QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi
8.41K subscribers
26.8K photos
2.42K videos
4 files
5.77K links
Download Telegram
🔵 PREZIDENT TOPSHIRIG'I: "Tashabbusli budjet" jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

🇺🇿Bunda, qo‘shimcha 1 182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

◀️Shuningdek, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024-yil uchun budjet so‘rovida ularni ta’mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro'yxatga kiritish ko'zda tutiladi.

☑️Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bog‘cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri_uchun

Академик Ё.Тўрақулов номидаги республика ихтисослаштирилган эндокринология илмий-амалий тиббиёт маркази Қашқадарё филиали ҳақиқий маънода Янги Ўзбекистон тиббиёти ютуқларининг воҳадаги кўзгуси десак, муболаға бўлмайди.

Президентимиз ташаббуси билан 2018 йилнинг ниҳоясида замонавий бинода иш бошлаган бу муассасада одамларни рози қилиб хизмат кўрсатиш борасида бир қатор хайрли ишлар амалга оширилмоқда.
 
Хусусан, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 26 январдаги “2022-2024 йилларда эндокринология хизматини такомиллаштириш ва кўламини кенгайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори доирасида ҳам кенг кўламда иш олиб бориляпти.

Вилоят телевидениесида эфирга узатилган лавҳада марказ фаолияти ҳақида сўз юритилган.
      
Қашқадарё вилояти соғлиқни сақлаш бошқармаси ахборот хизмати.

▶️ @qashqadaryo_ssb
#Inson_qadri_uchun
"Tashabbusli byudjet" - xalq ovozi!


G‘uzor tumanida "Inson qadri uchun" tamoyili asosida aholiga qulayliklar yaratish va ularning uzog‘ini yaqin qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Tumanning "Mevazor" mahallasi aholisi "Tashabbusli byudjet" loyihasining 2024 yil 1- mavsumida faol ishtirok etib, ichki ko‘chalarni asfaltlash bo‘yicha takliflarini bildirishdi va 10657 ta ovoz olgan holda loyiha 1-g‘olibi deb topildi.

Ayni kunlarda mahallaning 3 kilometr masofadagi ichki ko‘chasiga jamoatchilik ishtirokida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Aholi vakillari olib borilayotgan ishlar va o‘zgarishlardan shukrona keltirishib, Prezidentimizga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#inson_qadri_uchun

G‘uzorlik nogironligi bor fuqaro: Men hech qachon o‘zimni nogironman deb his qilmayman.


“Jarariq” mahallasida yashovchi fuqaro Saodat Fozilova bolalikdan 2-guruh nogironi sifatida yurishda imkoniyati cheklanib qolgandi.

Imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay Saodat opa qo‘lidagi hunari bilan yaxshigina daromad qilmoqda.

Saodat Fozilova Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan "Inson qadri uchun" tamoyilidan mamnun bo‘lib, yurtboshimizga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X