ProEducation | O'zbek tili
4.67K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Tahlilingizni osonlashtiramiz

Har bir tilning asosi uning grammatikasi va leksikasi qanchalik to'g'ri tartib solingani bilan belgilanadi.

Grammatika – bu morfologiya va sintaksisdir. Til qurilishi mana shu joyda ikkiga ajraladi.
Morfologiya so'z tuzilishini, uning grammatik ma'nolari va shakllarini, so'z turkumlarini o'rganadi. Sintaksis esa so'z birikmalari va gaplarda so'zlarning o'zaro aloqaga kirishuvini o'rganadi. Morfologiyadagi so'z turkumlari sintaksisga gap bo'lagi holida ko'chadi.

Buni quyidagi vaziyat bilan osonlashtirish mumkin. Har bir inson hayotda o'z pozitsiyasiga ega: oilada ota yoki ona, ishxonada ishchi yoki boshliq, ko'cha-ko'yda piyoda yoki haydovchi, do'konda xaridor yoki sotuvchi...
Turli vaziyatlarda bizning atrofdagilarga nisbatan pozitsiyamiz o'zgaradi, lekin barchasida o'zimiz ishtirok etamiz.

Mavzuga qaytamiz, olma so'zi morfologiyada ot so'z turkumi, sintaksisda ega yoki ot kesim; yashil so'zi morfologiyada sifat, sintaksisda aniqlovchi yoki ot kesim.

Holat:
O'qituvchi tahlil jarayonida:
– Berilgan gapdagi sariq so'zi sintaktik jihatdan aniqlovchi vazifasida kelgan.
Shunda bir o'quvchi:
– Ustoz, sariq sifat emas.
O'qituvchining holati:
🥸🗿

Xulosa. So'zlarga ularning qaysi pozitsiyada ekanligiga ko'ra "murojaat qiling". Shunda siz yuqoridagi kabi hijolatli vaziyatga tushib qolmaysiz.

© Javlonbek Rustamjonov

Aruz darslari
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍14❤‍🔥2
👍9❤‍🔥5👎3
Live stream scheduled for
⚡️⚡️⚡️
Bepul Kurs | 3 oy
6-dars

Soat 21:00da.
Mavzu: Leksikologiya
| O‘z va ko‘chma ma’noli so‘zlar

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👍11🔥6❤‍🔥2
"O'ylasam, izlanishlarimiz kabi g'ofilligimiz-da poyonsiz ekan. So'zni eshitamiz, so'zlashni qotiramiz, lekin So'z mag'zini chaqish aksar xayolimizga kelmaydi. Nega shunday deymiz, deya o'zimizga savol bermaymiz. Bu sinoat to'la olam bamisoli olisdagi yulduzlardek noayon qolaveradi. Uzum yedim, "uzum" dedim, bilsam, tokdan uzib yedim, degandek, o'z qo'lim bilan ishkomdan uzum uzaturib, bu so'zning uzmoqdan olingani xayolimga kelgan edi. Axir ungan narsa unum, g'uj o'sgan meva g'ujum, jamiyat tuzilishi tuzum, cho'g'ning qo'ridan qolgan kulni qurum, deymiz. Og'izga solib yutganimiz yutum, tomoqdan qult etib o'tgan suv qultum bo'lganidek ishkomdan uzib yeganimiz uzum bo'ladi-da, deya o'z sodda kashfiyotimdan suyungan edim".

© Erkin Vohidov | So'z latofati

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍23❤‍🔥2🔥2
ProEducation | O'zbek tili
Qaysi qatorda "yer" so'zi bildiradigan ma'no keltirilmagan?
Izoh:

Yer so'zi:

• biror narsaning yoki a'zoning ayrim qismi, o'rni, nuqtasi, joyi: Gilamning bir yerida dog' bor.

