XALQ MINBARI GAZETASI | Rasmiy Kanali
498 subscribers
18.5K photos
2.37K videos
404 files
7.59K links
"XALQ MINBARI" газетасининг расмий каналига ХУШ КЕЛИБСИЗ!
Холис, аниқ, ишончли ва тезкор!
Download Telegram
Беруний туман "Халқ минбари" газетасининг бугунги янги 14-сони
Фирибгар суд қарори билан жазога махкум...
Нуронийимиз Фозилбек Аннасафаров.-70 ёшда! Чин инсон умрининг 70 йили тавсифи...
Отинойи, ҳожи она Робия Ибодуллаева мулоҳазалари...
M.KAMALOVA,
Beruniy tumani Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘I, 1-darajali yurist: "ENERGIYANI TEJASH, UNDAN OQILONA FOYDALANISH BO`YICHA"
👇👇👇
👍1
Prezident tomonidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-940-son, 07.08.2024 y.) imzolandi.Qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.Shuningdek, u yoqilg‘i-energetika resurslarini isteʼmol qilish normalarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
Qonunchilikka ko'ra, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to'liq to'lagan holda ularni xarid qilgan va o'rnatgan iste'molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg'armasi hisobidan kompensasiya qilinadi: Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o'rnatganlik uchun kompensasiyalar miqdori o'rnatilgan quvvati: 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo'lganda BHMning 7 barobar;1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo'lganda BHMning 10 barobar;1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo'lganda BHMning 15 barobar;2 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 20 barobar; 5 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 50 barobar (faqatgina yangi yerlar o'zlashtirilganda va tik quduqlarda o'rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste'moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta'minlanganda).
Bundan tashqari, umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o'rnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e'tiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni to'lashdan ozod etilishi belgilangan: ushbu qurilmalar bo'yicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band bo'lgan yer uchastkalari bo'yicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda bo'yicha — foyda solig'idan ozod etilgan.
M.KAMALOVA,
Beruniy tumani Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘I, 1-darajali yurist.

https://t.iss.one/redaksiyamiz
Dilbar PADJAPOVA,
Beruniy tumani SEO va JSB vrach – epidemiologi: "VIRUSLI GEPATIT A KASALLIGIDAN SAQLANING!"👇👇👇
Virusli gepatit A kasalligi qo’zgatuvchisi picornaviride oilasi hepatovirus turiga mansub virus bo’lib, tashqi muhitga chidamli hisoblanadi.
Xona haroratida bir necha haftadan bir oygacha, 40 gradusda bir necha oygacha, 200 gradusda bir necha yilgacha o’zining yuqumlilik xususiytlarini saqlaydi. Qaynatish virusni 5 daqiqada parchalaydi. Infeksiyaning keltirib chiqaruvchisi antropogenez infeksiya bo’lib, uning yagona manbasi odam hisoblanadi. Kasallikning yashirin davri 7-50 kun, o’rtacha 35 kun hisoblanadi.VGA viruslari asosan, bemor axlatidan - ko’p miqdorda kasallikning yashirin davrining so’nggi 7-10 kunida va sariqlikdan - oldingi davrdagi kasallikning ilk kunlari, y’ani 2-14 - kunida aniqlanadi.VGA kasalligi fekal-oral yo’l bilan yuqadi. Ichak infeksiyalariga xos bo’lgan barcha yo’llar -suv, oziq-ovqat va maishiy - muloqot yo’llari orqali yuqadi. Kasallik bilan yosh bolalar og’riydi. Asosan 1-14 yoshgacha bo’lgan bolalar kasallanadi.
Bolalarni virusli gepatit A kasalligiga qarshi emlash, bu virusli gepatit A kasalligi oldini olishning eng asosiy yo’lidir. Immunitet 15 yilgacha saqlanadi, y’ani shu kasallik bilan 15 yilgacha og’rimaydilar.
-Ovqatlanishdan oldin va xojatdan keyin qo’l yuvish ko’nikmalarini shakllantirish; -Xonadonlarda chivin, pashshalarga qarshi kurashish; - Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;- Ochiq suv havzalarida cho’milmaslik; -Maktabgacha ta’lim nuassasalarida qaynatilgan suvni doimiy bo’lishini ta ‘minlash; -Aholi yashash joylarida chiqindilarning to’planib qolishiga yo’l qo’ymaslik kabilar kasallikning oldini olish chora - tadbirlari sanaladi.
D. PADJAPOVA,
Beruniy tumani SEO va JSB vrach – epidemiologi.
https://t.iss.one/redaksiyamiz
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мева-сабзавот ва озиқ-овқат экспортини кўпайтириш масалалари муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам увеличения экспорта плодоовощной и продовольственной продукции.

#Mirziyoyev #videoselektor #oziqovqat #eksport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videorolik

SENI KUTAYOTGANLAR BOR

Ona uchun farzandi begona yurtda, qiyinchilikda yurganini bilishdan og‘irroq azob bo‘lmasa kerak. Nevarasining ko‘zyoshlariga chora topishning ham iloji yo‘q...

Kontentda ana shunday mushtipar onaning mashaqqatli bir kuni ko‘rsatilgan...

Adashib, aldanib begona yurtlarda sarson yurgan yurtdoshlar, Vatanga qayting! Sizni kutayotganlar bor!


Rolik O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2025 yil 21-iyul sanasidagi 03-07/4336-sonli xulosasi asosida tayyorlandi

Kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ham ulashing!

🌐Ziyo.uz | Telegram | 🌐Instagram |📹 Youtube
G.S.ASHIROVA,
Beruniy TTB KTMP Infeksionist shifokori: VIRUSLI GEPATIT YOXUD XALQ TILIDA SARIQ KASALLIGI HAQIDA👇👇👇
Virusli gepatit – oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki „pivo“ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, B, S, D, E, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. Ular yuqishiga qarab ogʻiz orqali (A, E) va parenteral yoʻl bilan yuqadigan (B, S, D, G) xillarga ajratiladi. A va E virusli gepatitlarda viruslar bemorning axlati orqali tashqariga chiqadi. Bemor kishilarning axlati, hamda ular bilan ularning maishiy buymlari bilan muloqotda bo’lganda , bemor foydalangan va virus bilan zararlangan buyumlarni ishlatganda , virus tushgan oziq ovqatlarni iste’mol qilganda kasallik sog’l;om odamga yuqadi. Shuning uchun axlat, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, bemor foydalangan buyum va narsalardan ifloslanish juda xavfli hisoblanadi. Parenteral yoʻl bilan yuqadigan virusli gepatitlar shprits, igna va boshqalar tibbiy asboblarni yetarli zararsizlantirmaslik oqibatida, shuningdek qon va qon preparatlari quyish hamda turli tibbiy muolajalar (ginekologik, stomatologik va b.) vaqtida yuqishi mumkin. Shuningdek parenteral yo’l bilan yuquvchi virusli gepatitlar bemor kishilar ishlatgan shaxsiy gigienik vositalar (ustara, tish chotkalari, sochiqlar)i orqali ham yuqish ehtomoli katta. Chunki bunday vositalari ishlatganda, behosdan tirnash, milklar qonasi oqibatida qon zarralari tushib, viruslar yuqishi mumkin. Virusli gepatitlarni keltirib chiqaruvchi viruslar tashqi ta’sirlarga juda chidamli bo’ladi. quruq muhitda ham virus ko’p vaqtgacha yashovchanlik xususiyati yo’qotmasligi mumkin. Kasallikning kechishi davriy kechishi bilan harakterlanadi, uning yashirin, boshlangʻich, avj olgan, orqaga qaytish va sogʻayish davrlari ajratiladi. Kasallikning yashirin davri uning turiga qarab har xil: A va E virusli gepatitlarda 7 kundan 60 kungacha, parenteral yoʻl bilan yuqadigan xillarida 2 haftadan 6 oygacha, baʼzan 1 yilgacha davom etishi mumkin. demak enteral yo’l bilan yuquvchi virusli gepatitlar virus bilan zararlangandan keyiun kamida 2 oyda klinika berib, kasallik yuzagfa chiqadi. Kasallikning „sariqlik davri“ ham oʻziga xos tarzda kechadi. Koʻz oqi sargʻayishi bilan Virusli gepatit ning avj olgan davri boshlanadi; A shaklida bemor sargʻayishi bilan uning ahvoli ancha yengillashib tuzalinqiraydi. ana shu kasalliklardan farqlay bilish lozim.
Virusli gepatitlarning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga bekamu-koʻst amal qilish, kasallikni oʻz vaqtida aniqlab, bemorni kasalxonaga yotqizish va u bilan yaqin boʻlganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda u tutgan idish-tovoq va buyumlarni dezinfeksiya qilish muhim. Kasalxonadan chiqqan bemorlar maʼlum muddat dispanser nazoratida boʻlishlari lozim. Kasallikning oldini olish maqsadida A va B gepatitlarga qarshi vaksinatsiya qilinadi (emlanadi). U yangi tugʻilgan chaqaloqlarga, 2-marta esa 1 oyligida teri ostiga yuboriladi. Revaksinatsiya bola 6 oyligida oʻtkaziladi. Emlash natijasida 95% bolalarda kasallikka qarshi immunitet paydo boʻladi; epidemiologik jarayonlarga qarab kattalarga ham vaksina yuboriladi, u birinchi bor qilingandan keyin oradan 1 oy va 6 oy oʻtgach qayta emlanadi. Emlash natijasida immunitet paydo boʻlib, u 15— 20-yilgacha saqlanadi va kasallik tarqalishining oldini oladi, virus tashuvchilik himoyalanadi. Profilaktika maqsadida bolalarga gammaglobulin (normal immunoglobulin) dan ukol qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi huddudida parenteral yo’l bilan yuquvchi gepatitlar ayniqsa virusli gepatit C kasalligining eliminatsiysaiga ya’ni kasallikni butkul yo’qotish va kamaytirish uchun turli chora tadbirlar tadqiq qilindi. Shulardan eng asosiysi aholini to’liq skriningdan o’tkazib, virusli gepatit C aniqlangan bemorlarni virusga qarshi dorilar bilan davlat hisobidan ta’minlash bo’lib hisoblanadi. Bu chora tyadbirlarning bartchasi aholi salomatliogi va sog’lom kelajak uchun qaratilgann. Shu sabali har birimiz o’z sog’lig’imizga e’tibor qaratib tibbiy ko’riklartdan o’z vaqtida o’tib turishimiz zarur.

G.S.ASHIROVA,
Beruniy TTB KTMP Infeksionist shifokori. https://t.iss.one/redaksiyamiz
Таъзия

— Дадаси, қўшни қишлоқдаги Маматурсун ўтиб қолибди. Тазияга бақириб юришибди.
— Қайси Маматурсун?
— Ўғри Маматурсун бор-ку. Ўн йиллар олдин қўйимизни ўғирлаб кетуди. Ўзиям роса…
— Ўчир овозингни. Бор дўппимни олиб чиқ…

Жамшид Чўмич
https://t.iss.one/redaksiyamiz
👍1