QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi
8.41K subscribers
26.7K photos
2.42K videos
4 files
5.77K links
Download Telegram
Hokim sovrini uchun o'tkazilgan musobaqada Qozog'iston va Tojikistonlik yoshlar ham ishtirok etdi

Sport - bu mamlakat shon-shuhratini dunyoga tez tanita oladigan, o'sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama yetuk va barkamol, vatanparvar inson bo'lib tarbiyalanishiga xizmat qiluvchi muhim bir omildir. Prezidentimizning esa sohani rivojlantirishga bo'lgan e'tiborlari alohida bo'lib, sportchilarimizni qo'llab-quvvatlashga bo'lgan harakatlari barcha rahbarlarga namuna bo'lmoqda.

Yuqorida ta'kidlangan jihatlarni e'tiborga olgan holda joriy yilning 7-9-aprel kunlari Qarshi shahrida sportning dzyudo turi bo'yicha 2008-2009-yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida "Qashqadaryo viloyat hokimi ochiq sovrini" musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda mezbonlardan tashqari respublikamizning barcha hududlaridan hamda qoʻshni Tojikiston, Qozogʻiston respublikalaridan 500 dan ortiq umidli sportchilarning ishtirok etayotganligi ushbu musobaqa bahslari qizgʻin raqobat ruhida o'tganidan dalolatdir.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov ham musobaqaning final bosqichiga tashrif buyurib, sportchilarga dalda bo'ldi. G'olib va sovrindorlar tantanali ravishda viloyat hokimining diplom, medal va qimmatbaho estalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, ularning murabbiylari ham e'tirof etilib, viloyat rahbari jahon arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan qashqadaryolik sportchilar bilan yaqindan muloqot qildi.

📸 M.Komilov.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
Kitoblar taqdimoti o'tkazildi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, ijod maktabi va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi bilan hamkorlikda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira, ijod maktabining "Ijodiy to'garak" rahbari Nilufar Umarovaning "Havorang nasimlar" va yozuvchi Azizbek Norovning "Azal va abad yo'li" kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar ikkala kitob va ijodkorlarning ijodiy faoliyati haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.

Ijod maktabining ijodkor-o'quvchilari Nilufar Umarovaning she'rlaridan badiiy kompozitsiya namoyish etishdi, Azizbek Norovning hikoyalari haqida o'z qarashlari bildirishdi.

Tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi Ziyoda Aminova so'z yuritib, ikki ijodkorga viloyat hokimligining esdalik sovg'asi va kitoblar to'plamini taqdim etdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
Joriy yil "Tashabbusli byudjet"ning birinchi mavsumida viloyatimizda nechta taklif g‘olib bo‘ldi?

Prezidentimizning 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli qaroriga ko‘ra, joriy yilning 6-fevralidan boshlab "Open budget" portali orqali "Tashabbusli byudjet" jarayoni 1-mavsumiga start berilgan edi. Har doimgidek, mavsumdan-mavsumga aholining bu jarayonlarda faolligi ortib, mahallalarning qamrov darajasi ham ortib bormoqda. Sababi, davlat rahbari ham byudjet mablag‘larini fuqarolarimizning o‘z takliflari asosida maqsadli yo‘naltirilishini qo‘llab-quvvatlaganidadir.

Joriy yilning birinchi mavsumida qashqadaryoliklarning o‘rni beqiyos bo‘ldi. Buni birgina Yakkabog‘ tumanida ko‘rish mumkin. Tumandagi "Darxon" MFY, “Butasoy” qishlog‘ining ichki yo‘llarini taʼmirlash bo‘yicha ilgari surilgan taklifi 25 728 ta ovoz to‘plab, respublika bo‘yicha birinchi natijani qayd etdi.

Shuningdek, mavsum boshida portal orqali 6 166 ta takliflar bildirilgan bo‘lsa, shundan 4 178 tasi ovoz berishga maʼqullanib, 7 aprel holatiga ko‘ra 133 ta tashabbuslar g‘olib deb topildi. O‘z navbatida esa mazkur g‘olib bo‘lgan takliflarni moliyalashtirish uchun 143 mlrd. 894 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Shu yerda yana bir statistikani maʼlum qilamiz. Takliflarga berilgan ovozlar sonining eng yuqoriligi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati respublikada 2-o‘rinni egallab, 2 067 742 ta ovoz berildi. Bu esa 2022-yilning 2-mavsumidagiga nisbatan sal kam 2,4 barobar ko‘p deganidir, yaʼni oradagi farq 1 196 633 tani tashkil etmoqda.

Yana shuni alohida aytish lozimki, ovoz berish jarayonida aholi qamrovi (o‘z hududi aholisiga nisbatan) Yakkabog‘da 110, Chiroqchida 86, Kasbida 78, Koson tumanida esa 74 foizni va Ko‘kdala tumanida 72 foizni tashkil etib, viloyatda yetakchilar qatoridan joy oldi.

Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi maʼlumotlariga asosan

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
🔵 PREZIDENT TOPSHIRIG'I: "Tashabbusli budjet" jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

🇺🇿Bunda, qo‘shimcha 1 182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

◀️Shuningdek, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024-yil uchun budjet so‘rovida ularni ta’mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro'yxatga kiritish ko'zda tutiladi.

☑️Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bog‘cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида "Ташаббусли бюджет" дастурининг биринчи мавсуми якунлари кўриб чиқилди.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве рассмотрены итоги первого сезона программы "Инициативный бюджет".

#Mirziyoyev #yigilish #Tashabbuslibudjet #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasiga oʼrnatilgan quyosh panellari dastlabki kundanoq elektr energiyasiga boʼlgan ehtiyojni qoplamoqda.

⚡️Bugungi kunda boshqarma maʼmuriy binosiga quvvati 30 kVt boʼlgan, jami 55 dona quyosh panellari oʼrnatildi.
⚡️Bu loyiha yiliga qariyb 90 ming kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda binoni yil davomida elektr energiyasi bilan taʼminlashga hissa qo’shadi.
⚡️Shuningdek, oʼrnatilgan suv isitgichlaridan ham samarali foydalanilmoqda.
⚡️Аyni kunda boshqarmaga qarashli “Qarshi-Kerki” chegara bojxona postida ham quyosh panellari oʼrnatilmoqda.
⚡️"Yashil loyiha"larni amalga oshirishda soha mutaxassislari bilan hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.

✍️Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati.