Raqamli pedagogik xizmatlar
67.5K subscribers
1.28K photos
587 videos
116 files
2.29K links
Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.

Faqat reklama uchun: +998991131508
Download Telegram
#bilasizmi

17-IYUN — JAHON CHO‘LLANISH VA QURG‘OQCHILIKKA
QARSHI KURASH KUNI

Ma’lumki, 1994-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikga qarshi kurash kuni” joriy etilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Osiyo mintaqasida birinchilardan bo‘lib, Konvensiyaga a’zo bo‘lgan davlatlardan biri hisoblanadi. Ushbu Konvensiya 1995-yil 31-avgustda Parlament tomonidan ratifikatsiya qilingan hamda 1996-yildan kuchga kirgan. Bugungi kunda mazkur Konvensiyaga 195 ta davlat a’zo hisoblanishadi.

Jumladan, so‘nggi yillarda respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida geografiya fanini chuqur o‘qitilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida hozirda jami 506 618 nafar o‘qituvchilar o‘z mehnat faoliyatini olib borishmoqda. Shundan 15 ming nafarga yaqini geografiya fani o‘qituvchilari hisoblanishadi.

Ushbu ma'lumotimiz geografiya fani ustozlari uchun foydali bo'ladi degan umiddamiz.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Summativ baholash - ma'lum davrda yoki ma'lum bob yuzasidan berilgan bilimlarning darajasini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Ya'ni, bunda o‘qituvchi muayyan miqdorda mavzularni qamrab olgan bobni o‘quvchiga yetkazib bergach, o‘quvchilarning ushbu bob yuzasidan olgan bilimlari aniqlanadi. Eski baholash tizimida bu Nazorat ishi ko‘rinishida mavjud bo‘lgan.

Formativ baholash - o‘quvchi dars jarayonida baholanib borilaveradi. Mazkur baholash tizimining asl mohiyati, u o‘quvchi bilimini emas, o‘qituvchi o‘zining darsini baholashi va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi maqsadida joriy qilingan. Afsuski, bizda buning aksini ko‘rishimiz mumkin. Bizda bu tizimda o‘quvchining bilimi baholanganligini ko‘rishimiz mumkin. Xalqaro tajribalarga nazar soladigan bo‘lsak, formativ baholash rasmiy maqomga ega emas. Unda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga turli maqtov so‘zlari orqali ruhlantirish beriladi, biroq shu bilan bir qatorda o‘qituvchi o‘quvchining ishtiroki orqali darsni qay darajada yetkazib bera olganini analiz qiladi. O‘tgan darsda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar e'tiborga olinadi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

2023/2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🎞️ Maktab bitiruvchilarining shahodatnomani yuklab olishlari bo‘yicha videoyo'riqnoma

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🇫🇮 Finladiyadagi maktab ta'limi haqida ayrim qiziqarli faktlar:

Finlandiyada har bir darsdan so'ng 15 daqiqalik tanaffus qilinadi. Bundan asosiy maqsad:

1️⃣ O'qituvchi dars davomida sarflagan energiyasini qayta tiklashi uchun;
2️⃣ O'quvchilarning diqqati biroz chalg'ib, yana darsga yaxshi kayfiyatda qaytishlari uchun.

Asosiy maqsad esa dars jarayonini maroqli jarayonga aylantirishdir. Finlarning takidlashicha, qachonki maktab bola uchun maroqli maskanga aylanmas ekan, ta'lim sifati ham shunga yarasha bo'ladi.

Shuningdek, fin maktabida direktorlik lavozimini egallashi uchun nomzod avvalo pedagogik jamoaga bu lavozimga loyiqligini isbotlashi kerak bo'ladi.

P.S: Bizda esa ayrim ustozlarimiz tanaffusni faqat o'qituvchi uchun — bir sinfdan boshqasiga o'tish uchun deb hisoblaydiganlari ham uchrab qoladi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Savodxonlik o'zi nima?

Savodxonlik bu
— o'qish va yozish qobiliyatiga ega bo'lish.

O'zbekistondagi savodxonlik darajasi necha foizni tashkil etadi?

2023-yil World Population Review tomonidan e'lon qilingan ma'lumotga ko'ra 7 ta davlatda, jumladan O'zbekistonda savodxonlik darajasi 100% tashkil etgan.

Markaziy Osiyo davlatlarida:

Qozog'istonda - 99.79
Tojikiston - 99.78
Turkmaniston - 99.69
Qirg'iziston - 99.5%
Afg'oniston - 38.17

Savodxonlikning eng past ko'rsatkichlari:

Janubiy Sudan - 31.98%
Gvineya - 30.47%
Niger - 19.1%

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Sport maktablarining direktorlari, direktorlarning o‘quv, sport, ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, instruktor-metodistlari, trenerlari va tibbiyot xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga o‘quvchi-sportchilar erishgan yuqori sport natijalaridan kelib chiqib har oyda to‘lab beriladigan ustamalar miqdori

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

2023-yil 1-maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

💵 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 980 000 so‘m;

💵 bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 330 000 so‘m etib belgilangan.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

“Kontrakt”dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🔍 PISA-2000 natijalari e'lon qilingach turli rivojlangan davlatlarda PISA-shok muhokamalari boshlanib ketadi. Masalan, o'z ta'lim tizimi bilan maqtangan Germaniyadagi maktablarning ko'rsatgan natijalari o'rtasidagi farq 50% gacha yetgan.

Aksincha, Finladiyada esa bu ko'rsatkich atigi 5% tashkil etgan xolos. Ya'ni Finladiyadagi istalgan hududdagi maktab o'quvchilari ko'rsatgan natijalaridagi farq 5% dan oshmas edi.

Bizdachi, poytaxtdagi, shahar va qishloqlardagi maktablarda o'qiydigan o'quvchilarimizning natijalari o'rtasida farq qanchani tashkil etishi mumkin?

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM