QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.77K subscribers
27K photos
2.71K videos
18 files
8.58K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#FVV_maktab_hamkorligi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024 yil 22-yanvardagi xati ijrosi yuzasidan , Quyi Chirchiq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda, kuchli zilzilalar va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy va texnogen hususiyatli ofatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash tizimini rivojlantirish maqsadida Quyi Chirchiq tumani Favqulodda Vaziyatlar Bo‘limi bir guruh xodimlari ishtirokida mahsus o‘quv- taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda Quyi Chirchiq tumani FVB boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan S.I.Boybo‘tayev, FVB tezkor bo‘linma boshlig‘i, mayor U.Ya.Jo‘rayev,
maktab VRYOTBDO‘ Z.M.Israilovlar o‘quvchilarga zilzila va yong‘in holatlari kuzatilganda qanday harakatlanish lozimligi haqida tushunchalar berishdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook