ProEducation | O'zbek tili
4.6K subscribers
2.22K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation โ€“ ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
ProEducation | O'zbek tili
So'rovnoma:

Kanal obunachilari, asosan, kimlar tashkil etishini aniqlash maqsadida ushbu so'rovnoma o'tkazilmoqda.
So'rovnomada qatnashganlarning 80% foizi shu fanning kishisi ekanligini ta'kidlab o'tibdi.

Shundan kelib chiqqan holda kanalda faqatgina grammatik qoidalar emas, tilimizning leksik qatlamiga oid birliklarga ham e'tibor berishga harakat qilmoqdaman.

Albatta, grammatikani ham esdan chiqarganim yo'q. Buni esa turli xil qiziqarli va oson yo'llari bilan tushuntirishga harakat qilyapman. Kanalning har bir kuni grammatikaga oid biror mavzuni qiziqarli tushuntirilishi bilan boshlanmoqda.

Bundan tashqari bilimingizni tekshirib olish uchun viktorina va yozma topshiriqlar ham berib borilmoqda. Shuningdek, har kuni bo'lmasa ham, kunora blok testlar e'tiboringga havola etilmoqda.

Bularning barchasi siz foydalanishingiz uchun.

Qilayotgan mehnatimiz uchun haqni sizni duoyingiz bilan olishni niyat qilganmiz. Shu sababli kanaldagi har bir post, har bir maqolaga boshqacha mehr bilan yondoshmoqdamiz. Ketayotgan vaqtimiz va mehnatimiz sizning 2 daqiqalik e'tiboringizga arzisa kerak. Kanaldagi ma'lumotlardan barcha birdek bahramand bo'lishi uchun siz ham o'z hissangizni qo'shing. Postlarni, maqolalarni fanga oid bo'lgan guruhlarga tarqating, obunachilar soni ortishiga yordam bering.

Ozgina e'tiboringiz ilmni kengroq yoyilishi uchun xizmat qilishini unutmang.
๐Ÿ‘10๐Ÿ”ฅ4โšก2
Darsimiz boshlanishiga 2 soat qoldi.

Soat 21:00da.
Mavzu: Qo'shma gaplar.

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

ProEducation
ProEducation
๐Ÿ‘12
ProEducation | O'zbek tili
Adabiyot 7-savol Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?! Boโ€˜lmasa qoshimda jonona, bu jonni na qilay?! Berilgan baytning qofiydosh so'zlarida qaysi tovush raviy hisoblanadi? Bepul kurs ๐Ÿ‘‰ bu yerda ProEducation โ€“ taโ€™limning pro versiyasi!
Adabiyot
7-savol javobi

Berilgan baytdan qofiyadosh so'zlardagi raviyni topish so'ralgan edi.
Qofiyadosh so'zlar: ravonni, jonni.

Raviy qofiyadosh so'zlarning asosida joylashadi, ya'ni asosning eng oxirgi undosh yoki cho'ziq unlisi raviy hisoblanadi (ba'zi istisno holatlar ham mavjud).
Qofiyadosh so'zlarning asoslari: ravon va jon. Demak, raviy n tovushi ekan.

Raviydan so'ng so'z davom etish yoki etmasligiga ko'ra qofiyani ikki xil nomlashishimiz mumkin:
โ€ข Mutlaq qofiya โ€“ raviydan so'ng so'zga boshqa qo'shimchalar qo'shilib so'z davom etadi;
โ€ข Muqayyad qofiya โ€“ so'z raviy bilan yakunlanadi.

Bundan kelib chiqadigan bo'lsak, berilgan baytimizda mutlaq qofiyadan foydalanilgan.

Bepul kurs ๐Ÿ‘‰ bu yerda

ProEducation โ€“ taโ€™limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘9
Live stream started
Boshladik. Fayzimizni bersin!
๐Ÿ‘26
Live stream finished (36 minutes)
Dars yozib olindi. Hozir kanalga joylayman.
Keyingi darsimiz chorshanba, soat 21:00da.
๐Ÿ‘14โšก4โœ1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
โšก๏ธ Videodars

Mavzu: Qo'shma gaplar (1-qism)

Bepul kurs ๐Ÿ‘‰
bu yerda

ProEducation โ€“ taโ€™limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘13โšก3๐Ÿ‘Ž2
Qo'shma gaplar | ProEducation
ProEducation | O'zbek tili
โšก๏ธ Audiodars

Mavzu: Qo'shma gaplar (1-qism)

Bepul kurs ๐Ÿ‘‰
bu yerda

ProEducation โ€“ taโ€™limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘11โšก3
Mavzuni takrorlash uchun 40talik mavzulashtirilgan viktorina testi platformaga joylanadi. Platformaga a'zo bo'lish bepul!

Batafsil bu yerda ๐Ÿ‘‰
bu yerda

ProEducation โ€“ taโ€™limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘6๐Ÿ•Š1
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 14-savol 1. Kemtik oy cho'qqilar orasidan mo'ralaydi. 2. Qavm-qarindosh bir dasturxon boshida gurungni quyuq qildik. Ostiga chizilgan birliklarni birlashtirib turuvchi belgilarini aniqlang. Bepul kurs ๐Ÿ‘‰ bu yerda ProEducation โ€“ taโ€™limning proโ€ฆ
Ona tili
14-savol javobi

Berilgan gaplarda ostiga chizilgan so'zlarni:
โ€ข leksik jihatdan ikkovi ham ko'chma ma'noda;
โ€ข morfemik jihatdan ikkovi ham yasama so'z;
โ€ข sintaktik jihatdan ikkovi ham kesim tarkibida ekanligi ularning birlashtiruvchi belgilari hisoblanadi.

Bepul kurs ๐Ÿ‘‰ bu yerda

ProEducation โ€“ taโ€™limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘4๐Ÿ•Š1
Tong uchun qaynoq mavzu!

Ertaga soat 06:20da kanalga joylanadi.

Ona tilining yozilmagan qoidasi.
Qiziq mavzu.
๐Ÿ‘12โคโ€๐Ÿ”ฅ2๐Ÿ‘€2๐Ÿ•Š1
โ„น๏ธ Ona tilining yozilmagan qoidasi

Sifat, ravish, sifatdosh, taqlid so'z kabilarning otning vazifasini bajarish uchun, uning savolini qabul qilib, uning qo'shimchalarini qabul qilish uchun otlashishini eshitgansiz. Ya'ni otlashish hodisasi haqida kitoblarda yozilgan.

Yozilmagan, ammo mavjud bo'lgan sifatlashish va ravishlashish hodisalarini-chi? Eshitganmisiz?

Agar javobingiz yo'q bo'lsa, sizni bu hodisalar bilan tanishtirish baxtiga muyassar bo'lganimdan xursandman.
Demak, boshladik.

Bu hodisalar unchalik murakkab emas. Barchasi sifat va ravishning tub vazifalariga borib taqaladi.

Sifat โ€“ shaxs va predmetlarga qo'shilib, ularning belgisini bildiruvchi mustaqil so'z turkumi hisoblanadi.

Ravish โ€“ harakatni bildiruvchi so'zlarga, fe'lga qo'shilib, uning belgisini bildirish vazifasini bajaradi.

Mana shu vazifalarning almashinuvi biz yuqorida ta'kidlagan hodisalarni keltirib chiqaradi.

Agar sifat ravish kabi harakat bildiruvchi so'zlarga qo'shilib, ularning belgisini bildirsa, u ravishlashadi: Akram maktabda yaxshi o'qiydi.

Agar ravish sifat kabi shaxs yoki predmetlarga qo'shilib, ularning belgisini bildirsa, u sifatlashadi: Bog'da ko'p bolalar ishlashmoqda.

Bepul kurs ๐Ÿ‘‰ bu yerda

ProEducation โ€“ taโ€™limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘22โšก3โœ2๐Ÿ•Š1
Kibr va Kibor

Kibr. Bu arabcha so'z kibr(un) shakliga ega; "buyuk bo'ldi" ma'nosini anglatuvchi kabara fe'lining I bob masdari bo'lib, arab tilida "buyuklik", "faxr" kabi ma'nolarni qnglatadi; o'zbek tilida bu so'z salbiy uslubiy bo'yoqqa ega bo'lib, "o'zini hammadan ustun deb his etish", "manmanlik" kabi ma'nolarni anglatadi.
Bu so'z bilan o'zbek tilida kibr-havo juft so'zi tuzilgan.

Kibor. Bu arabcha so'z kibar(un) shakliga egab o'zbek tiliga a unlisi o unlisiga almashtirib qabul qilingan: kibar ยป kibor. Bu so'z asli kabir so'zining ko'plik shakli bo'lib, "yuqori mavqega ega", "oqsuyak" kabi ma'nolarni anglatadi.

ยฉ Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining etimologik lugสปati

Bepul kurs ๐Ÿ‘‰ bu yerda

ProEducation โ€“ taโ€™limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘6๐ŸŽ‰3๐Ÿ•Š1
Nomma nom โŒ
Nomma-nom โœ…

Rang barang โŒ
Rang-barang โœ…

Agar so'zlar -ma va -ba qo'shimchalari yordamida biriksa, ular orasiga chiziqcha qo'yiladi.

Kundan-kunga โŒ
Kundan kunga โœ…

Birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo'nalish kelishigida bo'lgan birikmalar chiziqchasiz ajratib yoziladi.

To'g'ridan-to'g'ri โŒ
To'g'ridan to'g'ri โœ…

Ko'pdan-ko'p โŒ
Ko'pdan ko'p โœ…

Yuqoridagi kabi belgining ortiqlik darajasini bildiruvchi birikmalar ham ajratib yoziladi.


Bepul kurs ๐Ÿ‘‰ bu yerda

ProEducation โ€“ taโ€™limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘7๐Ÿ‘4๐Ÿ•Š1
ProEducation | O'zbek tili
โ„น๏ธ Ona tilining yozilmagan qoidasi Sifat, ravish, sifatdosh, taqlid so'z kabilarning otning vazifasini bajarish uchun, uning savolini qabul qilib, uning qo'shimchalarini qabul qilish uchun otlashishini eshitgansiz. Ya'ni otlashish hodisasi haqida kitoblardaโ€ฆ
โ—Eslatma:

Bunda so'z turkumlari o'zgarmaydi. Faqatgina vazifa almashadi.


Sifat ravishning vazifasini olib gapda hol bo'lib kelishi mumkin, lekin baribir morfologik jihatdan sifatligicha qoladi.

Ravish sifatning vazifasini olib gapda aniqlovchi boสปlib kelishi mumkin, lekin baribir morfologik jihatdan ravish bo'lib qolaveradi.
๐Ÿ‘6โœ2๐Ÿ•Š1๐ŸŒš1
Platformaga a'zo bo'lish uchun kurs xabarini jo'natganingizdan so'ng biz sizga aloqaga chiqib elektron pochtangizni so'raymiz va platformadan ro'yxatdan o'tkazamiz. Shunda sizning pochtangizga platformaga kirish uchun havola yuboriladi. Hech qanday parol so'ramaydi.
Yuqoridagi rasmda biz taklif havolasini yuborganmiz, lekin qabul qilmaganlar ro'yxati. Ismingizni ko'rsangiz, pochtangizni kirib, tekshirib ko'ring. ProEducation kanali nomidan sizga xabar yuborilgan.

E'tiborli bo'ling. Texnik savodxonligingizni oshiring.
๐Ÿ‘4๐Ÿ•Š3