QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.26K subscribers
30.5K photos
2.92K videos
19 files
9.4K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#G'alla_2023
#Bug'doyga_o'roq_tushdi

Ayni paytda tuman dalalarida boshoqli don ekinlari pishib yetilgan. Bobodehqonlarimizning mashaqqatli mehnatlari bilan yetishtirilgan mo'l hosilni yig'ib olish avj pallada.

Ma'lumot uchun: Bu yil tumanimizda12895 gektar yer maydoniga oltin boshoq ekilgan.

🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#STEM_olimpiasi
#G'oliblar_saralandi

📖Bolaning iste’dodsizi bo’lmaydi, iste’dodi kashf etilmagani bo’ladi.

🏢Quyi Chirchiq tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi - ana shunday iste’dodni kashf etgan maskandir!

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida 2024-yilning 23-24-fevral kunlari STEM fanlari bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

💻Informatika fani bo’yicha
🥇-o‘rin sovrindori:
5-sinf o'quvchisi Erkinjonov Islombek Ibroxim o‘g‘li

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 FacebookM
#g‘alaba

🥇Quyi Chirchiq farzandi Umidjon Ermatov sportning armrestling turi bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi.


Tabriklaymiz, oltin medal muborak!🤝

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Quyi_Chirchiq_tumani
#G'alla_2025

⚡️Quyi Chirchiq tumanida 2025 yil g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlanishi munosabati bilan o‘rim kombaynlar texnik sozligi ko‘zdan kechirildi.

📍Seminar shaklida tashkil qilingan tadbirda tuman hokimi A.Xolmuradov, viloyat IIBB dan vakil Ch.Ko‘charov, Global Textile kompaniyasi, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, otryad rahbarlari, mexanizatorlar va boshqa biriktirilganlar ishtirok etdi.

📍Tadbirda texnikalarning ishchi holati, haydovchilarning tayyorgarligi, xavfsizlik talablariga amal qilishi va yoqilg‘i ta’minotiga alohida e’tibor qaratildi.

📍O‘tgan yilgi kamchiliklardan xulosa chiqargan holda bu yil barcha texnika va mexanizmlarni yig‘im-terim mavsumiga to‘liq shay holatga keltirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish.👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Quyi_Chirchiq_tumani
#G'alla_2025

⚡️G‘alla yig‘im-terim ishlarini tashkil etish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

📍Bugun "Ulug‘bek" don qabul qilish shoxobchasida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari X.Qoraboyev boshchiligidagi viloyat ishchi guruhi, tuman hokimi A.Xolmuradov, sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, "Global Textile" klasteri rahbariyati, barcha g‘alla o‘rimi otryadi rahbarlari hamda kombayn operatorlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

📍Mas’ullar tomonidan oldinda turgan mas’uliyatli mavsumni birgalikda uyushqoqlik bilan tashkil etish, bunda har bir dala maydonida hosilni nest-nobud qilmasdan yig‘ib olish lozimligi ta’kidlandi.

📍Shuningdek, har bir otryadlarda barcha texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish, mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazib, belgilangan rejani qisqa muddatlarda bajarish choralarini ko‘rishga kelishib olindi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Quyi_Chirchiq_tuman
#G'alla_2025

⚡️Bugun Quyi Chirchiq tumanida 2025-yil g‘alla hosilini yig‘ib olishga start berildi.

📍Seminar shaklida tashkil qilingan tadbirda tuman hokimi A.Xolmuradov, viloyat IIBB dan vakil Ch.Ko‘charov, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, otryad rahbarlari, mexanizatorlar va boshqa biriktirilganlar ishtirok etdi.

📍Ma’lumot uchun: 2025 yil hosili uchun "Global Textile” klasteri tomonidan jami 13 700 gektar maydonga g‘alla ekilgan. Ushbu maydondan jami 39 964 tonna shundan, 15 503 tonnasi davlat resurslari uchun va 24 461 tonnasi vaqtincha saqlash uchun hosil olinishi rejalashtirilgan.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish.👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tuman
#G'alla_2025

⚡️"Global Textile" G‘alla urug‘idan hosilgacha!

📍"Global Textile" klasteri Quyi Chirchiq tumanida 2025 yilgi g‘alla hosilini nest-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda to‘liq o‘rib-yig‘ib olish ishlarini muvaffaqiyatli tashkil etdi.

📍Hosil kombaynlar yordamida sifatli va samarali tarzda yig‘ildi;

📍Urilgan g‘alla doni maxsus tashish texnikalarida qabul qilish maskanlariga tez va xavfsiz yetkazildi.

📍Bu jarayonlar klasterning yuqori darajada tashkillashgan agrotexnik faoliyati, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi va mehnatkash xodimlar jamoasining zahmatlari tufayli amalga oshdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook