Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ITALIYA AGROBIZNESI O‘ZBEKISTON CHORVACHILIGIGA 90 MLN YEVRO INVESTITSIYA KIRITADI
🇺🇿 🤝 🇮🇹
Italiya chorvadorlar uyushmasi, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda, Mirzaobod va Quyi Chirchiq tumanlarida jami 90 mln yevroga teng ikkita loyihani joriy qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiya chorvadorlari uyushmasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Aytish kerakki, Italiya chorvadorlari uyushmasi o‘z sohasida Yevropadagi eng yirik tashkilot bo‘lib, 40 000 a’zoga ega. Tashkilotning 14 ta shaxsiy veterinariya va genetik laboratoriyalari mavjud. Uyushma O‘zbekiston bilan bir qancha loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik tajribasiga ega. Jumladan Toshkent viloyatida dunyodagi eng yirik quyonchilik fermalaridan birini tashkil etish loyihasini amalga oshirgan. Fermer xo‘jaligi negizida har yili 2 million boshgacha quyon boqish, shuningdek, chorva ozuqasi, tabiiy o‘g‘it va go‘sht mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan.
#xalqaro_hamkorlik #biznes_forum #qishloq_xojaligi #memorandum #chorvachilik #Ozbekiston #Italiya
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Chorvachilik
VILOYATDA CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH HAJMI ORTIB BORMOQDA
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 14 608,3 milliard so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,1 %ni tashkil qilmoqda.
Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 54,7%ga teng. Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 223,3 ming tonna goʻsht, 794,7 ming tonna sut, 943,5 million dona tuxum yetishtirildi va 10 080,8 tonna baliq ovlandi.
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter