QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.26K subscribers
30.6K photos
2.93K videos
19 files
9.41K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

⚡️“Ochiq budjet” axborot portalida “Mening maktabim” loyihasi o‘tkaziladi

“O‘zbekiston–2030” strategiyasining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq joriy yilda tanlab olingan 14 ta tumandagi 612 ta maktabda sinov tariqasidaMening maktabim loyihasi o‘tkaziladi.

Bunda,
1️⃣18–27-dekabr kunlari – loyihalarni shakllantirish (10 kun);
2️⃣2025-yil 2–11-yanvar kunlari – loyihalarni saralash (10 kun);
3️⃣13–17-yanvar kunlari – ovoz berish (5 kun) bosqichlari bo‘lib o‘tadi.

‼️Eslatma: ushbu loyihada maktablarning 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

➡️Mening maktabim” loyihasi doirasida o‘quvchilar tomonidan o‘zlari ta’lim olayotgan maktabni jihozlash va qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyihalar shakllantiriladi hamda o‘quvchilar tanlagan (ovoz bergan) loyihalar moliyalashtiriladi.

🪙 Joriy yilda g‘olib loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir maktabga 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

Mening maktabimmening orzularim uyi!
Tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!


#mening_maktabim #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM