ProEducation | O'zbek tili
4.67K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
ProEducation | O'zbek tili
Video message
👍 Yuqoridagi videoda aytilgan sun'iy intellekt orqali tekshirilgan esse namunasi 👇🏻

O'qib ko'ring, sizning fikringiz qanday: sun'iy intellekt bergan ball haqlimi yoki yo'q?


Esse mavzusi:
Bugungi kunda umumta’lim maktablarida ko’pgina fanlar qamrab olingan. Ayrimlar bolaga o’zining qiziqishlaridan kelib chiqib, muayyan fanlarnigina chuqurlashtirib o’qitish tarafdori.
Ayrimlar esa barcha fanla o'quvchi uchun zarur degan fikrda.

Maktab ta’limi inson hayoti davomida zarur bo’ladigan ko’plab bilimlarning asosi hisoblanishi hech birimizga sir emas. Lekin umumta’lim dasturiga kiritilgan barcha fanlarni ham zarur deb bo’lmaydi. O’quvchining kelajakda muvaffaqiyatli shifokor yoki iqtisodchi bo’lib yetishishida asil maqsadiga ko’ra ishlamaydigan fanlar qanchalik hissa qo’sha oladi – ularning dasturda bo’lishi majburiymi?

Farzandlarimizning kelajakda muvaffaqiyatli bo’lishi uchun ularga aniq va tabiiy fanlarninggina yordami kamlik qiladi. Chunki muvaffaqiyat faqatgina ilm bilan o’lchanmaydi va bunda asosiy mezon tajriba va dunyoqarashning kengligidir. Shuningdek, insonlar bilan muloqot ham bu ro’yxatning yetakchi o’rinlarida turadi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida dunyoqarashi o’zi kabilar bilangina fikr almasha oladi. Masalan, matematik va filolog o’z sohalaridan kelib chiqib, bir davrada ma’lum mavzu topa olmasligi mumkin, lekin ularning umumiy qiziqishlari musiqa yoki rang-tasvir bo’lsa, bu holatda suhbatning davomiyligi uzayishi tabiiy. Fikrimcha, agar maktab ta’limi dasturiga kiritilgan musiqa, tarbiya, texnologiya, tasviriy san’at kabi fanlar o’z maqsad va vazifasiga ko’ra ish tutsa, o’quvchilarning dunyoqarashiga o’zining ijobiy ta’sirini o’tkaza oladi.

Holatga maksimal ijobiy qaralganda, birinchi tomonning fikrida jon bor. Lekin reallik boshqacha vaziyatni ko’rsatmoqda. Ayrim umumta’lim maktablarida yuqorida sanab o’tilgan fanlar “xo’jako’rsin” uchun tashkil etilgan va ko’p holatda sinfda jimlikni saqlab turishgagina xizmat qiladi. Ko’pincha maktab ma’muriyatiga aloqador shaxslarning o’qituvchilikka tayinlanishi va fan uchun zarur bo’lgan inventarlarning mavjud emasligi bu holatning asosiy sababidir. Biroq o’quvchining kelajagi va ilmli bo’lishi haqida gap borayotganda bu kabi sabablar ularga to’siq bo’lishi va bu o’quvchi va uning ota-onalarining kurashadigan muammosiga aylanashi kerak emas. Bundan tashqari, o’zining kelajak sohasini belgilab olgan o’quvchi uchun yondosh fanlarni chuqur o’rganishga majburlanishi ham ko’zlangan natijaga olib bormaydi. Fikrimcha, inson e’tibori ko’p tarmoqli emas va ma’lum soha mutaxassisi bo’lish shu sohaga o’zini bag’ishlash bilangina yuzaga chiqadi.

Xulosa sifatida aytishim mumkinki, mobil telefonimiz uzoqroq ishlashi uchun g’ilof va himoyalovchi vosita, quvvatlovchi qurilmalar qanchalik zarur bo’lsa, o’quvchi uchun ham dasturdagi fanlar shunchalik muhim. Qachonki ular o’z maqsad, vazifasi va hozirgi kun talabi darajasida ishlasa.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🏆1
👍 Bu esa sun'iy intellektning har bir mezon bo'yicha baholari va izohlari:

Rahmat, esse namunasi uchun. Men ushbu esseni ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash milliy mezonlari (12 band, har biri 2 ball) asosida to‘liq tahlil qilib, har bir bandga izohli baho qo‘ydim. Quyida bandma-band baholash natijasi va izohlar bilan tanishing:

1. Publitsistik uslubga moslik — 2 ball
Izoh: Matn davomida muallif o‘z fikrini ravon, rasmiy-publitsistik uslubda bayon qilgan. So‘zlar tanlovi, gap qurilishi va uslubiy ohang publitsistik uslub talablariga mos. Badiiy yoki so‘zlashuv uslubi sezilmaydi.

