Rustam Karimjonov
2.14K subscribers
1.59K photos
232 videos
5 files
630 links
Download Telegram
Forwarded from Digital.uz
Siz frilanser bo‘lib, O‘zbekistonda yuqori daromad topmoqchi bo‘lsangiz, AKT vaziri bilan bo‘lib o‘tadigan onlayn tarzdagi ochiq muloqotda ishtirok etib, Sizni qiziqtiradigan barcha savollarga javob oling!

⚡️2022-yil 3-iyun kuni Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri bilan onlayn tarzda ochiq muloqot tashkil etiladi.

Ushbu muloqot davomida Siz o‘zingizni qiziqtirgan va qiynaydigan savollarga javoblar hamda o‘z faoliyatingiz davomida uchraydigan qiyinchiliklarning yechimini topishingiz mumkin.

🔺Ochiq muloqot interaktiv shaklda o‘tkaziladi va har biringiz Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga savol berib, o‘z tajribangiz bilan ulashishingiz va muammolarni muhokama qilishingiz mumkin.

Ochiq muloqot davomida:
▪️Frilans platformalarida ishlashni boshlash;
▪️Frilans platformalari orqali topilgan daromadini O'zbekiston banklari orqali olish;
▪️Muammolarni tezkor aniqlash va unga yechim topish mexanizmi;
▪️Savol-javoblar bo‘lib o‘tadi.

🔹Ochiq muloqotni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Facebook va Youtubedagi sahifalari orqali kuzatish mumkin.

🔹Shuningdek, ochiq muloqotni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Facebook sahifasi orqali ham kuzatish imkoni mavjud.

Ochiq muloqot o‘tkazilish vaqti:
3️⃣iyun soat 1️⃣0️⃣:0️⃣0️⃣

✔️Savollarni Ochiq muloqot tashkil etilayotgan vaqt davomida izohlarda qoldirish mumkin.

❗️Savolnomani to‘ldirib, O‘zbekistonda frilanserlikni rivojlantirish uchun o‘z xissangizni qo‘shing!

O‘tkazib yubormang!

#mitc
#onlayn_muloqot

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Forwarded from Digital.uz
💻Endilikda 1 milliondan ortiq o‘zbekistonlik Coursera’dan bepul onlayn ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi

25-oktabr kuni haftalik doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatovning Coursera kompaniyasi vakili bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, 2023-yildan boshlab 1,2 million o‘zbekistonlik o‘g‘il-qiz IT’ning 3 ta asosiy yo‘nalishi (Frontend, Python course, IT-English) bo‘yicha Coursera platformasida onlayn kurslarda qatnashishi va tegishli sertifikatlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ushbu kurslarni bitirgan va sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlarning IT kompaniyalarda yuqori daromadli ishlarga qabul qilinishlariga yoki frilans orqali buyurtmalar olishlariga kengroq yo‘l ochiladi.

#mitc
#ictweek
#coursera

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 #videolavha

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi 100-maktab-internatiga kompyuter jamlanmasi taqdim etildi

#mitc
#kibersport

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, Karimjonov Rustam Olimjon o‘g‘li Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosar lavozimiga tayinlandi.

#mitc
#tayinlov

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Forwarded from Digital.uz
🔘 O‘zbekistonda xalqaro standartlarga javob beradigan innovatsion universitet tashkil etish loyihasi muhokama qilindi

Bugun, 17-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov “Abu Dhabi Uzbek Investment” hamda “CINTANA TEAM” tashkilotining prezidenti Chagri Bagchioglu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil: 👉https://mitc.uz/uz/news/view/4328

#mitc
#it_education

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Forwarded from Digital.uz
Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Andijon viloyatida bo‘lib, bir nechta IT markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Hududda IT-ta’lim eko-tizimini rivojlantirish va istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov joriy yilning 10-11 mart kunlari Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4388

#mitc
#andijon

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🎮 Sovrin jamg'armasi 332 million so'm Kibersport musobaqasiga Start berildi!

Musobaqa 5ta yo’nalishda bo’lib o’tadi:
🟢CS:GO
🟢DOTA2
🟢PUBG Mobile
🟢FIFA
🟢eFootball

O'zbekistondagi eng yirik "Uzbekistan Esport Championship" turnirida ishtirok eting!

Batafsil ma'lumot: IT Park telegram kanalida hamda www.cybergame.uz saytida.

Kibersportga qiziquvchi 16 yoshdan yuqori bo’lgan do’stlaringizga yuboring

Sovrin jamg'armasi 332 million so'm

#mitc #kibersport #yoshlar #IT
Forwarded from Digital.uz
Xalqaro informatika olimpiadasida qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

Joriy yilning 7-16-aprel kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlariga xorijiy ekspert – Bartosz Kostka, shuningdek, 3 nafar mahalliy trenerlar jalb etildi.

Bartosz Kostka xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohibi bo‘lgan, shuningdek 2016-2020-yillarda Polsha terma jamoasi murabbiyi bo‘lib, o‘quvchilari 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza qo‘lga kiritishgan.

O‘quv mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar xalqaro olimpiada topshiriqlarini baholash mezonlari, yechish usullari, bajarish texnikalari hamda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash metodikalarini o‘rganishdi.

Mashg‘ulotlar yakunida o‘quvchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

#mitc

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Kelajagingiz o‘z qo‘lingizda!

💻 IT juda qiziq va dolzarb sohalardan biri bo‘lishi bilan birga, eng yuqori daromad keltiruvchi kasblardan biri ham hisoblanadi.

Rasmda belgilangan IT Universitetlarning barchasida DAVLAT GRANTI ASOSIDA O'QISH imkoniyati mavjud.

🟢 Marhamat, Siz uchun O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nufuzli IT Universitetlar haqida batafsil ma’lumotlarni bir joyga jamladik:

▪️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
▪️
Toshkent shahridagi INHA universiteti
▪️ Amiti universiteti
▪️ “IT Park University” (uz) (ru) (eng)
▪️ Yangi O‘zbekiston universiteti
▪️ Toshkent xalqaro ta’lim universiteti

O‘z Universitetingizni tanlang va kelajakda muvaffaqiyatga erishing!

#mitc #OTM #IT_talim #yoshlar #imkoniyat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi London shahrida o’tkazilayotgan “Jahon ta’lim forumi – 2023” (The Education World Forum 2023 – 🇬🇧) da ishtirok etmoqda.

🫥 London safaridan asosiy ko’zlangan maqsadlar:

⚙️ O'zbekistonning IT salohiyatini Britaniyaning nufuzli OTMlari va IT kompaniyalariga namoyish etish;
⚙️ O'zbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, IT ta’limni rivojlantirish yo’lidagi zamonaviy tendensiyalar bilan tanishtirish;
⚙️ Britaniyada mavjud yirik IT kompaniyalarni O'zbekiston IT bozoriga olib kelish hamda hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirish.
___________

🔴 Forum doirasida Buyuk Britaniya hukumatining Savdo va biznes departamenti, York press, National Geographic, Endava, Code.org, EPAM va boshqa yetakchi IT kompaniyalari va IT ta’lim tashkilotlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar olib borilmoqda.

#Forum #London_2023 #mitc

Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Buyuk Britaniyaning eng yirik IT kompaniyalaridan biri Endavaning Londondagi ofisida muzokaralar olib borildi.

⚙️ Ma’lumot uchun: Endava dunyodagi yetakchi IT kompaniyalardan biri bo‘lib, bozor kapitalizatsiyasi $ 3.3 mlrd. ga teng. Dunyo bo’ylab joylashgan vakolatxonalarida jami 16 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. 2022-yilda $850 mln. AQSh dollari miqdorida sof daromad qilgan.

Uchrashuv davomida:

💠 Endava kompaniyasining rahbariyati O‘zbekistonda vakolatxona ochish, IT sohasi uchun berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda yuqori malakali IT mutaxassislarimizni jalb qilgan holda IT xizmatlar eksportini yo’lga qo’yish istagini bildirdi.

💠 O’zbekiston IT bozoriga kirish imkoniyatlari, jumladan, yaratilgan sharoitlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, ishchi kuchi, demografik va geografik afzalliklar, infratuzilma, IT ta’lim sohasidagi o’zgarishlar haqida taqdimot ko’rinishida ma’lumotlar berildi.

#Forum #London_2023 #mitc

Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Рақамли технологиялар вазирлиги Ай-Ти ўқув марказларни қўллаб-қувватлайди!

💬 Мамлакатимизда йилдан йилга IT таълимни қўллаб-қувватлаш бўйича янги имкониятлар пайдо бўлмоқда:

🔼 3 йил олдин 11 тагина IT ўқув марказ IT парк резиденти бўлган бўлса, ҳозирги кунда 250 дан (20+ баробар) ортиқ ўқув марказлар давлатимиз томонидан яратилган имтиёз ва имкониятлардан фойдаланишмоқда.

🔵 IT билим (bilgi.uz) жамғармаси ёрдамида ўқув марказларни қўллаб-қувватлашга 30 млрд. сўм, 70 нафар ёшларга 768 млн. ўқиш харажатларини қоплаш учун имтиёзли кредитлар тақдим этилди.

🔵 Агарда Сиз ўқув марказингизни кенгайтириш ёки янги ўқув марказини очиш режангиз бўлса, қуйидаги СЎРОВНОМАНИ тўлдиринг ва бизнинг жамоамиз Сиз билан боғланишади.

🌐 Ариза қолдириш

#IT_markaz #mitc #ITeducation

Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi London shahrida bo‘lib o‘tgan “Jahon ta’lim forumi – 2023” doirasida bir qator muhim kelishuvlarga erishdi.

🔹 Portsmut universiteti
bilan TATU negizida xalqaro IT fakultetlarni yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi;

🔹 EPAM Systems kompaniyasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan maktablarda ekids loyihasini joriy etish va o‘quvchilarni IT sohasidagi bilimini aniqlash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 3 tomonlama memorandum imzolandi;

🔹 Amity University London bilan universitetlar o‘rtasida tajriba almashish, o‘quv dasturi va jarayoni hamda talaba almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

🔸 Shuningdek, Buyuk Britaniyaning eng yirik IT kompaniyalaridan biri Endava, Code.org, Grinvich universiteti, London Metropolitan Universiteti, Civil Service College London, “National geographic”, Buyuk Britaniya hukumatining savdo va biznes departamenti, York Press boshqa IT kompaniya va universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olindi.

#digital
#mitc
#kelishuv

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube