Rustam Karimjonov
2.01K subscribers
1.89K photos
247 videos
5 files
704 links
Download Telegram
O‘ZBEKISTONLIK YOSHLARNING AKSARIYATI KELAJAGINI IT SOHADA KO'RISHMOQDA!

🏫Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra:

💻18,7% o'g'il bolalar - IT mutaxassisligiga o'qish hamda kelajakda ushbu sohada faoliyat yuritish istagini bildirgan (eng yuqori ko'rsatkich);

💻Qizlarning 16,3% shifokor, 13,8% o‘qituvchi va 7,8% IT kasbini tanlash istagini bildirgan;

💻 9,3% ota-onalar esa - farzandlarini IT mutaxassisligiga o'qitishni xohlashgan.

🔰 Tadqiqot natijalari batafsil - https://pltn.uz/a0d8.
*Tadqiqotda:
10 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalari va ularning farzandlari qatnashgan.

🔖 Agar Siz IT sohasini mukammal o'rganib kelajakda yuqori daromad topish maqsadingiz bo'lsa, ammo buning uchun imkoniyatingiz bo'lmasa, izohda to'liq ism sharifingiz, tel raqamingiz va qanday yordam kerakligini yozib qoldiring va bizning jamoamiz Sizga yordam berish imkoniyatini o'rganib chiqadi.

Rustam Karimjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏3🔥2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NUFUZLI IT-UNIVERSITETLARDAN BIRIDA TA'LIM OLMOQCHIMISIZ?

📢 Sizda O'zbekistondagi eng ilg'or IT Universitetlar Rektorlari bilan online muloqot qilib, qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olish imkoniyati bor!

📍 Online muloqot - Chorshanba kuni (12-Aprel) soat 12:00 da boshlanadi va unda:
💻Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
💻 INHA Universiteti
💻Amity Universiteti
💻Toshkent Xalqaro Ta'lim Universiteti
💻IT Park hamda Yangi O'zbekiston Universiteti Rektorlari Universitet to'g'risida ma'lumot berib, o'qishga kirish uchun mavjud imkoniyatlar haqida taqdimot qilishadi.

🟢 Online muloqot quyidagi havola orqali online tashkil etilishi rejalashtirilgan - Raqamli texnologiyalar vazirligi facebook sahifasi.


🔖 Aziz yoshlar, agarda Sizda IT Universitetga o'qishga kirish yoki mavjud imkoniyatlar haqida savollaringiz bo'lsa Raqamli texnologiyalar vazirligining Facebook sahifasida izohda yozib qoldiring, online muloqot davomida barcha savollarga javob olishingiz mumkin bo'ladi.

Rustam Karimjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥2👏2
Forwarded from Digital.uz
Xalqaro informatika olimpiadasida qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

Joriy yilning 7-16-aprel kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlariga xorijiy ekspert – Bartosz Kostka, shuningdek, 3 nafar mahalliy trenerlar jalb etildi.

Bartosz Kostka xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohibi bo‘lgan, shuningdek 2016-2020-yillarda Polsha terma jamoasi murabbiyi bo‘lib, o‘quvchilari 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza qo‘lga kiritishgan.

O‘quv mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar xalqaro olimpiada topshiriqlarini baholash mezonlari, yechish usullari, bajarish texnikalari hamda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash metodikalarini o‘rganishdi.

Mashg‘ulotlar yakunida o‘quvchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

#mitc

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
👍17🔥6👏32🤩1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 IT sohasida ta'lim olayotgan barcha yoshlar diqqatiga!

💼 Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahridagi Amity Universitetining birinchi qaldirg'och talabalari uchun tashkil etilgan bitiruv marosimida ishtirok etdi.

🎓 Marosim davomida vazir IT yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan barcha yoshlarga hayotda muvaffaqiyatga erishish bo'yicha o'zlarining hayotiy tajribalari bilan ulashib, qimmatli maslahatlarni berdilar.

✅️ Ma'lumot uchun: Universitetning 90% dan ortiq bitiruvchilari nufuzli mahalliy va xalqaro IT kompaniyalarda ish faoliyatini boshlashga ulgurishgan, ba'zi bitiruvchilar esa o'z startup loyihalarini boshlashgan.

Farzandingizni Amity Universitetida o'qishini istasangiz universitet haqidagi barcha kerakli ma'lumotlarni https://amity.uz/uzbek/ veb sahifasi orqali bilib olishingiz mumkin.

#ITtalim #Muvaffaqiyat #Imkoniyat #Ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5👏2🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 "El-yurt umidi" dasturi doirasida 2 yil ichida 1000 dan ortiq yoshlarning dunyoning eng nufuzli universitetlarida o'qish xarajatlari to'liq davlat tomonidan moliyalashtirildi.

📢 Agarda siz ham o'z bilimingizga ishonsangiz "El-yurt umidi" dasturida qatnashing hamda xorijdagi TOP universitetlarda o'z bilim va tajribangizni oshiring.

🔖 Eslatma: Joriy yil chet elda bepul o'qish imkoniyatidan 500 nafar yoshlarimiz foydalanishlari mumkin.

🔰 Hujjatlarni topshirishga ulgurmagan bo'lsangiz, shoshiling 1-may 9:00ga qadar online hujjat topshirishingiz mumkin.

Imkoniyatni boy bermang, quyidagi havola orqali barcha ma'lumotlar bilan tanishib chiqing - https://t.iss.one/elyurtumidifoundation/7195
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1👏1🙏1
4️⃣4️⃣4️⃣

📆 TATU "Karyera markazi" rasmiy telegram kanalida 💠 hafta davomida e'lon qilingan vakansiyalar ro'yxati: ⬇️

1. Kontent menejeri
2.
Backend ishlab chiqaruvchisi
3. JavaScript, Reactos, Python dasturchisi
4. SMM stajyor
5. C++ / QT dasturchisi
6. Flutter dasturchisi
7. IT loyiha ma'muri
8. Sotuv menejeri
9. Frontend middle/senior dasturchisi
10. JavaScript, Vue.js/Nuxt.JS Frontend dasturchisi
11. Call markazi operatori
12. Tizim administratori

Telegram kanalimizni kuzatib boring!

➡️ Eng so'nggi vakansiyalar:
https://t.iss.one/tatu_karyera_markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2
🇺🇿 | 🇮🇳 Joriy yil sentabr oyida navbatdagi Xalqaro IT Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi!

🏫 Hindistondan kelgan do'stimiz Vishesh Chandrashaker bilan Buxoroda “Acharya University of Uzbekistan” universitetini tashkil etish bilan bog'liq masalalarni batafsil gaplashib oldik:

🟢Universitetda professor o‘qituvchilar chet el davlatlaridan kelib ta’lim berishi;
🟢O‘quv darsliklar Cambridge universiteti bilan hamkorlikda tayyorlangan kitoblar asosida amalga oshirilishi;
🟢O'quv dasturi doirasida Suniy intellekt, Software engineering, Machine learning, Business administration, Executive MBA va boshqa yo'nalishlar o'qitilishi kelishib olindi.

"Acharya Universitetida talabalar uchun xalqaro standartlarga mos ta'lim berilishi hamda zamonaviy sharoitlar yaratilishi eng ustuvor vazifa hisoblanadi", deb ta'kidladi Universitet rahbari Vishesh Chandrashaker.

Batafsil – telegra.ph

#Acharya_university #IT_talim

Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥4👏2🙏1