ProEducation | O'zbek tili
4.61K subscribers
2.22K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
So'rovnoma:

Kanal obunachilari, asosan, kimlar tashkil etishini aniqlash maqsadida ushbu so'rovnoma o'tkazilmoqda.
Anonymous Poll
72%
Men oʻqituvchiman.
14%
Men maktab oʻquvchisiman.
8%
Men talabaman.
6%
Ham o'qituvchi, ham talabaman.
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
20%
Assalomu aleykum
80%
Assalomu alaykum
👍7
Ona tili
13-savol

Umrimda bormagan joyimga qanaqa qilib boraman?
Berilgan gapda qanday gap bo'laklari ishtirok etgan?


Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍2👀1
ProEducation | O'zbek tili
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Izoh:

Assalomu alaykum
Salom beruvchi aytadigan bu arabcha birikmaning birinchi a'zosi al aniqlik artikli bilan ishlatilgan salom so'zining bosh kelishik shakli bo'lib, bu ikki qism o'zbek tilida qo'shib yoziladi; arab tili qoidasiga ko'ra al artikli tarkibidagi l tovushi almashadi: al salomu → assalom.
Alaykum "tepa" ma'nosini ifodalovchi alau predlogi bilan II shaxs ko'plik kishilik olmoshi kum so'zidan tuzilgan bo'lib, asli "sizning tepangizda" ma'nosini bildiradi. Bu so'z o'zbek tilida yolg'iz ishlatilmaydi: assalomu alaykum; va alaykum assalom kabi arabcha birikmalar tarkibida ishlatiladi.

Assalomu alaykum – sizga tinchlik-omonlik tilayman.

© Sh. Rahmatullayev
| "O'zbek tilining etimologik lug'ati"

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍32🏆1
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 13-savol Umrimda bormagan joyimga qanaqa qilib boraman? Berilgan gapda qanday gap bo'laklari ishtirok etgan? Bepul kurs 👉 bu yerda ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Ona tili
13-savol javobi

Gapni sintaktik jihatdan tahlil qilayotganimizda, avvalo, gapning markazi – kesimni aniqlab olishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

Kesim o'zining kesimlik shakllari – zamon, shaxs-son, mayl (ot kesim bo'lsa, bog'lamalar) bilan ajralib turadi. Ushbu gapimizda boraman so'zi kesim vazifasida.
Kesimga to'g'ridan-to'g'ri, bevosita tobelanib, uni izohlab kelayotgan bo'lak esa hol – qanaqa qilib (bevosita ravish holining savoli bilan ifodalangan).
Shuningdek, kesimga tobelanib, undan anglashilgan ma'noning qayerda bajarilganligini ifodalashga xizmat qilgan o'rin holi ham mavjud – joyimga.
O'rin holiga tobelanib, uni aniqlab kelayotgan murakkab gap bo'lagi esa aniqlovchiumrimda bormagan (qanday joy).
Demak, berilgan gap aniqlovchi + o'rin holi + ravish holi + kesim tarzida shakllangan.

Eslatma! Murakkab gap bo'lagi sifatida sifatdoshli birikmalar ham kelishi mumkin. Berilgan gapda umrimda bormagan sifatdoshli birikma murakkab gap bo'lagi vazifasida kelgan.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍71
⚡️⚡️⚡️
Ona tili va adabiyot fanidan
Bepul Kurs | 3 oy
Jadval shakllantirildi!

Darslarimiz 6-sentabr soat 21:00da boshlanadi.
Mavzu ketma-ketligi jadvalini kanalga joylab qo'yaman.

ProEducation kanalida videochatda mavzu tushuntiriladi;
• Test esa kanalning platformasida bo'lib o'tadi.
• Mavzu mustahkamlash uchun esa test tahlili ham bo'lib o'tadi.

Bizdan uzoqlashmang. Barchasi hali oldinda.

Maqsadimiz bepul bo'lsa, sifatsiz bo'ladi, degan noto'g'ri fikrni chiqarib tashlash.

Platformaga a'zo bo'lish uchun ushbu postni 5ta fanga aloqador guruh yoki do'stingizga yuborib, rasmlarini ushbu post ostida qoldiring, o'zimiz sizga aloqaga chiqamiz.

ProEducation
ProEducation
👏16👍72
Qaysi qatordagi so'z morfemik tarkibga to'g'ri ajratilgan?
Anonymous Quiz
22%
Burch+ak
78%
Bur+chak
👍8🏆3
Nom va ot

Ot so'z turkumi o'rganilayotgan vaqt shu ikki jumla bizni biroz chalkashishimizga sabab bo'ladi.

Nom shaxs yoki predmet, o'rin-joyga atab qo'yiladi, ya'ni atoqli otlar nom deb yuritiladi: shaxs nomi, narsa nomi, joy nomi.
Ot – shaxs yoki predmet, o'rin-joyning umumiy nomi, ya'ni turdosh otlar: shaxs oti, narsa oti, joy oti.

Misol uchun:
Shaxs nomi: Anvar, Shahzod;
Shaxs oti: ota, o'g'il, farzand.

Predmet nomi: Olapar, Orol dengizi.
Predmet oti: hayvon, daryo, olma.