2. Qarashlar va shaxsiy fikr yoritilishi — 2 ball
Izoh: Esseda har ikki qarash (barcha fanlar zarur vs. faqat kerakli fanlarni chuqurlashtirish) aniq va aniqroq yoritilgan. Muallif shaxsiy fikrini ham aniq ifoda qilgan. Ikki tomonlama tahlil mavjud va shaxsiy pozitsiya kuchli.

3. Dalillar bilan asoslash — 2 ball
Izoh: Har ikkala pozitsiyaga dalillar keltirilgan: bir tomonda insonning keng dunyoqarashi, boshqasida maktablarda ayrim fanlarning “xo‘jako‘rsin” tashkil etilishi haqida misollar bor. Shaxsiy kuzatuvlarga tayangan fikrlar ishonchli.

4. Matn tuzilishi (kirish, asosiy qism, xulosa) — 2 ball
Izoh: Kirish qisqa va mavzuga kirish bo‘lgan. Asosiy qism bir necha xatboshidan iborat, unda qarashlar tahlil qilingan. Xulosa ham mavjud va asosiy fikrlar umumlashtirilgan.

5. Mantiqiy tuzilish va xatboshilar — 2 ball
Izoh: Matn xatboshilarga aniq ajratilgan, har bir qism o‘z mavzusini tashkil etgan. Gaplar mantiqiy tartibda joylashgan, fikrlar oqimi izchil.

6. Mantiqiy-mazmuniy izchillik, takror yo‘qligi — 2 ball
Izoh: Matnda mantiqiy izchillik to‘liq saqlangan. Fikrlar takrorlanmaydi, har bir paragraf yangi fikr yoki nuqtani ochib beradi.

7. Imlo (orfografik) xatolari — 1.5 ball
Izoh: Asosan to‘g‘ri yozilgan, lekin ayrim joylarda “fanla”, “bo’lmaydi” o‘rniga “bo‘lmaydi” kabilar 1-2 o‘rinda xatolik sifatida baholanishi mumkin. Xatolar oz, lekin mavjud.

8. Punktuatsion xatolar — 1.5 ball
Izoh: Nuqtalar, vergullar asosan o‘rnida, lekin ba’zi joylarda gaplar orasida murakkab tinish belgilarining yo‘qligi, qisqichalarning noto‘g‘ri ishlatilishi mumkin. 1-2 joyda kichik xatoliklar.

9. Qo‘shimchalar bilan bog‘liq xatoliklar — 2 ball
Izoh: So‘zlarga qo‘shimchalar to‘g‘ri qo‘shilgan, zamon, kelishik, shaxs, son shakllari grammatik jihatdan to‘g‘ri.

10. So‘z qo‘llashdagi uslubiy xatolar — 2 ball
Izoh: So‘zlar ma’noli va o‘rinli tanlangan. Noto‘g‘ri ishlatilgan so‘zlar, parazit so‘zlar, noadekvat iboralar sezilmaydi. Uslub sof va toza.

11. Lug‘at boyligi va ifodalilik — 2 ball
Izoh: “Mobil telefon misoli”, “ijtimoiy mavjudot”, “xo‘jako‘rsin”, “dunyoqarashning kengligi” kabi ifodalar tasviriy, leksik boylik mavjud. Barqaror birikmalar ham ishlatilgan.

12. Adabiy til me’yori, sheva, jargon, parazit so‘zlardan foydalanilmaslik — 2 ball
Izoh: Shevaga oid so‘zlar, vulgarizm yoki parazit so‘zlar ishlatilmagan. Adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan.

Jami ball: 23 / 24 ball
🔍 Yakuniy baho va tavsiya:
Bu esse juda puxta yozilgan, mavzuga to‘liq mos va publitsistik uslubda fikrlar chuqur bayon etilgan. Muallif hayotiy misollar, tahlil va shaxsiy fikrni muvozanatda olib borgan. Yagona e’tiroz – imlo va tinish belgilarida 1-2 kichik xatolik bo‘lishi mumkin. Agar ularni tuzatsa, bu esse mukammal namuna bo‘ladi.

Ajoyib ish!
👏

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🏆2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍6🎉2🏆2
👍 Fin va Yapon ta’lim tizimi: Bizga nimasi kerak?

So‘nggi yillarda o'zbek ta’lim tizimida katta islohotlar bo‘lyapti. Avvaliga Finlandiya modeli haqida ko‘p gapirildi. Endilikda esa Yaponiya ta’lim tizimini joriy qilish haqida fikrlar yangrayapti. Ammo savol tug‘iladi: qay biri biz uchun manfaatliroq? Balki ikkisining qorishmasidan biror foyda olarmiz?

🇫🇮 Finlyandiya ta’lim tizimi: Soddalikda kuch bor

📌 Ustunliklari:

- O‘quvchilar baholanmaydi, lekin nazorat bor.
- Darslar qisqa, ammo chuqur (45 daqiqa, ko‘proq mustaqil izlanish).
- O‘qituvchilar eng obro‘li kasblardan biri (magistr darajasi majburiy).
- Raqobat yo‘q – har kim o‘z sur’atida o‘qiydi.
- Uy vazifasi kam, dam olish ko‘proq.

📉 Kamchiligi:

- Yaxshi natijaga erishish uchun vaqt kerak – tez o‘zgarishni xohlaganlar uchun noqulay.
- Kuchli ijtimoiy tizim bo‘lmasa, barqarorlik yo‘qoladi.


🇯🇵 Yaponiya ta’lim tizimi: Tarbiya avvalo


📌 Ustunliklari:

- Darslar qat’iy intizomda o‘tadi.
- O‘quvchilar maktabni tozalash, oshxonada xizmat qilish orqali mas’uliyatni o‘rganadi.
- Jamoa bo‘lib ishlash, o‘zaro hurmat eng katta qadriyat.
- Aniq belgilangan maqsadlar – sinfda “har kim o‘rganadi”.

📉 Kamchiligi:

- Haddan ortiq bosim – o‘quvchilar ko‘p stress ostida.
- Mustaqil fikrlashga kam joy qoladi (odatda testga yo‘naltirilgan).

————————————————
Qiziqarli faktlar:

- Finlyandiya o‘quvchilari o‘rtacha 4.5 soat dars qiladi. (O‘zbekistonda bu 6.5-7 soat)
- Yaponiyada har 10 boladan 7 tasi repetitor bilan o‘qiydi.
- Fin maktablarida 1 ta sinfda o‘rtacha 16-20 nafar o‘quvchi. Yaponiyada bu raqam 30-35 atrofida.


🔍 Xulosa: Biz qanday yo‘l tutsak bo‘ladi?

Finlyandiyadan – soddalik, fikrlashga erkinlik, o‘qituvchiga ishonch.
Yaponiyadan – intizom, jamoaviylik, madaniyat asosidagi tarbiya.


🎯 Bizga nima kerak?
Nafaqat tizimni ko‘chirib olish, balki qanday qadriyatni singdirish – mana shu muhim!
Biz o‘quvchilarga faqat baho emas, hayotda kerakli fazilatlarni berishni maqsad qilaylik: fikr yuritish, mas’uliyat olish, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olish.


✍🏻Siz nima deb o‘ylaysiz? Qaysi tizim bizga yaqinroq? Izohlarda fikr qoldiring – bu suhbatni davom ettiraylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🏆4
Forwarded from Mahbuba Shodiyeva Sherali qizi
Assalomu alaykum,imtihonga tayyorlanayotgan barchaga omad tilayman,hammamiz yaxshi natijalarni qayd etaylik,ilohim.
Ustoz,sizga kattakon rahmat.Hamma milliy sertifikatga tayyorlanish qiyin deb aytardi doim.
Lekin men yanvar oyidan sizning milliy sertifikat uchun yakka tartibdagi kursingizdagi o'qib,yaxshi ustoz va ishtiyoq bilan har qanday qiyin imtihonga ham oson tayyorlanish mumkinligini bilib oldim.Asosiysi,testlardagi natijam o'zimni qoniqtiryapti .Ustoz Javlonbek Rustamjonov bergan bilimlar bilan inshaalloh imtihonda ham yaxshi natijalarni qo'lga kiritaman ,deb o'ylayman.
❤‍🔥10👍4🏆3
👍 Assalomu alaykum, barchaga xayrli tong!

Bugun esse yozish koʻnikmangizni oshirishga qaratilgan bir qator qiziqarli postlar kanalga joylanadi.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤‍🔥3🏆1
👍 Kichik eslatma!

Aprel oyida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihoni uchun toʻlov qilish 31-mart kuni yakunlangan. Oramizda ulgurmay qolganlar boʻlsa, keyingi imtihon uchun saqlab qoʻying. Bunda taxmondagi koʻrpalar sizga yordamga keladi 😁

Keyingi imtihon kuzda boʻlib oʻtadi.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁7👍2🏆1
👍 Yozma ish - esseda ballning kamayishiga olib keluvchi xatolar

Esse baholanganda quyidagi xatolar uchun talabgor ballardan mahrum bo‘ladi – ya’ni
yuqoridagi mezon bandlari bo‘yicha pastroq ball qo‘yiladi:

Uslubdan chekinish: Publitsistik uslub talabiga amal qilmaslik, masalan, butunlay badiiy yoki og‘zaki-suhbat ohangida yozish (1-band bo‘yicha ball pasayadi).

Mavzuni to‘liq qamramaslik: Vaziyat yuzasidan berilgan qarama-qarshi qarashlarning birini yoritmaslik yoki umuman shaxsiy fikr bildirmaslik (2-band bo‘yicha ball yo‘qotiladi).

Dalilsiz fikrlar: Berilgan fikrlarni dalillar bilan tasdiqlamaslik yoki noto‘g‘ri/noo‘rin dalillar keltirish (3-band bo‘yicha ball pasayadi).

Tarkibiy qismlarning yetishmasligi: Essening kirish, asosiy yoki xulosa qismlarini yozmaslik yoki juda qisqa/yuzaki yozish (4-band bo‘yicha ball tushadi).

Mantiqiy xatolar va abzas muammolari: Matnda fikrlar oqimi buzilishiga sabab bo‘ladigan mantiqiy tartibsizliklar, gap qurilishidagi xatolar yoki abzaslarga noto‘g‘ri ajratish (5-band uchun ball kamayadi). Xatolar soni oshgan sari ball nolga qarab tushaveradi.

Takror va izchillikning yo‘qligi: Bir fikrni qayta-qayta takrorlash va buning oqibatida matnning mantiqiy izchilligini yo‘qotish (6-band bo‘yicha ball pasayadi).

Imlo xatolari: So‘zlarni xato yozish, imlo qoidalariga rioya qilmaslik – xatolar ko‘paygan sari (masalan, 3 tadan ortsa) ball miqdori pasayaveradi (7-band). Ko‘p sonli orfografik xato 0 ballgacha olib keladi.

Tinish xatolari: Vergul, nuqta va boshqa tinish belgilarini noto‘g‘ri qo‘yish – xatolar 1-2 tadan 7 tadan ortiqqacha oshsa, punktuatsiya uchun ball mos ravishda kamayadi (8-band).

Grammatik qo‘shimcha xatolari: So‘zlarga grammatik qo‘shimchalarni noto‘g‘ri qo‘shish (masalan, kelishik yoki zamon qo‘shimchasini adashtirish) – bu qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolar hisoblanib, ular ham 1-2 tadan oshishi bilan ballni tushiradi (9-band).

So‘z qo‘llashdagi xatolar: So‘zlarni noto‘g‘ri tanlash yoki noo‘rin qo‘llash, bir so‘z yoki iborani keraksiz takrorlash, ortiqcha so‘z ishlatish, kerakli so‘zni tashlab ketish, bog‘lovchi va kiritma so‘zlardan noto‘g‘ri foydalanish kabi uslubiy xatolar – bular 10-band mezoniga kiradi va bu xatolar soni ortgan sari ball kamayadi.

Lug‘at boyligining yetishmasligi yoki noto‘g‘ri foydalanish: Tilning ifodaviy vositalaridan umuman foydalanmaslik, esseni sodda va bir xil so‘zlar bilan yozish, yoki aksincha boy ifodalarni o‘rinli-o‘rinsiz qo‘llab notekis uslub yaratish (11-band bo‘yicha ball pasayishiga olib keladi).

Adabiy til me’yoridan chiqish: Matnda adabiy tilga xilof unsurlar – sheva (dialekt) so‘zlari yoki qo‘shimchalari, jargon va varvarizmlar, qo‘pol so‘zlar, keraksiz parazit so‘zlarni ishlatish. Bunday holatlar 1-2 marta uchrasa ham ball kamayadi, ko‘p uchrasa esa 12-banddan 0 ball olinadi.

Yuqoridagi har bir turdagi xato tegishli mezon bandi bo‘yicha belgilangan ballning kamayishiga sabab bo‘ladi. Xato va kamchiliklar qancha ko‘p bo‘lsa, esse umumiy bahosi shuncha past bo‘ladi.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆5👍1
👍 Hozir yana bir yozma ishimni sun'iy intellektga tekshirtirdim. Natijasi sizlarga ham qiziq degan umiddaman. Birozdan so'ng esse namunasi va sun'iy intellekt tomonidan berilgan izohlarni kanalda bo'lishaman.

Bu jarayonda kim o'zini sinab ko'rmoqchi? Tekin esseyimgizni tekshirtirib berishim mumkin. Imtihondan oldin kamchiliklaringizni bilib to'g'rilab olishingiz uchun yaxshi imkoniyat!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉7👍1
👍 Sun'iy intellekt orqali tekshirilgan esse namunasi 👇🏻
O'qib ko'ring, sizning fikringiz qanday: sun'iy intellekt bergan ball haqlimi yoki yo'q?

Esse mavzu: Globallashuv zamonida ruhiy boylik va material boylik.

Insonning har bir qilgan ishi agar uning xotirjamligini ta’minlamas ekan, undan hech qanday zavq olmaydi. Qalb xotirjamligi esa nafaqat ma’naviy ozuqa, balki moddiyat bilan ham qo’llab-quvvatlanishi kerak. Shu o’rinda savol tug’iladi: globallashuv zamonida qay birining ahamiyati ko’proq – ruhiyat yoki material?

Ruhiyat insonning quvvat manbayi ekanligini psixologlar ko’p bora ta’kidlashadi. Uning qanchalik to’g’ri harakatlanishi insonning hayot yo’lini belgilab beradi. Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, ko’ngilning to’g’riligi insonni maqsadiga tezroq yetkazadi. Nafaqat bugun, balki o’tmishning istalgan davrida ham bu masala – ruhiy boylik insonning haqiqiy boyligi sifatida birinchi o’ringa qo’yilgan. Inson qalbi har bir qilingan gunoh ishlardan qorayib, keyinchalik o’z xotirjamligini yo'qotadi. Dunyodagi eng og’ir azob vijdon azobi ekanligi ham fikrimizning kichik dalili bo’la oladi. Bu dunyodan ko’z yumishdan avval inson yaqinlaridan rozi-rizolik olishi ham, menimcha, o’z qalbining, vijdonining xotirjamligi uchun va ayni shu pallada inson anglaydiki, ruhning tetikligi eng muhimi ekan.

Kapitalistik tuzumning asosiy qoidasi shuki, ishalamasang, tishlamaysan. Bugun dunyo kapitalizm charxpalagida aylanmoqda va uning har bir bo’lagi bu qonuniyatlarga bo’ysunishga majbur. Inson ijtimoiy mavjudot, ruhini to’yintirish uchun avval qornini to’ydirishi kerak. Kommunizmdan farqli ravishda bozor iqtisodiyoti barchaga birdek raqobat taklif etdi va inson endilikda yashab qolishi uchun kurashga kirishi birlamchi talabga aylandi. Bu kurashning mohiyati esa material boylik bilan bog’liq. Endilikda inson eng kamida qornini to’q tutishi, egnida kiyim bo’lishi uchun moddiyatga e’tibor qaratmasa bo’lmaydi.

