bilan boshlash uchun yaxshi sabab bor: media faollari oʻzbek tilida xizmat koʻrsatishdan bosh tortgan katta brendlarga qarshi tashviqotlarni boshladi. Bu safargi kurash avvalgilaridan…
👍 Tafsilotlarni ozgina ochiqlayman: Instagramga kirib turadiganlar balki allaqachon xabar topgandir.

Voqea bir blogerning mashhur kafeda unga oʻzbekcha taomnoma taqdim etishlarini va oʻzbek tilida xizmat koʻrsatishlarini talab qilishidan boshlandi. Tabiiyki, kafe oʻsha kuni oʻzbek tilidagi taomnomani taqdim eta olmagan va bloger oʻz shaxsiy sahifasiga boʻlgan voqeani aytib video joylagan. Blogerning auditoriyasi buni ikki xil qabul qilgan: ayrimlar oʻzbek tiliga hurmatini koʻrsatgani uchun qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, boshqalar rus tilini “yerga urishda” ayblagan.

Shundan soʻng koʻplab blogerlar oʻzlarida ham xuddi shunday holatlar boʻlganini aytib, oʻz shaxsiy sahifasiga kafe, restoranlarda oʻzbekcha taomnoma talab qilishgani, tashkilotlarda ularga oʻzbek tilida xizmat koʻrsatishlarini soʻrashgani, lekin yuqoridagi kabi holat boʻlgani, koʻp joyda oʻzbek tilini biladigan xodimlarimiz yoʻq deb vaziyatdan chiqishga harakat qilganlarini aytib video joylashdi.

Shu kabi videolar auditoriyasi keng qamrovli boʻlgan media faollari tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylanayotgani koʻpchilikni bu muammoga e’tiborini tortmoqda va keng omma oʻz tilidan uyalmasligini, unda gapirishdan faxrlanishini aytib izohlar qoldirishmoqda.

Pandemiya va undan keyingi vaqtlarda, men oʻylaymanki, oʻzbek tilida faoliyat olib boruvchi blogerlar koʻpaygani ijtimoiy tarmoqda oʻzbek tilidagi kontentlar ortishiga sabab boʻldi. Ijtimoiy tarmoq esa buni unutmaydi: oʻzbek tilidagi kontentni saqlab qoladi va uni oʻldirishga harakat qilayotganlarga qarshi kurashaveradi.

Xulosam: oʻzbek tilini talab qilishingiz bu boshqa tilni kamsitish emas, bu shunchaki oʻz tilingizga boʻlgan hurmatingiz belgisi. Sizning prinsipial inson ekaningiz dalilidir.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Bugungi voqealarga mos keladi: Maxtumquli Firogʻiy

Badiiy film 2024-yil Oʻzbekiston va Turkmaniston kinoijodkorlari hamkorligida suratga olingan. Filmni tomosha qilaturib Maxtumquli she’rlarini qaytadan oʻqib chiqishni reja qildim.

Tavsiya qilaman. Ajoyib 👍🏻

Toʻliq 👇🏻
https://youtu.be/K7Md8TW9UdY?si=dHM1gPfH4quV84S3

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤‍🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Esse uchun tavsiyalar | Va’da qilingan 2-qism

🧠 Bilim va tahlil yozma ishingizni siz oʻylagandan koʻra yuqoriroq darajaga olib chiqadi.


🔎 Esse yozishdan avval mavzuni ozgina boʻlsa ham oʻrganishga harakat qiling. Bular yigʻilib borib, imtihonda sizga asqatadi

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
ProEducation | O'zbek tili
👍Eslatma: "Fikrga qarshi fikr – mukammal esse siri! ⚖️ Muammoli mavzuda faqat bir yoqlama fikr emas, ikki tomonni tahlil qilish — tanqidiy tafakkurni shakllantirishda muhim omildir. Faqat bitta tomonni emas, qarshi tomon fikrini ham bir xil yoriting, so‘ng…
👍 Eslatma: Fikr har doim dalil bilan mustahkam bo‘lsin

🧠 Esseda shunchaki fikr yetarli emas. Har bir mulohaza misol, kuzatuv, statistik ma’lumot yoki iqtibos bilan boyitilishi zarur.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤‍🔥2🏆1
👍 Assalomu alaykum, xayrli tong barchaga!

Milliy sertifikat imtihonining 1-seriyasiga 1 hafta, 2-seriyasiga esa 2 hafta vaqt qoldi.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😢3🌚2❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Esse uchun tavsiyalar | 3-qism

Bugungi video esse yozish bosqichlariga bagʻishlanadi. Sizning yozma ishingiz shakl jihatidan boshqalarnikidan ajralib turolmaydi, chunki barcha bir xil uslub va shaklda yozishga majbur.

💪🏻 Ammo mazmun sizning essedagi shaxsiy imzoyingizdir. Uni qanchalik boy ekanligi sizning darajangizni belgilab beradi va yuqori ball olib keladi.

@rustamov_edu
5👍2
👍 Assalomu alaykum, barchaga xayrli tong!

Yangi haftani yaxshi kayfiyat bilan boshlash uchun nimadir sabab toping, menda hozircha yoʻq, topilsa aytaman 😁

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😁1👀1
👍 Imtihonda vaqt taqsimoti

Milliy sertifikat imtihoniga ham sanoqli kunlar qoldi. Shu kunga qadar imkoningiz boricha barcha bilimlarni egallashga harakat qildingiz, endi esa bu bilimlarni qanday qo'llay bilishni o'rganish navbati keldi.

Imtihonda vaqtdan oqilona foydalanish muvaffaqiyatga erishishingizda muhim omillardan biridir. Har holda "ozgina vaqt yetmay qoldi-da" deb attang qilmasligingiz uchun ham vaqtni qanday boshqarish, uni nazorat qilishga e'tibor qaratishingiz zarur.


Hozir men sizlarga o'zim milliy sertifikat imtihonlarida qo'llaydigan taqsimotni tavsiya sifatida keltiraman:
1. Grammatik testlar 35 daqiqa;
2. Badiiy va ilmiy matn 25 daqiqa;
3. G'azal tahlili 25 daqiqa;
4. Esse 65 daqiqa.

Izoh:
1. Savolni ohang bilan o‘qing. Nima so‘ralayotganini to‘liq tushunmasdan javob bermang.
Variantlar o‘xshash bo‘lsa, qoidaga suyaning. O‘zingizga “shunaqa bo‘lsa kerak” deb ishonib ketmang. Shubhali savollarni belgilang-da, davom eting. Vaqt zoye ketmasin.
2. Ilmiy matn baadiy matnga qaraganda ko'proq vaqt oladi, shuning uchun ilmiy matnga 15, baadiy matnga 10 daqiqa sarflashingiz mumkin. Esda saqlang: matnni avvaldan o'qib olish biroz ko'p vaqt olishi mumkin, lekin bu orqali to'g'ri javob topish ehtimoli ortadi.
3. G'azalni to'liq o'qib chiqmang. Avval baytma-bayt berilgan savollarni ishlab oling, shunda ham vaqtdan yutasiz, ham g'azalni test yechish orqali tahlil qilib olasiz. Qaysi baytda shu o'xshatish qo'llangan? yoki Qaysi baytda shu she'riy san'st qo'llanmagan? kabi savollarni g'azalning boshqa savollariga nisbatan keyinroq ishlashni tavsiya beraman. Chunki bu kabi savollarga javob berish uchun ba'zan butun g'azalni o'qib chiqishga to'g'ri keladi.
4. Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilsangiz, esse uchun 1 soatdan ko'roq vaqt qoladi. Shunda 20-25 daqiqasini fikrlaringizni jamlashga va homaki reja tuzishga sarflang. Darhol esse yozishga tushmang.

Yana bir tavsiya: imtihon varaqasini ochgan vaqtingizda esse mavzusini o'qib oling. Shunda miya orqa fonda o'zi avtomatik shu mavzu uchun ma'lumot to'plashni boshlaydi.

! Diqqat: bularning barchasi tavsiya. Amal qilish yoki qilmaslik sizning tanlovingiz. Qat'iy belgilangan tartib qoida sifatida taqdim etilmadi.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🏆1
👍 Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
56%
Xokisor
44%
Hokisor
👍1🏆1
👍 Qaysi qatordagi barcha so'zlar to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
36%
hayrat, hushyor
47%
hayrat, xushyor
8%
xayrat, xushyor
8%
xayrat, hushyor
👍6🏆1
👍 Sun'iy intellekt orqali tekshirilgan esse namunasi 👇🏻
O'qib ko'ring, sizning fikringiz qanday: sun'iy intellekt bergan ball haqlimi yoki yo'q?


Esse mavzusi: Ayrimlar yutuqli o'yinlar va turli shoular odamlarning bir-biriga bo'lgan ishonchini so'ndiradi deb bilishadi, ba'zilar esa bu kabi ko'ngilochar o'yinlarning afzalliklarini e'tirof etishadi

Barchamizga ma'lumki, aholi orasida sovrinli o'yinlar va har xil dasturlar ommalashib bormoqda, jamiyatimizda esa bu holatga turli qarashlar mavjud: ko'pchilik shu kabi dasturlarga qarshi chiqsa, ayrimlar ularning ijobiy tomonlarini ta'kidlaydi.
Mediama'lumotlar juda tez tarqalayotgan bir davrda, ko'plab korxonalar tasodifiy sovrinli o'yinlar va turli yutuqli dasturlar tashkil etib, insonlarda bu jarayonga qiziqish uyg'otmoqda. Natijada, ushbu mahsulotlarga talab oshib bormoqda, chunki xuddi shu mahsulotlarda shtrix kodlar, sifra raqamlari bo'ladi. Lekin, "Tekin go'sht qopqonda bo'ladi " degan fikrga ishonuvchilar ham talaygina. Ularning fikrlarida ma'lum darajada asos bor. AQShning "Food's market" jurnali tekshiruvlariga ko'ra, 2018-yil Coca cola kompaniyasi tomonidan tashkillangan o'yinda yutuqli ichimliklar sotuvga chiqarilmagan. Bu esa shu kabi dasturlarga ishonchsizlikni orttirgan.
" Odam odamdan fikr oladi, lekin har kimning o'z yo'li bor" deganlaridek, yuqoridagi fikrga qarshilar ham anchagina. Ular bunday o'yinlar orqali ma'lum korxonalarning iqtisodiy foyda olishi bilan bir qatorda, yutuqqa ega chiqqan shaxsning yaxshigina daromad egasiga aylanishini ham ta'kidlashadi. Xususan, yurtimizda tashkillangan "Omad shou" o'yinida 5640 nafar yurtdoshimiz "Damas" avtomashinasi sohibi bo'ldi, o'yin uchun qo'yilgan mahsulotlar xaridi esa 41.2 % ga o'sdi.
Fikrimcha, shu kabi o'yinlar xalqimizga ham ma'naviy, ham moddiy zarar keltiradi. Birinchidan, jamiyatda "Olma pish, og'zimga tush" deguvchi odamlar ko'payib, tanballikka berilsa, ikkinchidan, sifatsiz mahsulotlar hajmini oshiradi. Uzex ma'lumotlariga ko'ra, tovar ayirboshlashda shunday dasturlar natijasida iste'molga yaroqsiz mahsulotlar hajmi ikki baravar o'sgan.
Xulosa o'rnida shuni aytamanki, aholimiz "Qopqondagi go'sht"larga ishonib qolmasdan, halol mehnat bilan yutuqqa erishsinlar va shu kabi adolatsiz ,aldovga asoslangan o'yinlarga qaram bo'lib qolmasinlar.

Muallif: Mo'tabar Imbatova

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🏆1
👍 Bu esa sun'iy intellektning har bir mezon bo'yicha baholari va izohlari:

📝 Essening qisqacha mazmuni:
Mavzuda yutuqli o‘yinlar va shoularning jamiyatga ta’siri baholanadi. Muallif har ikki fikrga e’tibor qaratib, statistik misollar, iqtiboslar keltiradi. Yakunda esa salbiy tomonni ustun qo‘yib, o‘z nuqtai nazarini bildiradi.


📊 Bandma-band baholash
1. Publitsistik uslubga moslik — 1.5 ball
Izoh:
Matnning ohangi asosan publitsistik. Biroq ayrim joylarda og‘zaki so‘zlashuv uslubiga yaqinlashgan ifodalar bor:
“Olma pish, og‘zimga tush”, “go‘sht qopqonda bo‘ladi”, “qaram bo‘lib qolmasinlar”
Bu iboralar tinglovchi/ko‘ruvchiga mo‘ljallangandek, og‘zaki ko‘rinish olgan. Shuning uchun 1.5 ball.

2. Qarashlar va shaxsiy fikr yoritilishi — 2 ball
Izoh:
Ikkala pozitsiya aniq yoritilgan:
Qarshi fikr (aldov, ishonchsizlik, zararlar)
Ijobiy tomonlar (korxona foydasi, real g‘oliblar)
Shaxsiy fikr ham oxirgi abzasda aniq bayon etilgan.

3. Dalillar bilan asoslash — 2 ball
Izoh:
Misollar ko‘p:
Coca Cola misoli (2018)
“Omad shou” statistikasi
Uzex ma’lumotlari
Bu misollar real, statistik va mavzuga bevosita aloqador. Dalillash yuqori darajada.

4. Matn tuzilishi (kirish, asosiy qism, xulosa) — 2 ball
Izoh:
Matnning tuzilishi aniq:
Kirish: mavzuga kirish va savol
Asosiy qism: ikki qarash, misollar
Xulosa: aniq va qattiq nuqtai nazar.
Tuzilma mukammal.

5. Mantiqiy tuzilish va abzaslar — 2 ball
Izoh:
Matn abzaslarga yaxshi ajratilgan, har bir xatboshida yangi fikr ochilgan. Gaplar bir-biriga bog‘langan. Matn oqimi yaxshi.

6. Mantiqiy izchillik, takror yo‘qligi — 2 ball
Izoh:
Takroriy jumlalar yoki fikrlar yo‘q. Har bir paragraf yangi asos, yangi dalil yoki mulohaza bilan ajralgan.

7. Imlo xatolari (orfografiya) — 1 ball
Izoh:
Imlo xatolari mavjud:

“Tashkillangan” → “tashkil qilingan” to‘g‘riroq
“sifatsiz” → “sifatsiz” so‘zi mavjud, lekin salom yoki aniq kontekstda buzilgan ko‘rinadi
“bo'ladi ,aldovga” → verguldan oldin bo‘shliq noto‘g‘ri
“shtrix kodlar, sifra raqamlar” → “shifrlangan raqamlar” to‘g‘riroq
Shu kabi 3-4 ta imlo noaniqligi bor — 1 ball.

8. Punktuatsiya xatolari (tinish belgilari) — 1.5 ball
Izoh:
Ko‘p hollarda verguldan keyin bo‘sh joy qo‘yilmagan:
“adalatsiz ,aldovga…”
“fikrga qarshilar ham anchagina.”
Yozuv ritmiga ta’sir qilmaydi, ammo ruxiy intizomda pasayish bor.

9. Qo‘shimchalar bilan bog‘liq xatolar — 2 ball
Izoh:
Qo‘shimchalar to‘g‘ri qo‘llanilgan. “egasiga aylanishi”, “foyda olishi”, “hajmi oshadi” – grammatik tuzilma mukammal.

10. So‘z qo‘llashdagi uslubiy xatolar — 1.5 ball
Izoh:
Ba’zi so‘zlar aniq kontekstga mos emas:
“sifra raqamlar” → “shifrlangan raqamlar” deyish to‘g‘riroq
“jamiyatimizda esa bu holatga turli qarashlar mavjud” – noaniq ohang
1-2 o‘rinda noaniqlik bor.

11. Lug‘at boyligi va ifodalilik — 2 ball
Izoh:
Maqollar, iqtiboslar, statistik misollar – matnga boylik bag‘ishlagan.
“Qopqondagi go‘sht”
“Olma pish, og‘zimga tush”
“Yaxshigina daromad egasiga aylanish”
So‘zlar xilma-xil, jonli.

12. Adabiy til me’yori (sheva, jargon, parazit so‘zlar) — 2 ball
Izoh:
Sheva yo‘q, jargon yoki parazit so‘zlar ishlatilmagan. Tili toza va adabiy.

JAMI BALL: 21.5 / 24
📘 Yakuniy baho va tavsiya:
Bu esse mavzuni har tomonlama qamrab olgan, dalillari kuchli va o‘quvchini fikrlashga undaydigan mukammal yozma ish namunasi. Muallif:
Har ikki pozitsiyani yoritgan,
Statistik dalillar bilan mustahkamlagan,
Yozma nutq tuzilmasiga amal qilgan.
Kamchiliklar faqat imlo va uslubiy aniqlikda 1-2 o‘rinda bo‘lib, umumiy bahoga kuchli ta’sir qilmaydi.

🎯 Yakuniy baho: 21.5 / 24 ball – “Yuqori darajada”


@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🏆1
👍 Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
23%
xalovat
77%
halovat
🏆7👍21
👍 Tavsiya

Imlo mavzusidagi xatoliklarni kamaytirish, agar o'zi kam bo'lsa, umuman yo'qotishning bir yo'li bor. Bu ham bo'lsa, har safar biror so'zning imlosida yanglishsangiz, lug'at shaklida alohida daftarga yozib borish.

Agar lug'atingizni alifbo tarzida shakllantirsangiz, yanada qulay bo'ladi. Vaqti-vaqti bilan ko'z yugurtirib turasiz. Ayniqsa imtihondan oldin imlo mavzusiga tayyorlanish anchayin osonlashadi.

Sinalgan usul. Siz ham sinab ko'ring!
Rahmatni shu post ostida yozib qoldirasiz, foydasi tegsa 😁

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍211🏆1
👍Assalomu alaykum, barchaga xayrli tong!

Bugun kanalga bir post joylayman. Post esseda fikr kelmaganda yoki fikrlaringizni tartibli bayon etishingizga yordam beruvchi formulalar haqida boʻladi.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥11👍72👏1🏆1