Rustam Karimjonov
2.01K subscribers
1.89K photos
247 videos
5 files
704 links
Download Telegram
🎮 Sovrin jamg'armasi 332 million so'm Kibersport musobaqasiga Start berildi!

Musobaqa 5ta yo’nalishda bo’lib o’tadi:
🟢CS:GO
🟢DOTA2
🟢PUBG Mobile
🟢FIFA
🟢eFootball

O'zbekistondagi eng yirik "Uzbekistan Esport Championship" turnirida ishtirok eting!

Batafsil ma'lumot: IT Park telegram kanalida hamda www.cybergame.uz saytida.

Kibersportga qiziquvchi 16 yoshdan yuqori bo’lgan do’stlaringizga yuboring

Sovrin jamg'armasi 332 million so'm

#mitc #kibersport #yoshlar #IT
👍6🔥3👏3🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO INFORMATIKA OLIMPIADASIDA QATNASHADIGAN TERMA JAMOA A’ZOLARINI TAYYORLASH JARAYONIGA ILK BOR XALQARO TRENER JALB ETILDI.

Bugun poytaxtimizdagi IT Park binosida xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul xodimlari hamda polshalik mutaxassis Bartosz Kostka ishtirok etdi.

Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlarini yanada kuchaytirish, terma jamoaning nufuzli musobaqadagi natijadorligini yaxshilash maqsadida xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka yurtimizga taklif qilindi.

Bartosz Kostka joriy yil Vengriyada o‘tkaziladigan olimpiada musobaqalariga yurtimiz terma jamoa a’zolarini puxta tayyorlash bilan birga, ularning imtihon jarayonlarida zarur bo‘ladigan ruhiy ko‘nikmalarini mustahkamlashda yordam beradi.

35-Xalqaro informatika olimpiadasi 2023-yil 28-avgustdan 4-sentyabr kuniga qadar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tadi, unda 4 nafar O‘zbekistonlik yoshlardan iborat terma jamoamiz vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ikki vazirlik hamkorligida tashkil qilingan mazkur jarayonda 10 kun davomida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida 12 nafar o‘quvchi olimpiadada ishtirok etish uchun xalqaro darajadagi trener tomonidan tayyorlanadi. Tayyorgarlik natijalariga kўра 4 nafar o‘qivchi saralab olinadi.
Uchrashuvdan so‘ng o‘qivchilar oromgohga xalqaro va mahalliy trenerlar bilan birgalikda jo‘nab ketdilar.

#digitaltechnologies #uzbekistan #yoshlar
👍19👏3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarga havasim keldi!

Bugun Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida Xalqaro talablarga javob beradigan yangi Sport majmuasi foydalanishga topshirildi.

Mazkur Sport majmuada trener, talaba va sportsmenlarga barcha sharoitlar yaratilgan bo’lib bir vaqtning o‘zida sportning mini futbol (basketbol yoki voleybol), yugurish, bodibilding (fitnes) va kurash kabi turlari bilan mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, bu yerda o‘tkaziladigan sport musobaqalarini internet tarmog‘i orqali onlayn translyatsiya qilish imkoniyati ham yaratilgan.

#digitaltechnologies #yoshlar #sport
👍17🔥5👏3
Kelajagingiz o‘z qo‘lingizda!

💻 IT juda qiziq va dolzarb sohalardan biri bo‘lishi bilan birga, eng yuqori daromad keltiruvchi kasblardan biri ham hisoblanadi.

Rasmda belgilangan IT Universitetlarning barchasida DAVLAT GRANTI ASOSIDA O'QISH imkoniyati mavjud.

🟢 Marhamat, Siz uchun O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nufuzli IT Universitetlar haqida batafsil ma’lumotlarni bir joyga jamladik:

▪️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
▪️
Toshkent shahridagi INHA universiteti
▪️ Amiti universiteti
▪️ “IT Park University” (uz) (ru) (eng)
▪️ Yangi O‘zbekiston universiteti
▪️ Toshkent xalqaro ta’lim universiteti

O‘z Universitetingizni tanlang va kelajakda muvaffaqiyatga erishing!

#mitc #OTM #IT_talim #yoshlar #imkoniyat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥21👏1
Forwarded from Digital.uz
Yoshlar uchun “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tdi

22-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tdi.

Bir soatdan ortiq davom etgan mazkur jonli efirda kuzatuvchilar va yoshlardan kelgan barcha savollarga to‘liq javob berib, qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2182/

▶️ Jonli efirni to‘liq formatda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/c_WZFRWrgnU?feature=share

#digital
#yoshlar
#jonli_efir

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏1🙏1💯1
1 kunda 3 mingga yaqin yoshlar xorijiy til sertifikati borligi va IT sohasida ishlash istagini bildirdi


IT sohasida yuqori daromad topish istagida bo‘lgan
yoshlar uchun ro'yhatdan o'tish davom etmoqda!

➡️ Ro'yhatdan o'tish uchun havola - https://forms.gle/qtLZuwGfKidecRJE6

1 kun davom etgan so‘rovnoma natijalari:
✔️ 3000 ga yaqin yoshlar ro'yhatdan o'tdi;
✔️ 66 foizini erkaklar, 34 foizini ayollarni tashkil etdi;
✔️ 59 foizini 19-24 yoshlilar tashkil etdi.
✔️ 90 foizi ingliz tilidan sertifikatga ega;
✔️ 13 foizi ikki va undan ortiq xorijiy til sertifikatiga ega;
✔️ 58 foizi IELTS, 32 foizi CEFR sertifikati ega;
✔️ 72 foizi B2, 26 foizi C1 va 2 foizi C2 darajadagi xorijiy til sertifikatiga ega ekanligi bildirishgan.


#digital #natija #tahlil #yoshlar

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏15🤩4🔥3👍2🎉2💯1