Joy nomi: Abdulla Qodiriy ko'chasi, Toshkent shahri;
Joy oti: viloyat, shahar, ko'cha.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍94
Sinonimlar | Burun

Burun, tumshuq. Hid bilish organi va uning yuzdagi tashqi qismi.
Burun, asosan, insonlarga nisbatan, kam darajada hayvonlarga nisbatan qo'llanadi.
Tumshuq so'zi, aksincha, asosan hayvon va parrandalarga nisbatan, kam darajada insonga nisbatan qo'llanadi. Odamga nisbatan qo'llanganda mensimaslik, hurmatsizlik, nafrat ifodalanadi.

Yo'lchi go'yo uning ketishini kutib turgan kabi tezda uyga kirdi. Uyda tutun yo'qolgan bo'lsa-da, achchiq hid darrov uning burniga urildi. (Oybek)
Kampir uyda javrar, qizini qarg'ar edi: "E o'l, ityaloq! Daydi itning tumshug'ini yog' qilmay o'l!" (Abdulla Qahhor)

© Azim Hojiyev | "O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati"

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍72
Hashaki
Xashaki

Bu ot forscha xashak otiga -i qo'shimchasini qo'shib hosil qilingan bo'lib, "past nav", "past zotli" ma'nosini anglatadi: xashaki lavlagi, xashaki tovuq kabi.

© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining etimologik lugʻati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
4👍31
Live stream scheduled for
⚡️⚡️⚡️
Videodars
Bugun
21:00da

Mavzu: Qo'shma gaplar
👏23👍4
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
21%
kavatak
43%
kovatok
35%
kavatok
👍3
Ona tili (Majburiy) .pdf
81.9 KB
💼 Ona tili

📗 Majburiy fan
(javobsiz)

👩‍💻 Muallif: Hakimova Ra'noxon

Bepul kurs 👉
bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍3
ProEducation | O'zbek tili
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Izoh:

Kovatok
. Bu so'z asli tojik tilida arabcha kabob va tojikcha tok (uzum o'zimligi) so'zlari bilan tuzilgan kabobi toki izofa birikmasi bo'lib, o'zbek so'zlashuv tilida jiddiy tovush o'zgarishlari voqe bo'lgan:
1) birikma oxiridagi -i sifat yasovchisi tushgan: kabobi tok;
2) bi tovushlari ham talaffuz qilinmay qo'ygan, natijada bu ikki so'z bir so'zga birlashgan: kabobi tok → kobotok;
3) birinchi qismning ikkinchi bo'g'inidagi b undoshi v undoshiga almashgan: kabotok → kabatok → kavatok → kovatok.
Bu so'z "qiymani tok bargiga o'rab, odatda palov bilan pishiriladigan taom" ma'nosini anglatadi.

© Sh. Rahmatullayev | "O'zbek tilining etimologik lug'ati"

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
22👍1
Ona tili (Majburiy) javobi.pdf
82.1 KB
💼 Ona tili

📗 Majburiy fan
(javobli)

👩‍💻 Muallif: Hakimova Ra'noxon

Bepul kurs 👉
bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍2
Adabiyot
7-savol

Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!
Bo‘lmasa qoshimda jonona, bu jonni na qilay?!
Berilgan baytning qofiydosh so'zlarida qaysi tovush raviy hisoblanadi?

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍3
Musammat

O'zbek mumtoz she'riyatining g'azaldan keyingi eng faol janrlaridan biri musammat hisoblanadi.
Bu janrning shakllanishi XI asrga to'g'ri keladi. Birinchi marta Umar Roduyoniyning "Tarjimon ul-balog'a" asarida janr asoslari keltiriladi.

Musammat arabcha so'zdan olingan bo'lib, "ipga o'tkazilgan marvarid" degan ma'noni bildiradi. Musammat deganda, musallas (uch misrali), murabba' (to'rt misrali), muxammas (besh misrali), musaddas (olti misrali), musabba' (yetti misrali), musamman (sakkiz misrali), mustasne' (to'qqiz misrali), muashshar (o'n misrali) shakllarining umumiy nomi anglashiladi.

Maqsud Shayxzoda o'z asarida Muallim Nojining “Istilohati adabiya” kitobidan olingan quyidagi ta'rifni keltiradi: “Musammat deb vazn va qofiyalari bir bo'lgan, bir sira misralarga aytiladiki, ularda har bandning so'nggi bir yoki ikki misrayi yuqoridagi misralar bilan qofiyalanmaydi. Agar misralarning banddagi soni to'rt bo'lsa, – "murabba' ”, besh bo'lsa “muxammas”, olti bo'lsa – “musaddas”, yetti bo'lsa – “musabba‟ ”, sakkiz bo'lsa – “musamman”, to'qqiz bo'lsa – “mutassa' ”, o'n bo'lsa – “muashshar" deb ataladi”.

(Qisqartishlar bilan Maftuna Abdumajidova maqolasidan olindi.)

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍43🤩1
Ona tili
14-savol

1. Kemtik oy cho'qqilar orasidan mo'ralaydi.
2. Qavm-qarindosh bir dasturxon boshida gurungni quyuq qildik.
Ostiga chizilgan birliklarni birlashtirib turuvchi belgilarini aniqlang.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍2