Rustam Karimjonov
2.01K subscribers
1.89K photos
247 videos
5 files
704 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #IT_park #Xorazm

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IT-Park Xorazm viloyati filialiga tashrif buyurdilar.

🇺🇿 Xorazm viloyatida IT ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralash, baholash, o’qitish va xalqaro IT-bozor talablariga mos qilib tayyorlash tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha vazifalarni belgilab berdilar.

Ushbu tizimni maktab ta’limidan boshlash zarur ekanligi belgilab berildi.

🔝
Bunday imkoniyat va sharoitlardan Xorazmlik yoshlar unumli foydalanib, kelajakda Al-Xorazmiy bobomiz kabi buyuk inson bo’lishlariga umid qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5👏1
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шаҳноза каби имконияти чекланган ёшларнинг имкониятларини кенгайтириш бўйича Президентимиз ташаббусини қўллаб-қувватлайлик!

Кеча Давлатимиз Раҳбари Хоразмдаги АйТи Паркка ташрифи чоғида Шаҳноза билан суҳбатлашиб, “нима орзуингиз бор” деб сўрадилар. У ТАТУнинг Урганч филиалига ўқишга кириш орзуси борлигини айтди. Шунда Президентимиз эртага Шаҳнозага айнан Президент гранти асосида ўқишга қабул қилингани ҳақидаги ҳужжатни ўзим келиб топширишим бўйича топшириқ бердилар.

Бугун Президент гранти асосида қабул қилинган қизимизни ТАТУ Урганч филиали жамоаси билан бирга табриклаб, унинг ишларига муваффақиятлар тиладик.

Шаҳнозанинг қанчалик хурсанд эканлигини сўз билан таърифлаш қийин.

Давлатимиз Раҳбари бу каби имконияти чекланган ёшлар жуда кўплигини таъкидлаб, уларга айнан АйТи соҳасида қўшимча имконият яратиш бўйича алоҳида ташаббус бошлаганлар: агар ўқув марказлари бундай ёшларни экспортёр корхоналарга ишга кириш даражасида тайёрлаб берса, ҳар бир шундай битирувчи учун уларга 35 миллион сўмгача субсидия берилишини белгилаб бердилар. Натижада эса бу каби ёшларнинг имкониятлари янада кенгаяди ва улар юқори даромадли ишда ишлашлари мумкин бўлади.

Биз АйТи Паркнинг барча таълим резидентларини ва бошқа ўқув марказларини муқаддас Рамазон ойида Президентимизнинг ушбу савобли ташаббусларини қўллаб-қувватлашга, 35 миллион сўмгача субсидиядан фойдаланиб, кўпроқ имконияти чекланган ёшларни бепул ёки имтиёзли ўқитиб, уларнинг келгусида юқори даромадли ишларга жойлашишига ёрдам кўрсатишга чақирамиз. Экспортёр компанияларни эса имкони борича кўпроқ шундай ёшларни ишга олишга чорлаймиз!

#InsonQadriUchun
https://fb.watch/jDPjOt_Zww/
👍15🔥3👏3
📢 Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizni maktabdan-maktabga ko’chirishni maktabga bormasdan hech qanday qiyinchiliksiz elektron tarzda amalga oshirishni istaysizmi?

💻Unda my.gov.uz yagona elektron davlat xizmatlarining telegram kanaliga obuna bo’ling, yaqin kunlarda ushbu elektron xizmatdan hech qanday ovoragarchiliksiz foydalanish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

🔰 Ma’lumot uchun, yiliga 500 mingdan ziyod ota-onalar farzandlarini maktabdan maktabga ko’chirish jarayonlaridan o’tishadi.

Endi mazkur jarayonlar - oson, qulay va hech qanday byurokratiyasiz elektron amalga oshiriladi.

Elektron xizmatdan foydalanish uchun - my.gov.uz yagona elektron davlat xizmatlarining telegram kanaliga obuna bo’ling.

🔖 Ushbu yaxshi xabarni barcha tanish ota-onalarga yuboramiz, boshqa ovora bo’lishmasin.

#elektronxizmatlar #qulay #oson #mygovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👏4🔥2
🎮 Sovrin jamg'armasi 332 million so'm Kibersport musobaqasiga Start berildi!

Musobaqa 5ta yo’nalishda bo’lib o’tadi:
🟢CS:GO
🟢DOTA2
🟢PUBG Mobile
🟢FIFA
🟢eFootball

O'zbekistondagi eng yirik "Uzbekistan Esport Championship" turnirida ishtirok eting!

Batafsil ma'lumot: IT Park telegram kanalida hamda www.cybergame.uz saytida.

Kibersportga qiziquvchi 16 yoshdan yuqori bo’lgan do’stlaringizga yuboring

Sovrin jamg'armasi 332 million so'm

#mitc #kibersport #yoshlar #IT
👍6🔥3👏3🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO INFORMATIKA OLIMPIADASIDA QATNASHADIGAN TERMA JAMOA A’ZOLARINI TAYYORLASH JARAYONIGA ILK BOR XALQARO TRENER JALB ETILDI.

Bugun poytaxtimizdagi IT Park binosida xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul xodimlari hamda polshalik mutaxassis Bartosz Kostka ishtirok etdi.

Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlarini yanada kuchaytirish, terma jamoaning nufuzli musobaqadagi natijadorligini yaxshilash maqsadida xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka yurtimizga taklif qilindi.

Bartosz Kostka joriy yil Vengriyada o‘tkaziladigan olimpiada musobaqalariga yurtimiz terma jamoa a’zolarini puxta tayyorlash bilan birga, ularning imtihon jarayonlarida zarur bo‘ladigan ruhiy ko‘nikmalarini mustahkamlashda yordam beradi.

35-Xalqaro informatika olimpiadasi 2023-yil 28-avgustdan 4-sentyabr kuniga qadar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tadi, unda 4 nafar O‘zbekistonlik yoshlardan iborat terma jamoamiz vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ikki vazirlik hamkorligida tashkil qilingan mazkur jarayonda 10 kun davomida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida 12 nafar o‘quvchi olimpiadada ishtirok etish uchun xalqaro darajadagi trener tomonidan tayyorlanadi. Tayyorgarlik natijalariga kўра 4 nafar o‘qivchi saralab olinadi.
Uchrashuvdan so‘ng o‘qivchilar oromgohga xalqaro va mahalliy trenerlar bilan birgalikda jo‘nab ketdilar.

#digitaltechnologies #uzbekistan #yoshlar
👍19👏3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarga havasim keldi!

Bugun Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida Xalqaro talablarga javob beradigan yangi Sport majmuasi foydalanishga topshirildi.

Mazkur Sport majmuada trener, talaba va sportsmenlarga barcha sharoitlar yaratilgan bo’lib bir vaqtning o‘zida sportning mini futbol (basketbol yoki voleybol), yugurish, bodibilding (fitnes) va kurash kabi turlari bilan mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, bu yerda o‘tkaziladigan sport musobaqalarini internet tarmog‘i orqali onlayn translyatsiya qilish imkoniyati ham yaratilgan.

#digitaltechnologies #yoshlar #sport
👍17🔥5👏3
O‘ZBEKISTONLIK YOSHLARNING AKSARIYATI KELAJAGINI IT SOHADA KO'RISHMOQDA!

🏫Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra:

💻18,7% o'g'il bolalar - IT mutaxassisligiga o'qish hamda kelajakda ushbu sohada faoliyat yuritish istagini bildirgan (eng yuqori ko'rsatkich);

💻Qizlarning 16,3% shifokor, 13,8% o‘qituvchi va 7,8% IT kasbini tanlash istagini bildirgan;

💻 9,3% ota-onalar esa - farzandlarini IT mutaxassisligiga o'qitishni xohlashgan.

🔰 Tadqiqot natijalari batafsil - https://pltn.uz/a0d8.
*Tadqiqotda:
10 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalari va ularning farzandlari qatnashgan.

🔖 Agar Siz IT sohasini mukammal o'rganib kelajakda yuqori daromad topish maqsadingiz bo'lsa, ammo buning uchun imkoniyatingiz bo'lmasa, izohda to'liq ism sharifingiz, tel raqamingiz va qanday yordam kerakligini yozib qoldiring va bizning jamoamiz Sizga yordam berish imkoniyatini o'rganib chiqadi.

