ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Skrinshotlaringizni @pe_murojaat_bot ga yuboring.

Bot avtomat javob bermaydi, havolani olishingiz uchun biroz kutishingizga to'g'ri keladi.
Qaysi biri to'g'ri?
Me'yoriylikni buzuvchi belgi, kamchilik, nuqson – ____
Anonymous Quiz
33%
Qusr
67%
Qusur
🤓13🌚5👌3👍21🏆1
Paronimlar | Alpoz – Alfoz

Alpoz
vaziyat, ahvol, holat.

M: Kecha kechqurun binoyidek yurgan Muazzam opa tun yarmidan oqqanda oyoqlari zirqirab og'rib ketdi. Shu alpozda anchagacha uxlamay yotdi. (R. Fayziy)

Alfoz – (eski kitobiy) so'zlashuvdagi ibora; so'z, so'zlar.

M: Menga yaqin kelgach, og'zimga qolgan alfoz bilan so'ka boshladim. (S. Ayniy)
Hokm xalqni ming alfozda o'kirib, hammani haqorat qilib ketganidan keyingina u uyiga qaytdi. (M. Ismoiliy)

© A. Ma'rufov | Paronimlar lug'ati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍10
Izoh | Xo'p so'zi

Xo'p
(modal) – biror ishga rozilik ma'nosini ifodalaydi; mayli, mayliga.
– Rahmat, ota, bo'lmasa, bizga choy qaynatib bering-chi!
Xo'p, begim.
(A. Qodiriy)

Xo'p bo'ladi – juda soz, ma'qul.
Xo'p bo'ladi, – dedim-u o'rnimdan turdim. (E. Raimov)

Xo'p (ravish) – nihoyat darajada; rosa, juda.
Bolalar xo'p o'ynashdi.
Xo'p yaxshi ish bo'ldi-da.

Xo'p (ravish) – diqqat, e'tibor bilan, yaxshilab; juda yaxshi.
Unday bo'lsa, menga biroz muhlat ber. Men Madaminning gaplariga xo'p quloq solib, maqsadini bilay. (P. Tursun)

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍163
Bo'ldi. Tarqatishlardan dam olamiz!
Platformaning uchinchi guruhi ham to'ldi. Endi
darslarga o'tamiz.

Kanalni, mehnatimizni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Biz oldik, endi qaytarish vaqti keldi.

Ertadan, 6-sentabrdan boshlab "Bepul Kurs | 3 oy" ga start beramiz.

Birinchi darsimiz soat 21:00da ProEducation | O'zbek tili kanalida boshlanadi.

Videodarsdan so'ng mustahkamlash uchun 30talik test yechamiz. Ilgari va'da berganimdek, test tahlili birga bajarish uchun ko'ngilli ishtirokchilar qatnashishi mumkin bo'ladi.

Qatnashish tartibini ertaga dars davomida tushuntirib o'taman.

Darslarga jiddiy kirishishingiz uchun bir dunyo sabablar bor.
Eng birinchisi esa sizning vijdoningiz.

Mas'uliyat bilan kirishsangiz tekinga ham o'rganish mumkinligini birga isbotlaymiz.

Dars tartibi bilan quyidagi jadvalda tanishasiz 👇
👍4031❤‍🔥1
Qadrdonlar, dars mana shu yerda bo'ladi, hech kim hech narsadan qolib ketgani yo'q.

Biz dars beramiz deb sizlarni jamladik, nasib qilsa, barchamizga manfaatli bo'lgan ishning boshida turibmiz.

ProEducation | O'zbek tili
ProEducation | O'zbek tili
🏆8👍5🎉5❤‍🔥2
Live stream scheduled for
⚡️⚡️⚡️
Videodars
Soat 21:00da.
Mavzu: Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi


Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👍204❤‍🔥1🌚1
Sinonimlar | O'jar

O'jar, qaysar, qiyiq, tixir, battol, aks, sarkash, kajbahs, ters, goj. To'g'ri yo'l-yo'riqqa (maslahatga) ko'nmaydigan, o'zinikini to'g'ri deb turib oladigan, zid ish qilishga moyil.
Qiyiq, aks nisbatan kam qo'llanadi.
Battol so'zida belgi darajasi kuchli.
Kajbahs, sarkash so'zlari juda kam qoʻllanadi.

Saidolomxon qaysar bola, aytganini qilmasdan qo'ymaydi. (Oydin)
Bundan buyon ishni bizlar do'ndiramiz, Qaysarlarni so'zimizga ko'ndiramiz.
U qiyiq odam bo'lganidan, har qanday bo'lmasin, biror e'tiroz ustida o'ylardi.
(Oybek)
Sening rejang bilan sarkash daryolar, Irodamiz oldida egdi boshini. (G'ayratiy)
Darvesh hoji hech kimning fikri bilan kelisha olmaydigan o'jar, kajbahs edi. (Oybek)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍11❤‍🔥1
Qaysi biri to'g'ri?
Ma'nodosh o'xshatishlarni aniqlang.
Anonymous Quiz
30%
davangirday – danakday
70%
dokaday – devorday
🎉17❤‍🔥1👍1
Platformaning 4-guruhi ochildi. Havolalar jo'natishni boshlaymiz.

Qo'shilish uchun 👇

https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73

Skrishotlarni @pe_murojaat_bot ga yuboring.
👍5❤‍🔥1
Bot orqali 100 kishiga havola yubordik.
Shart bajargan, lekin qo'shilolmaganlar bo'lsa, skrinshotlaringizni @pe_murojaat_bot ga yuboring.
3👍3❤‍🔥1
Quyidagi gapda xatolikning qaysi turi uchraydi?
Qiz boshini ham qilib, bemorlar xalatida uning ortidan yurdi.
Anonymous Quiz
35%
Imloviy xatolik
52%
So'z qo'llash bilan bog'liq xatolik
8%
Ishoraviy xatolik
6%
Qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq xatolik
❤‍🔥7🎉7👍6🤔4🌚4
Izoh:

Belgilangan imlo qoidalarining buzilishi imloviy xatolik hisoblanadi:
- bosh harflar imlosi;
- ajratib yozish;
- qo'shib yozish;
- chiziqcha bilan yozish;
- asos va qo'shimchalar imlosi;
- harflar imlosi;
- ko'chirish qoidalarining
buzilishi imloviy xatolikni keltirib chiqaradi.

Uslubiy xatolik haqida bu yerda batafsil yozganman 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu/18676
👍11❤‍🔥2👀1
Qaysi biri to'g'ri?
____ – o'ziga qaram kishilarni moddiy jihatdan ta'minlab turuvchi, ularga ne'mat beruvchi shaxs.
Anonymous Quiz
60%
Valine'mat
40%
Valiyne'mat
👍8🎉53❤‍🔥2
Etimologiya | Chuvrindi

Mahmud Koshg'ariy lug'atida chubra so'zi keltirilib, "eski kiyim" ma'nosini anglatishi aytilgan. Bu ot -a qo'shimchasi bilan yasalgan. Bu qo'shimchani ajratsak, chubr qismi qoladi, lekin o'zbek tilida (umuman turkiy tillarda) fe'l leksema oxirida ikki undosh qator kelmaydi; demak, bu so'z asli chubur shakliga ega bo'lgan (-a qo'shimchasi qo'shilgandan keyin ikkinchi bo'g'indagi tor unli talaffuz qilinmay qo'ygan: [chubur + a = chubura » chubra].

Ko'rinib turibdiki, o'zbek tilidagi chuvrindi so'zi asli qadimgi turkiy tildagi "uvada holga keltir" ma'nosini anglatgan chubur fe'lining "o'zlik" ma'nosini -(u)n qo'shimcha qo'shilgan shaklidan -di qo'shimcha bilan yasalgan; keyinchalik tovush o'zgarishi bilan chuvrindi shakliga kelgan: [ chubur + un » chuburun + di » chubrundi » chubrindi » chuvrindi ]

© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining etimologik lugʻati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍17❤‍🔥4
Darsimiz boshlanishiga 1 soat vaqt qoldi!

Bugun 3 oylik kursimizning birinchi darsi bo'lib o'tadi.
Mavzu: Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi

Darsda qatnashish uchun havola 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.
👍25❤‍🔥2👏2👌1
Boshladik. Fayzimizni bersin!
👍70❤‍🔥10👏4🕊3🔥2
Live stream started
Live stream finished (57 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Videodars

Mavzu: Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi


Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍32❤‍🔥6🏆3👀321