QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.26K subscribers
30.5K photos
2.92K videos
19 files
9.4K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Ustozga_ehtirom

🔰 Quyi Chirchiq tumani 41-maktab oʻquvchilari oʻz ustozlariga ehtiromni noodatiy tarzda izhor qilishdi.


Agarki, dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblar ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir. Chindan ham o‘qituvchi sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki, ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, o‘z o‘quvchilariga haqiqatdan ham hayot maktabini beradigan mo‘tabar zotdir.

♻️ Oʻquvchilarning turli shoʻxliklariyu, shumtakaliklarini koʻraverib yuragini oldirib qoʻygan ustozlarni hadiksirashini, xatni oʻqigandan soʻng koʻzlari porlab ketganini qarang.
Yigʻlab yuborishdan oʻzlarini arang tiyib turishibdi.
Muallim uchun bundan ortiq baxt bormi,
aslida?

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#XUSHXABAR
#USTOZGA_EHTIROM

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga binoan viloyatimizning Quyi Chirchiq tumanidagi 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi Abdurahmonova Ozoda Dehqonboyevna "O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi" faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Mukofot muborak bo‘lsin, USTOZ!💐

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XUSHXABAR
#USTOZGA_EHTIROM

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga binoan viloyatimizning Quyi Chirchiq tumanidagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Mustafaqulova Shohista Yo‘lchiboyevna "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi A’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook