Boshladik. Fayzimizni bersin 🤲
❤🔥20👍12🔥4⚡1👀1
MS | Test tahlili
ProEducation | O'zbek tili
👍13⚡4👀2❤🔥1✍1🔥1
❗️❗️❗️
Milliy sertifikat namunaviy testlarining tahlili:
1-test
1-test tahlili
2-test
2-test tahlili
3-test
3-test tahlili
4-test
4-test tahlili
Milliy sertifikat namunaviy testlarining tahlili:
1-test
1-test tahlili
2-test
2-test tahlili
3-test
3-test tahlili
4-test
4-test tahlili
👍18❤🔥7👀2🔥1
Imlo
Kirill alifbosidagi ю, я, ё, е harflari qatnashgan so'zlarning lotin yozuvida qanday yozilishi bilan bog'liq holatlarni ko'rib chiqamiz:
Е – Ye
Kirill alifbosidagi bu harf so'z boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham "ye" tovushini ifodalaydi: yelkan, yetmish, syezd, poyezd, atelye, televideniye.
Я – Ya [ayrim hollarda A]
Kirill alifbosidagi bu harf so'z boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham "ya" tarzida beriladi: yagona, yaktak, iyak, jiyan, miya, moliya.
❗️Istisno:
Rus tili va u orqali g'arb tillaridan o'zlashgan аккумлятор, изолятор, вентелятор, калкулятор kabi so'zlarda "я" o'rnida "a" qo'llanadi: akkumulator, ventilator, izolator, kalkulator.
Ю – Yu [ayrim o'rinlarda u]
Kirill alifbosidagi "ю" bilan yoziladigan so'zlar yangi alifboda "yu" harflar birikmasi bilan beriladi: yugan, yuksak, yupqa, buyuk, suyuq.
❗️Istisno:
G'arb tillaridan o'zlashgan этюд, люкс, костюм, салют kabi so'zlarda "ю" o'rniga "u" harfining o'zi ishlatiladi: etud, luks, kastum, salut.
Ё – Yo [ayrim o'rinlarda o]
Kirill alifbosida "ё" harfi bilan yozilib kelingan so'zlarning boshida, o'rtasida va oxirida "yo" harflar birikmasi qo'llanadi: yodgor, yoki, bayon, sayyoh, dunyo, ashyo.
❗️Istisno:
Дирижёр, ликёр, суфлёр, дублёр kabi o'zlashma so'zlarda "ё" o'rnida birgina o harfining o'zi qo'llanadi: dirijor, likor, suflor, dublor.
O'zlashma so'zlarda "ya" – "a", "yu" – "u", "yo" – "o" kabi ikki xil yoziladigan so'zlar imlosini "Imlo lug'ati" orqali o'rganish lozim bo'ladi.
© Boltayev Mardonqul | Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍4