ProEducation | O'zbek tili
4.67K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Qaysi so'z berilgan ta'rifga mos keladi?
____ – g'isht, tuproq, tosh tashish uchun ishlatiladigan moslama
Anonymous Quiz
75%
Zambil
25%
Zanbil
👍20👀3❤‍🔥2👌1
Etimologiya | Sihat

Tan sog'ligi, sog'lik, salomatlik
Bu arabcha so'z sihhat(un) shakliga; o'zbek tiliga sad undosh s undoshiga almashtirib, hh tovushlarinidan birini tashlab qabul qilingan.
Ko'p ma'noli sahha fe'lining "sog'lom bo'ldi" ma'nosi bilan hosil qilingan I bob masdari bo'lib, arab tilida "sog'lomlik", "gigiyena" ma'nolarini anglatadi; o'zbek tiliga sog'lomlik ma'nosi bilan qabul qilingan. Bu so'z bilan o'zbek tilida sihat-salomat juft so'zi tuzilgan.

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍5👏2
Tavsiyam:

O'qish → Yozish → Uqish

Yaxshi o'rganish uchun o'rgatish kerak!
Ha-ha, to'g'ri eshitdingiz, aynan o'rgatish. O'zim yaxshi o'rganmay turib, qanday o'rgataman, degan savol kelishi tabiiy. Hozir ko'rib chiqamiz.

O'rgatish – bu amaliyot. Nima uchun o'rganasiz? Albatta, amalda shu bilimdan foydalanish uchun. Demak, o'rganish + o'rgatish = nazariya + amaliyot. Ya'ni o'rganish jarayonini o'rgatish jarayoni bilan to'g'ri bog'lay olsangiz, jarayon samaradorligi ortadi.

Men kimga o'rgataman, mendan kim ham o'rganardi, deysizmi? Bunga ham yechim bor.

Yozish

Yozish jarayonida siz miyangizda ma'lumotni qayta ishlaysiz va uni "hazm qila boshlaysiz". Xuddi ko'rinmas o'quvchiga o'rgatgandek taassurot qoldiradi sizda. Yozish deganda, maktabda yoki universitetdagi majburiy konspektni emas, o'zingiz xohlab, bilimni mustahkamlashni o'ylab bajarsangiz, ko'zlagan maqsadingizga yetasiz.

Bergan tavsiyalarim manfaatli bo'ladi degan umiddaman.

© Javlonbek Rustamjonov

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍24👏64❤‍🔥3🔥1
Mumtoz adabiyot kanalida birinchi dars bugun soat 21:00da boshlanadi. Siz kanalga a'zo bo'ldingizmi?
Anonymous Poll
68%
Ha, darsni kutyapman.
32%
Yo'q, qanday a'zo bo'ladi?
👍8❤‍🔥3
Mumtoz adabiyot: aruz ilmi, she'riy san'atlar, g'azal tahliliga doir darslarimiz 19-sentabr kuni "ProEducation | Mumtoz adabiyot" kanalida boshlanadi. Darslarda qatnashish bepul.

Shartlar bilan tanishish uchun pastdagi ko'k yozuv ustiga bosing 👇
https://t.iss.one/proeducation_bepul/96
https://t.iss.one/proeducation_bepul/96
👍10❤‍🔥2👏1
Dars bu kanalda emas, Mumtoz adabiyot kanalida bo'ladi.
A'zo bo'lish uchun shartni bajaring 👇

https://t.iss.one/proeducation_bepul/96
❤‍🔥6👌3
Isbot:

Mumtoz adabiyot darslari boshqa guruhda bo'ladi, deb 10 kun jar soldim. Shunda ham bexabar qolganlar bo'lsa, deb bugun 3 marta ogohlantirdim. Oxirgi vaqtlarda kirishga ulgurmay qolgan kirib olsin deb, 5 daqiqa kech boshladim.

Insof bilan-da endi birodarlar. Shunda ham bittasi dars bo'lishiga ishonmay qo'ydim, deb yozibdi.

