This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO INFORMATIKA OLIMPIADASIDA QATNASHADIGAN TERMA JAMOA A’ZOLARINI TAYYORLASH JARAYONIGA ILK BOR XALQARO TRENER JALB ETILDI.
Bugun poytaxtimizdagi IT Park binosida xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul xodimlari hamda polshalik mutaxassis Bartosz Kostka ishtirok etdi.
Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlarini yanada kuchaytirish, terma jamoaning nufuzli musobaqadagi natijadorligini yaxshilash maqsadida xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka yurtimizga taklif qilindi.
Bartosz Kostka joriy yil Vengriyada o‘tkaziladigan olimpiada musobaqalariga yurtimiz terma jamoa a’zolarini puxta tayyorlash bilan birga, ularning imtihon jarayonlarida zarur bo‘ladigan ruhiy ko‘nikmalarini mustahkamlashda yordam beradi.
35-Xalqaro informatika olimpiadasi 2023-yil 28-avgustdan 4-sentyabr kuniga qadar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tadi, unda 4 nafar O‘zbekistonlik yoshlardan iborat terma jamoamiz vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ikki vazirlik hamkorligida tashkil qilingan mazkur jarayonda 10 kun davomida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida 12 nafar o‘quvchi olimpiadada ishtirok etish uchun xalqaro darajadagi trener tomonidan tayyorlanadi. Tayyorgarlik natijalariga kўра 4 nafar o‘qivchi saralab olinadi.
Uchrashuvdan so‘ng o‘qivchilar oromgohga xalqaro va mahalliy trenerlar bilan birgalikda jo‘nab ketdilar.
#digitaltechnologies #uzbekistan #yoshlar

Talabalarga havasim keldi!
Bugun Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida Xalqaro talablarga javob beradigan yangi Sport majmuasi foydalanishga topshirildi.
Mazkur Sport majmuada trener, talaba va sportsmenlarga barcha sharoitlar yaratilgan bo’lib bir vaqtning o‘zida sportning mini futbol (basketbol yoki voleybol), yugurish, bodibilding (fitnes) va kurash kabi turlari bilan mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, bu yerda o‘tkaziladigan sport musobaqalarini internet tarmog‘i orqali onlayn translyatsiya qilish imkoniyati ham yaratilgan.
#digitaltechnologies #yoshlar #sport