Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
30.2K subscribers
1.71K photos
455 videos
1.65K files
3.11K links
MMTV huzuridagi Respublika ta'lim markazining telegram
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61559792759579
YouTube: https://www.youtube.com/@edurtm_uz

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dastur_muhokomasi

O‘zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi” fanlari: takomillashuv sari muhim qadam

Bugun “O‘zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi” fanlari bo‘yicha Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari — fan mutaxassislari, metodistlar, amaliyotchi o‘qituvchilar hamda sohaga oid ekspertlar ishtirok etib, o‘quv mazmunini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish, tarixiy tafakkurni shakllantirishga doir o’quv maqsadlarini belgilash bo‘yicha takliflar bildirishdi.

🔍 Muhokamalar davomida dastur mazmunining o‘quvchi yoshiga mosligiga, ularda milliy g’urur va vatanparvarlik tuyg’ularini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni kuzating
🔎 Veb-sayt Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dastur_muhokomasi

🆕 O‘quv dasturlari – takomillashuv sari muhim qadam!

📚 Respublika ta’lim markazida 35 ta fan bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.

O'quv dasturlarini takomillashtirishdan maqsad:

➡️o'quvchilarni barqaror maʼnaviy qadriyatlarga ega vatanparvar fuqaro qilib tarbiyalash;
➡️ ularni jahon ilm-fan yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;
➡️oʻz ustida ishlashga, yaratishga intiladigan, tanqidiy fikrlaydigan, muammolarga yechim topa oladigan shaxsni tarbiyalash;
➡️mahalliy va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni yetishtirishga zamin yaratish;
➡️ yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadigan faol fuqaro qilib tarbiyalash.

🌀Dasturlar spiral yondashuv asosida ishlab chiqilmoqda — ko'nikmalar sinfdan sinfga rivojlanib boradi.

Bizni kuzating
🔎 Veb-sayt Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👌4👏31