Oliy ma'lumotga yarasha ish qilaylik. Har kuni hammasini yozib, yoritib boraman. O'qimaydi-da, keyin meni yoqamga yopishadi. Skrinshotlarni guruhga emas, botga yuborish shart, bo'lmasa, guruh uchun havola berilmaydi. Shu oddiygina shartni bajarib, kanalga qo'shilishni do'ndirolmayapmizmi?!

Bepul dars ekan, shu yerda o'tavering deganlar juda ko'p bo'ldi. Yo'q. Bu kanalda grammatika kursi ketmoqda. Hozir bu yerda boshqa kurs boshlansa, ertaga yana kimdir yozadi, boshqa kanalda bo'lsin, mavzularni topishimiz qiyin bo'lyapti, aralashib ketyapti, deb. Eng to'g'ri yo'l – shu. Boshqa alohida kanal ochildi. Qo'shilib bilim olgingiz kelsa, marhamat.
👍28❤‍🔥2🔥1👏1
Live stream scheduled for
⚡️⚡️⚡️
Bepul Kurs | 3 oy
7-dars

Soat 21:00da.
Mavzu: Leksikologiya | Ma'no ko'chish turlari | Test tahlili (60ta test)


Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👍14❤‍🔥2👀2
❗️Topshiriq:

"Xushyorlik va ehtiyotkorlik talab etuvchi" ma'nosini bildiragidan, vaziyat so'zi bilan birga birikma hosil qila oladigan ikki so'zni yozing.

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍4❤‍🔥3
Sinonimlar | O'rinli

O'rinli, jo'yali, ma'qul, joiz
. Ma'qul va ruxsat etiladigan, maqsad, odat-qoida talabiga mos keladigan.

Madumarning telbalarcha baqirig'i oldida bu mulohaza jo'yaliroq tuyildi. (A. Muxtor)
Lekin ellikboshi Yo'lchining iziga qorovul, hatto mirshab tushirganligidan xabardor bo'lgan va bu kunlarda urinishning foydasizligini yaxshi bilgan Qoratoy Yo'lchining tadbirlarini ma'qul ko'rmadi. (Oybek)
Nazarimda, shoirlar o'z tarjimayi hollarini yozmasliklari joiz. (Toshkent haqiqati)
Shuning uchun ipaklik kiyib dalaga chiqish, qimmatbaho libosni oftobda jizg'inak qilish joiz bo'lmasa kerak. (Mushtum)

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍11❤‍🔥4
ProEducation | O'zbek tili
❗️Topshiriq: "Xushyorlik va ehtiyotkorlik talab etuvchi" ma'nosini bildiragidan, vaziyat so'zi bilan birga birikma hosil qila oladigan ikki so'zni yozing. Aruz darslari 👉 bu yerda ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Izoh:

Qaltis
va nozik so'zlari xushyorlik va ehtiyotlik talab etuvchi ma'nosini bildiradi.

Qaltis vaziyat, nozik vaziyat.

P.s Izohlarda yozilgan boshqa variantlar ham to'g'ri keladi. Men shartda 2 ta so'z deganim uchun ikkitasini keltirdim.

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍9❤‍🔥5
Qaysi so'z umuman hech narsasi yo'q degan ma'noni bildiradi?
Anonymous Quiz
49%
Xemiri ham yo'q
51%
Hemiri ham yo'q
❤‍🔥8👍5🔥2
1 soatdan so'ng darsimiz boshlanadi. Bugun "Ma'no ko'chish turlari" mavzusida 60talik testni birga yechib, tahlil qilamiz.

Darsda qatnashish uchun quyidagi ko'k yozuv ustiga bosing 👇
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👌13👍4❤‍🔥11
Live stream started
Boshladik. Fayzimizni bersin 🤲
👍17❤‍🔥3
Bir va ko'p ma'noli so'zlar | Test
👍28❤‍🔥1
Ma'no ko'chish turlari | Test
👍414❤‍🔥2🎉1