Muhokamalarni quyidagi fikrlar bilan xulosalashga harakat qilaman: insonga ruh kiritilmaganda, u tuptoq va suvning qorishmasidan iborat bo’lib qolaverar edi. Lekin ruh joylashishi uchun ham aynan shu qorishma zarur bo’lgan. Bu ikkisi xuddi egizaklardek bir-birini taqozo etadi. Shu sabab globallashuv zamonida inson ham ruhiy, ham moddiy o’sishda bo’lmasa, uning fitratiga putur yetadi.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
👍 Bu esa sun'iy intellektning har bir mezon bo'yicha baholari va izohlari:

Quyida siz yuborgan “Globallashuv zamonida ruhiy boylik va material boylik” mavzusidagi esseni 12 bandli milliy baholash mezonlari asosida tahlil qilib, har bir band uchun ball qo‘ydim va izoh berdim. Yakunda esa jami ballni hisoblab berdim. Baholashda adolat, mezonga qat’iy rioya va tilga e’tibor qaratildi.

✳️ 1. Publitsistik uslubga moslik — 2 ball
Izoh: Matn butunlay publitsistik uslubda yozilgan. Uslub – fikr bildiruvchi, mulohazali, rasmiy va jiddiy. Emotsional ifodalar va iqtiboslar ham publitsistik janrga mos. So‘zlashuv yoki badiiy uslubga og‘ish yo‘q.

✳️ 2. Qarashlar va shaxsiy fikr yoritilishi — 2 ball
Izoh: Har ikki qarash ochilgan:

- Ruhiyat tarafdorlari fikri (ko‘ngil, vijdon, tarixiy qarashlar),
- Materialistlar pozitsiyasi (kapitalistik tuzum, moddiy ehtiyoj). Muallifning shaxsiy fikri oxirgi xulosada aniq ifodalangan: “ikkalasi bir-birini to‘ldiradi” degan yakuniy nuqtayi nazar ilgari surilgan.

✳️ 3. Dalillar bilan asoslash — 2 ball
Izoh: Har ikki qarash hayotiy dalillar bilan asoslangan:

- Ruhiy boylik uchun: Navoiydan iqtibos, vijdon azobi, insoniy qadriyatlar;
- Moddiy boylik uchun: kapitalizm qonuniyatlari, bozor iqtisodiyoti, ijtimoiy kurash. Fikrlar real holatlar bilan mustahkamlangan.

✳️ 4. Matn tuzilishi (kirish, asosiy qism, xulosa) — 2 ball
Izoh:


- Kirish qisqacha savol bilan boshlanadi.
- Asosiy qism 2 asosiy paragrafda har ikkala pozitsiyani izohlaydi.
- Xulosa – kuchli falsafiy va yakunlovchi jumlalar bilan tuzilgan. Uch bo‘lim ham mavjud va aniq yoritilgan.

✳️ 5. Mantiqiy tuzilish va xatboshilar — 2 ball
Izoh: Matn xatboshilarga yaxshi ajratilgan, har bir paragraf bir g‘oyani rivojlantiradi. Gaplar mantiqan bog‘langan, o‘qilishi qulay. Gap tuzilishlarida mantiqiy nuqson sezilmaydi.

✳️ 6. Mantiqiy-mazmuniy izchillik, takror yo‘qligi — 2 ball

Izoh: Fikrlar takrorlanmagan, izchil va bosqichma-bosqich bayon qilingan. Har bir paragrafda yangi fikr va nuqtai nazar ilgari surilgan. Takrorlash yo‘q.

✳️ 7. Imlo xatolari (orfografiya) — 1.5 ball

Izoh: Imlo xatolari deyarli yo‘q, ammo quyidagi joylarda kichik imlo xatolari mavjud:

- “ishalamasang, tishlamaysan” — “ishlamasang” bo‘lishi kerak;
- “egizaklardek” — normada “egizaklar kabi” ishlatilsa to‘g‘riroq bo‘lar edi (uslubiy noaniqlik). Bu kamchiliklar 1-2 o‘rinda bo‘lgani uchun 1.5 ball.

✳️ 8. Punktuatsion xatolar (tinish belgilari) — 1.5 ball
Izoh:


- Ba’zi murakkab gaplarda vergul yoki tire ishlatilishi lozim bo‘lgan joylar e’tibordan chetda qolgan;
Masalan: “Ruhiyat insonning quvvat manbayi ekanligini psixologlar ko’p bora ta’kidlashadi” — bu yerda “ekanligini” so‘zidan oldin vergul bo‘lishi mumkin edi. Bunday holatlar 1-2 o‘rinda uchragani uchun 1.5 ball.

✳️ 9. Qo‘shimchalar bilan bog‘liq xatolar — 2 ball
Izoh: Qo‘shimchalar to‘g‘ri ishlatilgan. Kelishik, shaxs, zamon, egalik affikslari grammatik jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan. Xatolik kuzatilmadi.

✳️ 10. So‘z qo‘llashdagi uslubiy xatolar — 2 ball

Izoh: So‘zlar o‘rinli tanlangan, noto‘g‘ri so‘z tanlovi yo‘q. “Tuptoq va suv qorishmasi”, “kapitalistik charxpalak” kabi obrazli iboralar juda uslubiy va kuchli chiqqan. Parazit yoki chalkash so‘zlar yo‘q.

✳️ 11. Lug‘at boyligi, ifodalilik — 2 ball

Izoh: Lug‘at boyligi yuqori darajada. Matnda “ko’ngilning to’g’riligi”, “kapitalizm charxpalagi”, “vijdon azobi”, “fitratiga putur yetadi” kabi boy, poetik va falsafiy ifodalar mavjud. Leksik xilma-xillik a’lo.

✳️ 12. Adabiy til me’yori (sheva, jargon, vulgarizm) — 2 ball
Izoh: Matnda shevaga xos so‘zlar, vulgarizm, varvarizm, yoki jargon yo‘q. Tili adabiy me’yorda, toza va rasmiy.

JAMI BALL: 23 / 24
📘 Yakuniy xulosa va tavsiya:

Ushbu esse mazmunan kuchli, uslubiy jihatdan yetuk, tarkibiy jihatdan mukammal yozilgan. Muallif mavzuni keng qamrab olgan, har ikki pozitsiyani tushunarli bayon etgan, o‘z fikrini dalillar bilan asoslagan.

Yagona kamchilik – 1-2 imlo va tinish belgisi xatolari mavjud. Ularni tuzatsangiz, esse to‘liq 24 ball olishga loyiq.


@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
👍 O‘zbek ta’limining o‘z yo‘li bormi?

Kecha o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashgan o‘qituvchilarning 74 foizi “O‘zbekiston o‘z ta’lim modeliga ega bo‘lishi kerak” degan fikrni bildirdi. Bu juda quvonarli holat – demak, biz o‘z tajribamizga, madaniyatimizga, farzandlarimiz tabiatiga mos model haqida jiddiy o‘ylayapmiz.

! Biz Finlyandiya va Yaponiya kabi yondashuvlardan ilhom olsak-da, ularni ko‘r-ko‘rona ko‘chirmasligimiz kerak. Chunki:

Bizda oila va ustozga hurmat boshqacha;
Bizning ijtimoiy sharoit, dars hajmi, bolalarning orzulari – o‘ziga xos;
Har bir maktab, har bir hudud – alohida dunyo.


🔍 O‘ylab ko‘ring:
Siz o‘qituvchi sifatida nimalarni o‘zgartirgan bo‘lardingiz?
O‘zbek modeli deganda nimani tushunasiz?
Bolaga bilim bilan birga qanday fazilatni berishni birinchi o‘ringa qo‘yardingiz?

————————————
Muhokama uchun savol:

Siz O‘zbek ta’lim modelini qanday tasavvur qilasiz?

➡️ Izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring. Ehtimol, aynan sizning taklifingiz ertangi ta’lim uchun g‘oya bo‘lar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
👍 Muhokama uchun savol:

Agar siz yangi ta’lim tizimini yaratish imkoniga ega bo‘lsangiz, 3 ta asosiy qadam sifatida nimalarni belgilagan bo‘lardingiz?

Yoki:

Siz davlat ta'lim tizimidan, undagi byurokratiyadan qoniqmaysiz va sizda shu tizimdan mustaqil maktab ochish imkoni bor. O'z maktabingizda ta'limni samarali tashkil etish uchun 3 ta asosiy qadamni yozib qoldiring.

Ertangi postda siz yozgan 3 ta eng qiziqarli g‘oyani tahlil qilamiz!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🏆1
👍 Assalomu alaykum, barchaga xayrli tong!