Rustam Karimjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏3🔥2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NUFUZLI IT-UNIVERSITETLARDAN BIRIDA TA'LIM OLMOQCHIMISIZ?

📢 Sizda O'zbekistondagi eng ilg'or IT Universitetlar Rektorlari bilan online muloqot qilib, qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olish imkoniyati bor!

📍 Online muloqot - Chorshanba kuni (12-Aprel) soat 12:00 da boshlanadi va unda:
💻Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
💻 INHA Universiteti
💻Amity Universiteti
💻Toshkent Xalqaro Ta'lim Universiteti
💻IT Park hamda Yangi O'zbekiston Universiteti Rektorlari Universitet to'g'risida ma'lumot berib, o'qishga kirish uchun mavjud imkoniyatlar haqida taqdimot qilishadi.

🟢 Online muloqot quyidagi havola orqali online tashkil etilishi rejalashtirilgan - Raqamli texnologiyalar vazirligi facebook sahifasi.


🔖 Aziz yoshlar, agarda Sizda IT Universitetga o'qishga kirish yoki mavjud imkoniyatlar haqida savollaringiz bo'lsa Raqamli texnologiyalar vazirligining Facebook sahifasida izohda yozib qoldiring, online muloqot davomida barcha savollarga javob olishingiz mumkin bo'ladi.

Rustam Karimjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥2👏2
Forwarded from Digital.uz
Xalqaro informatika olimpiadasida qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

Joriy yilning 7-16-aprel kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlariga xorijiy ekspert – Bartosz Kostka, shuningdek, 3 nafar mahalliy trenerlar jalb etildi.

Bartosz Kostka xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohibi bo‘lgan, shuningdek 2016-2020-yillarda Polsha terma jamoasi murabbiyi bo‘lib, o‘quvchilari 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza qo‘lga kiritishgan.

O‘quv mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar xalqaro olimpiada topshiriqlarini baholash mezonlari, yechish usullari, bajarish texnikalari hamda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash metodikalarini o‘rganishdi.

Mashg‘ulotlar yakunida o‘quvchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

#mitc

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
👍17🔥6👏32🤩1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 IT sohasida ta'lim olayotgan barcha yoshlar diqqatiga!

💼 Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahridagi Amity Universitetining birinchi qaldirg'och talabalari uchun tashkil etilgan bitiruv marosimida ishtirok etdi.

🎓 Marosim davomida vazir IT yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan barcha yoshlarga hayotda muvaffaqiyatga erishish bo'yicha o'zlarining hayotiy tajribalari bilan ulashib, qimmatli maslahatlarni berdilar.

✅️ Ma'lumot uchun: Universitetning 90% dan ortiq bitiruvchilari nufuzli mahalliy va xalqaro IT kompaniyalarda ish faoliyatini boshlashga ulgurishgan, ba'zi bitiruvchilar esa o'z startup loyihalarini boshlashgan.

Farzandingizni Amity Universitetida o'qishini istasangiz universitet haqidagi barcha kerakli ma'lumotlarni https://amity.uz/uzbek/ veb sahifasi orqali bilib olishingiz mumkin.

#ITtalim #Muvaffaqiyat #Imkoniyat #Ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5👏2🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 "El-yurt umidi" dasturi doirasida 2 yil ichida 1000 dan ortiq yoshlarning dunyoning eng nufuzli universitetlarida o'qish xarajatlari to'liq davlat tomonidan moliyalashtirildi.

📢 Agarda siz ham o'z bilimingizga ishonsangiz "El-yurt umidi" dasturida qatnashing hamda xorijdagi TOP universitetlarda o'z bilim va tajribangizni oshiring.

🔖 Eslatma: Joriy yil chet elda bepul o'qish imkoniyatidan 500 nafar yoshlarimiz foydalanishlari mumkin.

🔰 Hujjatlarni topshirishga ulgurmagan bo'lsangiz, shoshiling 1-may 9:00ga qadar online hujjat topshirishingiz mumkin.

Imkoniyatni boy bermang, quyidagi havola orqali barcha ma'lumotlar bilan tanishib chiqing - https://t.iss.one/elyurtumidifoundation/7195
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1👏1🙏1