Rustam Karimjonov
2.01K subscribers
1.89K photos
247 videos
5 files
704 links
Download Telegram
Samarqandda IT ta’lim eco-tizimini rivojlantirish va istiqboldagi vazifalarni belgilash uchun Raqamli Texnologiyalar vazirligi jamoamiz bilan xizmat safariga keldik.

Samarqand viloyatida IT ta’limni rivojlantirish bo’yicha takliflar bo’lsa izohda yoki shaxsiy habarda taklifingizni qoldirishingiz mumkin.
👍15🔥4👏2
Forwarded from Digital.uz
Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Andijon viloyatida bo‘lib, bir nechta IT markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Hududda IT-ta’lim eko-tizimini rivojlantirish va istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov joriy yilning 10-11 mart kunlari Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4388

#mitc
#andijon

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
👍11👏3🔥2
📢 IT sohasini mukammal o’rganish hamda kelajakda yuqori daromad topish uchun talabalar, maktab o’quvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlarga foydali elektron resurslar bo’yicha navbatdagi tavsiyalar ishlab chiqildi!

🤳 Rasmda Raqamli texnologiyalar vazirligi tavsiyalari keltirilgan:

🟢 IT sohasiga oid tanlovlar, muhim yangiliklar va IT ta’limga oid foydali bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etuvchi rasmiy elektron resurslar;
🟢 IT sohasida daromad topish imkoniyatlarini taqdim etuvchi elektron resurslar.

🔰 O’zbekistonda IT sohasi yo’nalishida mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot olish hamda yuqori daromad topish uchun IT ta’lim olish bo’yicha savollar yoki takliflaringiz bo’lsa izohda qoldiring!

Raqamli texnologiyalar vaziri o’rinbosari, Rustam Karimjonov.

#repost #ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥2👏2💯1
🏫“Acharya Institute of Technology”ning xalqaro aloqalar bo’yicha rahbari Vishesh Chandrashekar bilan “Acharya University of Uzbekistan” universiteti faoliyatini tashkil etish borasida batafsil gaplashib oldik.

💻Online uchrashuv davomida yangi o’quv yilidan boshlab - Buxoro viloyatida o’quv jarayonini samarali tashkil etish borasida kelishib olindi, unda:

🟢 2023/2024 o‘quv yilida 1400 nafar iqtidorli talabalarni qabul qilish va o‘quv jarayonlarini tashkil etish;
🟢 O’quv jarayoniga xorijiy IT yo‘nalishidagi zamonaviy o’quv dasturlar va darsliklarni qo’llash;
🟢 Xorijiy hamkor tomonidan universitetni zamonaviy moddiy texnik bazasi bilan ta’minlash uchun kamida 2 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish;
🟢 Inkubatsiya markazi, eksport xizmatlari ko'rsatish markazi (BPO) hamda IBM, Microsoft, Oracle va boshqa IT korporatsiyalar bilan hamkorlikda IT kompetentsiyalarni rivojlantirish markazini faoliyati yo‘lga qo‘yilish;
🟢 O‘quv jarayonlarini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish;
🟢 “Achariya Institutes” tarmog‘ining yuqori malakali professor o'qituvchilarini jalb qilish borasida kelishuvlarga erishildi.

🇺🇿 Davaltimizda yaratilayotgan sharoitlar natijasida Xalqaro darajadagi IT unversitetlar salmog’i kengayib bormoqda, bu albatta O’zbekistonni mintaqaviy IT hub ga aylantirish hamda IT xizmatlar eksportini 1 mlrd. AQSh dollariga yetkazishda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimi yo’lga qo’yilayotganidan dalolat beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥1👏1
❤️ Najot Ta'lim va Cambridge LC bilan hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan 100 nafar yoshlarga - ingliz tili, dasturlash hamda grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim olish imkonini taqdim etishmoqda.

🟢 Ushbu imkoniyatdan respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 15 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.

🔖 Grant sohibi bo'lish uchun ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tib ariza qoldiring

💻 Arizalarni qabul qilish 3-aprel, soat 23:59 gacha davom etadi. Saralash va natijalarni e'lon qilish Ramazon oyining oxirigacha amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot olish uchun 📞 78-888-9-888
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14👏5
Ta'lim sohasida yangi va qulay elektron xizmatlar ishga tushiriladi!

🏫 Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining raqamlashtirishga mas'ul mutaxassislari ishtirokida aholimizga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko'lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

✅️ Aholimizga quyidagi elektron xizmatlarni tez orada ishga tushirish kelishib olindi:

💻 Maktab o'quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul xizmati
💻 O'quvchilarni maktabdan maktabga onlayn ko'chirish xizmati
💻 Elektron shahodatnomani yuklab olish xizmati
💻 Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati
💻 Talabalarga ta'lim kreditini onlayn ajratish xizmati va boshqalar.

🎓 Bog'cha, Maktab, Oliy ta'lim tizimlarida - yangi elektron xizmatlarni joriy qilish bo'yicha takliflaringiz bo'lsa izohda qoldiring. Takliflaringiz tahlil qilinib, foydali va qulay bo'lgan xizmatlarni joriy etish choralarini ko'ramiz.

Ta'lim sohasida joriy etilgan elektron xizmatlardan foydalanish uchun ushbu havola orqali o'ting - Ta'lim sohasida elektron xizmatlar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥3🙏2👏1
Prezident TATU Nukus filiali o‘qituvchisi uyida mehmon bo‘ldi

Prezidentimizning Nukusdagi Altin jag‘is mahallasiga tashriflari chog‘ida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Axborot xavfsizligi kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, dotsent Kuanishbay Seytnazarov xonadonida mehmon bo‘lib, oila a’zolari bilan iftorlik qildi.

Prezidentimizning aynan o‘qituvchining xonadonida mehmon bo‘lgani bu ustozlarga nisbatan hurmat va ehtiromning yaqqol misolidir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24👏2🔥1