• payt, o'rin, sabab kabi munosabatlarni bildiradi: Kutilmagan yerda (paytda) shaharning a'yonlaridan bo'lgan Salim sharbatdor deganning Komilbek ismli o'g'lidan sovchilar kelib qoldi. (A. Qodiriy)

Shuningdek:
• biror narsa band qilib turgan, egallagan o'rin, joy; makon: Hokim cho'zilib yotgan yeridan turib, tashqari chiqdi. (M. Ismoliy)

• qishloq xo'jaligida foydalaniladigan tuproq qatlami, ekin, daraxt va shu kabilar ekiladigan maydon: Men ham dehqon bolasiman... Otam Odil ko'r degan qo'q'onlik boyning yerini ekar edi. (A. Qahhor)

• yer sathining muayyan bir qismi; joy, hudud: Yaradorlarni tezda xavf-vatardasiz yerga olib chiqish zarur bo'lib qoldi. (T. Rustamov)

© O'zbek tilining izohli lug'ati

Aruz darslari
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍11❤‍🔥2🎉1
Kanalimizning yangi obunachilari uchun:

Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 5 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin.
Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi
Fonetika | Test tahlili
Fonetika | Fonetik hodisalar. Bo'g'in. Urg'u
Morfemika | Asos va qo'shimchalar
Takrorlash | Fonetik hodisalar
Takrorlash | Morfemika

Darslar haftaning toq kunlarida soat 21:00da tashkil etiladi.
To'liq taqvim bilan bu yerda tanishishingiz mumkin 👇

Jadval
👍14❤‍🔥4👌1
Darsimiz yarim soatdan so'ng boshlanadi.

Mavzu: Leksikologiya | O'z va ko'chma ma'noli so'zlar

Qo'shilish uchun pastdagi ko'k yozuv ustiga bosing 👇
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👍10❤‍🔥21🔥1🎉1👌1
Live stream started
Boshladik. Fayzimizni bersin 🤲
👍21❤‍🔥42
👍38🤓5❤‍🔥3🔥3👏3🏆1
Live stream finished (1 hour)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Videodars

Mavzu: Leksikologiya | 1-qism

Aruz
darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍24❤‍🔥4
Leksikologiya | O'z va ko'chma ma'no
ProEducation | O'zbek tili
🎙 Auidodars

Mavzu: Leksikologiya | 1-qism

Aruz
darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍10❤‍🔥2
Bepul Kurs _ Mumtoz adabiyot.pdf
63 KB
🎉🎉🎉

Marhamat!
"Bepul Kurs | Mumtoz adabiyot" kursining to'liq jadvali.

Darslar 19-sentabdan boshlanadi.
Har bir mavzu ushbu telegram kanalimizda bo'lib o'tadi.
https://t.iss.one/rustamov_edu
https://t.iss.one/rustamov_edu

Mavzular 3 toifaga ajratilgan:
- Aruz ilmi;
- She'riy san'atlar;
- G'azal.
Haftada 2 marta videodars tashkil etiladi. Har bir darsdan so'ng mustahkamlash uchun maxsus topshiriqlardan iborat viktorina sizga taqdim etiladi.

Kuttirganidan a'lo darslar boshlanish arafasida!
https://t.iss.one/rustamov_edu
https://t.iss.one/rustamov_edu

Darslar maxus yopiq guruhda bo'lib o'tadi. Kurs bepul, faqat qo'shilishning o'z shartlari bor:

1
. ProEducation | O'zbek tili kanaliga obuna bo'lish;
2. Ushbu postni 5ta fanga aloqador guruhga yuboring. Yuborgan xabarlaringizni rasmga olib, @PE_murojaat_bot ga yuboring.

Bundan tashqari grammatika bo'yicha quyidagi ushbu kanalda 3 oylik bepul kurs ham tashkil etilgan:
ProEducation | O'zbek tili
👍12❤‍🔥41🔥1🤩1
Kanal obunachilari soni 500dan oshdi!

Mumtoz adabiyot: aruz ilmi, she'riy san'atlar, g'azal tahliliga doir darslarimiz 19-sentabr kuni "ProEducation | Mumtoz adabiyot" kanalida boshlanadi. Darslarda qatnashish bepul.

Shartlar bilan tanishish uchun pastdagi ko'k yozuv ustiga bosing 👇
https://t.iss.one/proeducation_bepul/96
https://t.iss.one/proeducation_bepul/96
👍4❤‍🔥2🔥1
Sinonimlar | O'qituvchi

O'qituvchi, pedagog, muallim, domla, afandi.
O'qitish, ta'lim-tarbiya ishi bilan shug'ullanuvchi shaxs, o'qitish kasbining egasi.

Pedagog o'qituvchi va tarbiyalovchi shaxs ma'nosini bildiradi.
O'qituvchi shu ma'noda ham, shuningdek faqat o'qitish ishini bajaruvchi shaxs ma'nosida ham qo'llanadi.
Muallim nisbabatan eskirgan.
Afandi – eski.

Rahmatillaning o'rniga kelgan yosh o'qituvchi Salim Sobirov rayon va shahardagi yor-do'stlarining yordami bilan kichikroq kutubxona, qizil burchak tashkil qildi va maktab komsomollaridan bir necha kishini qizil burchakka navbatchi qilib qo'ydi. (A. Qahhor)
Ular boshlarini ko'tarib, suyukli muallimni tabassum bilan qarshiladilar. (Oybek)
Yangi usul maktabning yaxshiligi, bolalarning toza, yorug' xonada o'tirib o'qishligi, yosh domlaning xushmuomalaligi, yana ko'p fazilati va xislatlari machit imomi Asad qorining eski usul maktabiga ham yetib bordi. (M. Ismoiliy)
Elmurod uning "muallim o'zimizniki", Afandimning tuprog'i shu yerdan olingan! deganini esladi. (P. Tursun)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍10❤‍🔥2
Yangi obunachilar diqqatiga!

Kanalning o'z qadriyatlari mavjud: bepul ta'lim sifatsiz bo'ladi, degan fikrni buzish kanalimiz va bizning qadriyatimizdir. Bitta-ikkita bepul dars o'tib, o'zining bepul kursini reklama qiladi, degan yomon gumonda kanalga qadam ranjida qilganlar ham ko'nglini to'q qilishlari mumkin, bizdagi darslar barchasi taqvim reja asosida qadamma-qadam o'tib boriladi va o'tilmagan darsni talab qilish huquqi ham bor sizda.

Nimadiri bor-da, bekordan bekor tekinga dars o'tmaydi, deb tirnoq ostidan kir qidirmay, darftar, ruchkangizni tayyorlang va darsga shijoat bilan kirishing. Hech xavotir olmang, ko'chada qolib ketganimiz uchun bepul kurs o'tmayapmiz. Buni har bir videodars ostidagi darsda qatnashganlarning izohlaridan, fikrlaridan bilib olishingiz mumkin. Yetmaganiga @edu_natijalar

Maqsadni yuqori qo'ying. Shunchaki o'rganmang. Boshqalarga ham o'rgatish uchun o'rganing. Olganingiz omonat, uni kimgadir yetkazish endi sizning chekingizga tushmoqda. O'qituvchilik mana shuning uchun ham sharafli kasb.

Bu oddiy kanal emas:
ProEducation – ta'lim pro versiyasi! Biz sizga sifatli ta'lim berishda davom etamiz.
👍64❤‍🔥5👏31
Kanalimizning yangi obunachilari uchun:

Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 6 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin.
Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi
Fonetika | Test tahlili
Fonetika | Fonetik hodisalar. Bo'g'in. Urg'u
Morfemika | Asos va qo'shimchalar
Takrorlash | Fonetik hodisalar
Takrorlash | Morfemika
Leksikologiya | 1-qism

Darslar haftaning toq kunlarida soat 21:00da tashkil etiladi.
To'liq taqvim bilan bu yerda tanishishingiz mumkin 👇

Jadval
👍8❤‍🔥5🔥1