☀️🌺🦋 Aprel oyida tavallud topgan barchani tabriklayman. Shunday ajoyib ob-havoli kunlarda tugʻilish mazza boʻlsa kerak. Havo ertalabdan tanani jonlantirib, kuch-quvvat berishga moslashtirilgandek.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯10👍2🏆1
Hamkasblar bilan 📸👨🏻‍🏫👩🏻‍🏫

Yaxshi kundan esdalik 🏫🖋️

@rustamov_edu
👍17🤩2❤‍🔥1🏆1
👍Esse tekshirilmaydigan va avtomatik ball qo‘yiladigan holatlar

Ba’zi hollarda esse umuman tekshirilmaydi – mazmuni baholanmasdan, avtomatik tarzda belgilangan ball beriladi. Mezon bo‘yicha quyidagi uchta holatda Davlat test markazi essega faqat 2 ball qo‘yadi, batafsil tekshiruv o‘tkazilmaydi:
Mavzudan chetga chiqqan holda yozilsa. Talabgor umuman boshqa mavzuda yoki berilgan vaziyatdan mutlaqo farqli mazmunda esse yozib topshirgan bo‘lsa, bunday ish mavzuga mos emas deb topiladi va mazmuni tekshirilmaydi. Natijada avtomatik tarzda minimal bal – faqat 2 ball beriladi.
Hajmi 100 so‘zdan kam bo‘lsa. Essening umumiy hajmi belgilangan minimal miqdordan (100 ta so‘zdan) kichik bo‘lsa, bu ish talab qilingan hajmni bajarmagan hisoblanadi. Bunday holatda ham esse ko‘rib chiqilmaydi va 2 ball bilan baholanadi.
Ko‘chirma (plagiat) bo‘lsa. Agar yozilgan esse matni boshqa manbadan (kitob, internet, oldingi namunalar) ko‘chirilgani aniqlansa, ya’ni muallifning o‘ziga tegishli emasligi ma’lum bo‘lsa, unday ish müstakil ish deb topilmaydi. Natijada tekshiruvchi bu esseni baholamaydi va unga 2 ball qo‘yadi.

Eslatma: Agar esse umuman yozilmagan bo‘lsa, ya’ni talabgor bo‘sh qoldirgan bo‘lsa, bu ish uchun 0 ball beriladi. Shuning uchun, hattoki kam so‘z yozilgan taqdirda ham, hech narsa yozmaslikdan ko‘ra minimal talablarga javob berishga intilish lozim.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🏆2❤‍🔥1
👍 O‘qituvchilarning orzusidagi maktab: bu endi orzu emas, zarurat!

Kechagi post ostida izoh yozib qoldirgan barcha o‘qituvchilarimizga katta rahmat! Sizlar bildirgan fikrlar – orzu emas, xalqning talabidir.

Kimdir sinfxonani zamonaviy texnika bilan jihozlamoqchi, kimdir eng yaxshi pedagoglar jamoasini tuzishni xohladi. Boshqa bir o‘qituvchi esa maktabgacha ta’limdan boshlab onalarni tarbiyalashni eng muhim poydevor deb bildi. Yana bir fikrda “nazorat bo‘lmasa, tizim ishlamaydi” degan haqiqat yotibdi.


🔍 Izohlarni umumlashtirsak, quyidagi og‘riqli nuqtalar yaqqol ko‘rinadi:

🎓 O‘qituvchi maqomi va sharoiti: Maosh, motivatsiya, jamoadagi birlik yetarli emas.
🏫 Maktab tizimining uzviyligi yo‘q: Maktabgacha, maktab va ota-ona o‘rtasida aloqa sust.
🎯 Sifatli nazorat yo‘q: Kirish-chiqish imtihonlari, bolaning haqiqiy istagini aniqlash tizimi kerak.
💻 Texnologiyaviy jihozlash orzuga aylangan: Holbuki bu — bugunning zarurati.

Bu orzularni “xayol” deb emas, kelajakning rejasi sifatida ko‘rishimiz kerak. Chunki bu izohlar orqali aniq bo‘ldiki:

🎯 Bugungi ta’limdagi muammo — bilim emas, tizimning bo‘laklarga bo‘linib ketganligida.

——————————————————
O‘zbek ta’limidagi eng dolzarb muammoni bartaraf etish uchun birinchi qadam — sizningcha qaysi yo‘nalishda bo‘lishi kerak?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🏆1
👍 Sekin-asta yozma ishlarni sun'iy intellektga tekshirtish odatim bo'lib qolyapti. Bugun bir o'quvchimning essesini tekshirtirdim. O'qib ko'ring, natija bilan sizning fikringiz mos keladimi yoki yo'q? Izohlarda fikringiz yozib qoldiring.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🏆1