QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.25K subscribers
30.3K photos
2.92K videos
18 files
9.35K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Quyi Chirchiq_tumani
#Topshiriq_ijrosi

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil 29-fevral 1-mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 16-son bayonining 86-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Men ham harbiy bo‘laman” kitob taqdimoti o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Quyi Chirchiq tuman bo‘linmasi, tuman Mudofaa bo‘limi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi Ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan taqdimotda "Vatan tayanchi" dasturi o‘quvchilari hamda mas’ul targ‘ibotchi guruh ishtirok etishdi. Taqdimot davomida o‘quvchilarning fikrlari bilan ham o‘rtoqlashildi. Kitob yuzasidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi.

RMMM Quyi Chirchiq tumani bo‘linmasi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Topshiriq_ijrosi

⚡️Quyi Chirchiq tumani MMTB tasarrufidagi 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-yanvardagi 14-sonli yig‘ilish bayoni, 1-ilovasining 91-bandiga asosan maktablarda 2024-2025-o‘quv yilini yakunlash hamda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazishga oid chora-tadbirlarini ota-onalarga tushuntirish maqsadida Quyi Chirchiq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari V.M.Axmedov suhbat olib bordi.

📍Suhbat davomida ota-onalarning barcha savollariga javob berildi va bitiruvchilarga kelajakda oliy ta’lim uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlaridan omad tilab qoldi.

📍Shuningdek yig‘ilishda Paxtazor MFY raisi D.X.Xaydarov bitiruvchilarni xar xil ko‘ngil ochar joylarga bormasliklarini oldini olishlari lozimligini tushuntirdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: 👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Topshiriq_ijrosi

⚡️2025-yil 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti boshchiligida tibbiyot sohasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Quyi Chirchiq tuman hokimi A.Xolmuradov boshchiligida tuman Tibbiyot birlashmasida taqdimot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📍Yig‘ilishda “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi doirasida tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan taqdimot o‘tkazilib, tumandagi markaziy Poliklinika tuman shifoxonasining maslahat diagnostika bo‘limiga aylantirilish, barcha tor soha mutaxassislari shu yerda ishlashlari aytib o‘tildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook