Rustam Karimjonov
2.01K subscribers
1.89K photos
247 videos
5 files
704 links
Download Telegram
Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan xotin-qizlarni IT sohasiga keng jalb etish, ularning raqamli savodxonligini oshirish maqsadida ko'plab loyihalar amalga oshirilmoqda.

🌀 “ITWOMEN.UZ”
🌀 Tumaris.Tech loyihasi
🌀 TechBika loyihasi
🌀 ICT4GIRLS va boshqalar.

💻 IT loyihalar doirasida mobil ilova, veb-sayt va dasturiy mahsulotlar yaratish, dizaynerlik va sun'iy intellekt yo‘nalishlarida bepul kurslar, o'quv mashg'ulotlari va qiziqarli tanlovlar olib borilmoqda.

🟢Joriy yilda IT sohasida xotin-qizlar uchun ko'plab loyihalar amalga oshirish ko'zda tutilgan, ushbu loyihalarda ishtirok etib bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish uchun 📱ICT4GIRLS telegram kanaliga obuna bo'ling.

ICT4GIRLS telegram kanali ➡️ https://t.iss.one/ict4girls

#IT_xotin_qizlar #IT_loyihalar

Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72🤩2🔥1👏1🎉1
Kelajagingiz o‘z qo‘lingizda!

💻 IT juda qiziq va dolzarb sohalardan biri bo‘lishi bilan birga, eng yuqori daromad keltiruvchi kasblardan biri ham hisoblanadi.

Rasmda belgilangan IT Universitetlarning barchasida DAVLAT GRANTI ASOSIDA O'QISH imkoniyati mavjud.

🟢 Marhamat, Siz uchun O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nufuzli IT Universitetlar haqida batafsil ma’lumotlarni bir joyga jamladik:

▪️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
▪️
Toshkent shahridagi INHA universiteti
▪️ Amiti universiteti
▪️ “IT Park University” (uz) (ru) (eng)
▪️ Yangi O‘zbekiston universiteti
▪️ Toshkent xalqaro ta’lim universiteti

O‘z Universitetingizni tanlang va kelajakda muvaffaqiyatga erishing!

#mitc #OTM #IT_talim #yoshlar #imkoniyat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥21👏1
🇺🇿 Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi London shahrida o’tkazilayotgan “Jahon ta’lim forumi – 2023” (The Education World Forum 2023 – 🇬🇧) da ishtirok etmoqda.

🫥 London safaridan asosiy ko’zlangan maqsadlar:

⚙️ O'zbekistonning IT salohiyatini Britaniyaning nufuzli OTMlari va IT kompaniyalariga namoyish etish;
⚙️ O'zbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, IT ta’limni rivojlantirish yo’lidagi zamonaviy tendensiyalar bilan tanishtirish;
⚙️ Britaniyada mavjud yirik IT kompaniyalarni O'zbekiston IT bozoriga olib kelish hamda hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirish.
___________

🔴 Forum doirasida Buyuk Britaniya hukumatining Savdo va biznes departamenti, York press, National Geographic, Endava, Code.org, EPAM va boshqa yetakchi IT kompaniyalari va IT ta’lim tashkilotlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar olib borilmoqda.

#Forum #London_2023 #mitc

Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥4👏2
🌐 Buyuk Britaniyaning eng yirik IT kompaniyalaridan biri Endavaning Londondagi ofisida muzokaralar olib borildi.

⚙️ Ma’lumot uchun: Endava dunyodagi yetakchi IT kompaniyalardan biri bo‘lib, bozor kapitalizatsiyasi $ 3.3 mlrd. ga teng. Dunyo bo’ylab joylashgan vakolatxonalarida jami 16 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. 2022-yilda $850 mln. AQSh dollari miqdorida sof daromad qilgan.

Uchrashuv davomida:

💠 Endava kompaniyasining rahbariyati O‘zbekistonda vakolatxona ochish, IT sohasi uchun berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda yuqori malakali IT mutaxassislarimizni jalb qilgan holda IT xizmatlar eksportini yo’lga qo’yish istagini bildirdi.

💠 O’zbekiston IT bozoriga kirish imkoniyatlari, jumladan, yaratilgan sharoitlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, ishchi kuchi, demografik va geografik afzalliklar, infratuzilma, IT ta’lim sohasidagi o’zgarishlar haqida taqdimot ko’rinishida ma’lumotlar berildi.

#Forum #London_2023 #mitc

Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥7👏4💯4
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar” mavzusidagi seminar-treninglar va "Karyera kunlari" davom etmoqda

Raqamli texnologiyalar vazirligi
tashabbusi bilan 10-13-may kunlari TATU Farg‘ona filialida “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida seminar-treninglar, soha korxonalari va IT-Park rezidentlari bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Unda filialning 1500 ortiq talaba-yoshlari ishtirok etib, ularga:

– Bitiruvchilarga malaka talablari;
– IT-ta’limdagi imkoniyatlar;
– TATU "Karyera markazi" faoliyati;
– Xalqaro nufuzli IT-kompaniyalarga ishga joylashish;
– Linkedin tarmog'idan samarali foydalanish;
– "President Tech Award" tanlovi haqida tushunchalar berildi.

Seminarda TATU "Karyera markazi" mutaxassislari, IT-Park Farg'ona filiali, Microsoft va OpenAI xalqaro kompaniyasi mutaxassislari o'z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
👍8👏7🔥2🙏1
Рақамли технологиялар вазирлиги Ай-Ти ўқув марказларни қўллаб-қувватлайди!

💬 Мамлакатимизда йилдан йилга IT таълимни қўллаб-қувватлаш бўйича янги имкониятлар пайдо бўлмоқда:

🔼 3 йил олдин 11 тагина IT ўқув марказ IT парк резиденти бўлган бўлса, ҳозирги кунда 250 дан (20+ баробар) ортиқ ўқув марказлар давлатимиз томонидан яратилган имтиёз ва имкониятлардан фойдаланишмоқда.

🔵 IT билим (bilgi.uz) жамғармаси ёрдамида ўқув марказларни қўллаб-қувватлашга 30 млрд. сўм, 70 нафар ёшларга 768 млн. ўқиш харажатларини қоплаш учун имтиёзли кредитлар тақдим этилди.

🔵 Агарда Сиз ўқув марказингизни кенгайтириш ёки янги ўқув марказини очиш режангиз бўлса, қуйидаги СЎРОВНОМАНИ тўлдиринг ва бизнинг жамоамиз Сиз билан боғланишади.

🌐 Ариза қолдириш

#IT_markaz #mitc #ITeducation

Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🤩3🙏3🔥21💯1
Forwarded from Digital.uz
Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi London shahrida bo‘lib o‘tgan “Jahon ta’lim forumi – 2023” doirasida bir qator muhim kelishuvlarga erishdi.

🔹 Portsmut universiteti
bilan TATU negizida xalqaro IT fakultetlarni yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi;

🔹 EPAM Systems kompaniyasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan maktablarda ekids loyihasini joriy etish va o‘quvchilarni IT sohasidagi bilimini aniqlash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 3 tomonlama memorandum imzolandi;

🔹 Amity University London bilan universitetlar o‘rtasida tajriba almashish, o‘quv dasturi va jarayoni hamda talaba almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

🔸 Shuningdek, Buyuk Britaniyaning eng yirik IT kompaniyalaridan biri Endava, Code.org, Grinvich universiteti, London Metropolitan Universiteti, Civil Service College London, “National geographic”, Buyuk Britaniya hukumatining savdo va biznes departamenti, York Press boshqa IT kompaniya va universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olindi.

#digital
#mitc
#kelishuv

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
👏15👍3🔥21