QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.26K subscribers
30.7K photos
2.94K videos
20 files
9.43K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Hokimlik_soati

Zoyir Mirzayev aholi murojaatlari bilan ishlashda loqaydlik qilayotgan rahbarlarni qattiq ogohlantirdi

Keskin tanqidiy ruhda oʻtgan hokimlik soatida Zoyir Mirzayev aholi murojaatlariga bepisand munosabatda boʻlayotgan, masʼuliyatsiz yondaashayotgan mutasaddilarni qatʼiy ogohlantirdi. Xususan, Oqqoʻrgʻon, Toshkent, Chinoz tumanida oʻtgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan koʻtarilgan muammo va masalalarni ijobiy hal qilish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosining kechikayotganiga eʼtibor qaratildi.

Hudud rahbarlari, tegishli boshqarma va tashkilot mutasaddilari, viloyat hokimligi kotibiyati mudirlari ogohlantirildi. Viloyat hokimining ikkita kotibiyati mudiri, Xalq taʼlimi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasining mutasaddilari ogohlantirildi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokimlik_soati
#Oʻz_oʻzini_tanqid

ZOYIR MIRZAEV: "ODAMLARDA TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI UY SOTIB OLISHGA ISHONCH YOʻQOLGAN..."

Bugun Nurafshon shahrida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida kun tartibidagi muhim masalalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi hokimlik soati oʻtkazildi.

Videoselektor shaklida oʻtkazilgan majlisda viloyat sektor rahbarlari, boshqarma, korxona-tashkilotlarning rahbarlari, shahar va tumanlarning hokimlari, faollar ishtirok etdi.

Yigʻilishda dastlab viloyatda ijro va mehnat intizomi boʻyicha joriy vaziyat tanqidiy tahlil qilindi. Viloyat hokimligining ijro intizomi boʻlimi boshligʻi Shuhrat Xoshimov yuqori turuvchi idoralardan kelgan topshiriqlarning bajarilish holati boʻyicha axborot berdi. Xususan, viloyat hokimligining Kapital qurilish va kommunikatsiyalar boʻyicha kotibiyatida 149 ta topshiriq ijrosi ta’minlanmagani, maxsus elektron tizimga topshiriqlar ijrosining holati boʻyicha axborot kiritilmay kelinayotgani keskin tanqid qilindi.

Majlisda, shuningdek, ijtimoiy soha ob’yektlariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish holati koʻrib chiqildi. Zoyir Mirzayev bu masalaning tashkiliy, moliyaviy jihatlariga toʻxtaldi. Jumladan, mahsulotni maktab va tibbiyot muassasalari omborlariga keltirish, qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish muhim masala ekani qayd etildi, bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgan rahbarlar ogohlantirildi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatida "Yangi Oʻzbekiston" turar-joy massivlarining qurilish jarayoniga toʻxtaldi. Chirchiq, Olmaliq va Nurafshon shaharlarida qurilayotgan mazkur massivlarda ishlar reja-grafikdan ortda qolayotgani, nainki qurilish, qolaversa, uylarni sotish jarayoni ham shaffof emasligi qayd qilindi. Oʻz navbatida odamlarda uyni vositachisiz, toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olishga ishonch yoʻqolayotgani, bunday ishlarga qarshi huquq-tartibot idoralari nazoratni kuchaytirishi zarurligiga urgʻu qaratildi.

Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishlicha qaror qabul qilindi.

🌐 Batafsil videoda

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokimlik_soati

Viloyat makroiqtisodiy koʻrsatkichlari tahlil qilindi

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Hokimlik_soati

⚡️Tuman hokimi A.Xolmuradov dolzarb masalalar yuzasidan navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi. Yig‘ilishda sektor rahbarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

⚡️Xususan, mahalliy byudjetning 2024 yildagi ijrosi va 2025 yilning I-choragi uchun belgilangan daromadlar rejasi undirilishi chora - tadbirlari, geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalasi va boshqa masalalar muhokama qilindi.

📍Mas’ullarga bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan aniq va tizimli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Hokimlik_soati

⚡️Quyi Chirchiq tuman hokimi A.Xolmuradov raisligida tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tuman hokimligi apparati xodimlari, korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla raislari ishtirokida "Hokimlik soati" yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tanqidiy-tahliliy o‘tkazilgan yig‘ilishda:

📌Toshkent viloyati hokimi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazish, fuqarolarning tomorqadan unumli foydalanishini nazorat qilish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, aholini toza ichimlik suvi, gaz va elektr ta’minotlaridan qarzdorliklarini undirish, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini olib borish, "Yashil makon" loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish kabi masalalar muhokama qilindi.

⚡️Shuningdek, kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan soha rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Hokimlik_soati

⚡️Tuman hokimi A.Xolmuradov rahbarligida navbatdagi muhim masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman Soliq inspeksiyasi, tuman Xalq qabulxonasi mudiri, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

📍Yig‘ilishda qator masalalar ijrosi muhokama qilindi hamda mas’ullarga yangi vazifalar belgilab berildi.

📍Xususan, ijro intizomi, elektron platformada kelib tushgan xat hujjatlar bilan ishlash va ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar va mas’ullar tomonidan hududlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan sayyor qabullarni o‘tkazilishi kabi masalalar muhokama qilindi.

📍Mas’ullarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman hokimi A.Xolmuradov tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan aniq tizimli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Hokimlik_soati

⚡️Quyi Chirchiq tuman hokimi A.Xolmuradov raisligida tuman hokimligi apparat xodimlari, korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida "Hokimlik soati" yig‘ilishi o‘tkazildi.

📍 Tanqidiy-tahliliy o‘tkazilgan yig‘ilishda:

📍Toshkent viloyati hokimi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi PQ-1-son qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar;

📍aholi va tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida bartaraf etish;

📍"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar kabi masalalar muhokama qilindi.

📍Shuningdek, kun tartibida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan soha rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook