QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.26K subscribers
30.6K photos
2.93K videos
19 files
9.41K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Bilasizmi #ЗнаетеЛиВы

♻️ Oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish — har birimizning qo‘limizdan keladi!

1️⃣Oziq-ovqat chiqindilari — asosiy muammo
Poligonlardagi chiqindilarning katta qismini oziq-ovqat chiqindilari tashkil qiladi. Ular havoga zararli gazlar tarqatadi.
Aholidan chiqayotgan barcha chiqindilarning 44 foizi — oziq-ovqat chiqindilaridir.

2️⃣Miqdorini kamaytiring
Meva-sabzavot chiqindilarini uyda kompostlash orqali poligonlarga tushadigan chiqindilar miqdorini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.
Kompostlash — bu oddiy va foydali yechim!

3️⃣Harakat natijasiz qolmaydi
Dunyo bo‘yicha har yili 1,3 milliard tonna oziq-ovqat chiqindisi hosil bo‘ladi.
Uning uchdan bir qismi isrof qilinadi!

4️⃣Har bir xonadon o‘z hissasini qo‘sha oladi!
Agar har bir xonadon yiliga 150 kg oziq-ovqat chiqindisini kompost qilsa, u poligonga tushmaydi.
7 000 ta xonadon kompost qilsa, bu 1 million tonna chiqindi yo‘nalishini o‘zgartiradi!

5️⃣O‘zbekistonda jon boshiga eng ko‘p oziq-ovqat isrof qilinadigan hudud Toshkent shahri hisoblanadi
Toshkentda bir kishi kuniga o‘rtacha 1,1 kg oziq-ovqat chiqindisi hosil qiladi.
Shaharda kuniga 1000 tonna oziq-ovqat chiqindi paydo bo'lmoqda.

Biogumus ishlab chiqarish va kompostlash — bu nafaqat chiqindilarni kamaytiradi, balki foydali mahsulot ham yaratadi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM