ProEducation | O'zbek tili
4.69K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
ProEducation | O'zbek tili pinned «❗️❗️❗️ Milliy sertifikat namunaviy testlarining tahlili: 1-test 1-test tahlili 2-test 2-test tahlili 3-test 3-test tahlili 4-test 4-test tahlili»
Imtihonga 1-smenada kirganlar bo'lsa, savollarni va esse mavzusini yozib qoldiring. Ikkinchi smenadagilar uchun foydasi tegsa!
❤‍🔥9👍6🔥2🌚1
36-savol:

Chidamli mato; Xasis odam; Uddaburon bola

Manba: Grant channel

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍252❤‍🔥1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek boshliqlarimiz o'z idoralarining rasmiy yig'inlarida o'zbekcha so'zlasinlar.
© Muhammad Ashraf Sharifiy*

*Afgʻonistondagi o'zbek tili jonkuyarlaridan

Muhammad Ashraf Sharifiy bugun o'zbek tili rivoji uchun bajarilishi kerak bo'lgan ishlarni aytib, oddiy aholi va hukumatga murojaat bilan chiqdi.

📸 Video manbasi: BBC Uzbek Afghanistan

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍25❤‍🔥3👀1
Imtihoni borlar eson-omon qutilib olishdi. Biz esa davom etamiz!

Ertaga soat 21:00da "Bepul Kurs | 3 oy"ning navbatdagi darsi bo'lib o'tadi.
👍31🔥3❤‍🔥1👀1
Savol:
Xulosalanmagan ish uchun necha ball olib tashlanishi mumkin?

Javob:
Yozma ish (esse)ni baholash mezoniga
muvofiq, matn yaxlitligi buzilgan hollarda, ya'ni:
- esse qismlaridan faqat ikkitasi
to‘la yoritilgan – 1,5 ball;
- esse qismlaridan ikkitasi
yuza yoritilgan – 1 ball qo'yiladi.

Shu kotegoriya bo'yicha nari borsa, 1 ball yo'qotasiz.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
❤‍🔥8👍5👀5🔥1
Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni.pdf
132.8 KB
Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni

Baholash
mezoniga ko‘ra yozma ishlar 12 ta holat bo‘yicha 0 balldan 2 ballgacha baholanadi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 24 ballni tashkil etadi.

Manba: BMBA rasmiy sayti

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍7❤‍🔥2🔥2
Mumtoz adabiyot kanalimizda ham darslar to'xtab qolgan edi.

Seshanba kuni soat 21:00dan darslarimizni davom ettiramiz.

Mavzu: Bahrlar


Darslar ushbu kanalda👇

https://t.iss.one/+75bFMv8aqOMwMzJi
https://t.iss.one/+75bFMv8aqOMwMzJi
👍149❤‍🔥2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turklar tomonidan tayyorlangan ushbu videoda Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsi sun'iy intelekt tomonidan tiklangan va u o'zi haqida ma'lumot bermoqda.

Turklarning tasavvuridagi Bobur Mirzo tasviriga necha baho berasiz?

Manba: centerasia_library

ProEducation – ta'limnig pro versiyasi!
👍18👎12❤‍🔥3👀2
Live stream scheduled for
⚡️⚡️⚡️
Bepul Kurs | 3 oy
21-dars

Soat 21:00da.
Mavzu: Morfologiya | Yordamchi so'z turkumlari

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👍9❤‍🔥3🔥2🏆1
Sinonimlar | Taxmin

Taxmin, tusmol, chama, faraz.
Qat'iy (aniq) bo'lmagan fikr.
Tusmol so'zi taxmin so'ziga nisbatan juda kam qo'llanadi.
Chama hamma vaqt egalik qo'shimchasi olgan holda qo'llanadi.
Faraz ko'proq kitobiy tilga xos.

Ibrohimovaning mushohadasiga ko'ra, Abdusamadqorining so'nggi kunlardagi qadam olishi O'rmonjonning har ikkala taxmini ham to'g'ri ekanligini aniq ko'rsatib turar edi. (A. Qahhor)
Zuhra qiz tusmol bilan meni kimgadir o'xshatib, so'ng pushaymon yegani esimda! (N. Safarova)
Komil har qanday farazlarni mulohaza qilib ko'rib, ehtiyoti shart choralarni o'rtaga tashladi. (H. G'ulom)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍13❤‍🔥3
Savol:

Mahalladagi yosh-u qari // xotin-halaj – barchasi xizmatda // qassoblar bo‘lsa // allaqachon bir nechta qo‘y va qo‘chqorlarni shay qilib qo‘ydi //

Berilgan gapda // belgisi o'rniga qanday tinish belgilari qo'yiladi?

E'tiborli bo'ling

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
❤‍🔥4🫡4👍2🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qariyb 6 oyki "Ta'lim Media Group" kompaniyasida loyiha menejeri sifatida faoliyat yuritmoqdaman. Kompaniyamizning shiori: "Sifatli ta'lim – barcha uchun!"

Shu shior ostida bu yerda umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun qulay elektron darsliklar yaratish bilan bandmiz.

Yuqorida tovush tushish hodisasini 7-sinf o'quvchilariga tushunarli bo'lishi uchun yaratgan loyihamiz. Ko'ring, baho bering.

Endilikda kompaniyamiz siz va farzandlaringiz maktab darsliklaridan tashqari zamonaviy kasblardan hisoblangan video-montajorlik sohasi uchun kerak bo'ladigan dasturlarni o'rgatishni ham yo'lga qo'ymoqda. Shuningdek, marketing, chet tillari (ingliz va rus tili) dan sertifikat olishga yordamlashuvchi platforma ham yaratildi.

Kiring, foydalaning!
Murojaat uchun: @Talim_support

Talim.uz – ta'limning yangilangan mazmuni!
👍23👏5❤‍🔥4🔥2🕊1🏆1
ProEducation | O'zbek tili
Savol: Mahalladagi yosh-u qari // xotin-halaj – barchasi xizmatda // qassoblar bo‘lsa // allaqachon bir nechta qo‘y va qo‘chqorlarni shay qilib qo‘ydi // Berilgan gapda // belgisi o'rniga qanday tinish belgilari qo'yiladi? E'tiborli bo'ling ProEducation…
Javob:

Mahalladagi yosh-u qari, xotin-xalaj – barchasi xizmatda, qassoblar bo'lsa allaqachon bir nechta qo'y va qo'chqorlarni shay qilib qo'ydi.

Gapda:
- birinchi vergul uyushiq bo'laklar orasiga qo'yilgan;
- ikkinchi vergul bog'langan qo'shma gapning sodda gaplari orasiga qo'yilgan;
- bo'lsa so'zi bog'langan qo'shma gaplarni hosil qiluvchi vosita hisoblanadi, undan keyin vergul qo'yilmaydi;
- gap oxirida esa nuqta qo'yiladi.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
16👍6❤‍🔥5🕊1
👍32❤‍🔥3🎉2🤩2🕊2
Live stream started
Menimcha, bu safar mening internetim bilan bog'liq muammo bo'ldi. Aloqa sifatini tiklolmadim. Darsimiz qoldirildi.
👍21😐3❤‍🔥2🔥2