QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.77K subscribers
26.9K photos
2.71K videos
18 files
8.56K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#ijro

    
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni ijrosi yuzasidan Quyi Chirchiq tumani hokim o‘rinbosari V.Axmedovga biriktirilgan “Paxtazor” mahallasi aholisining muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlar holati o‘rganildi.
“Paxtazor” mahallasi faollari o‘rtasida PQ-412 hamda PF-209-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori va Farmoyishi ijrosi yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
O‘rganishlar yuzasidan ushbu mahallada joylashgan 33-sonli umumta’lim maktabining dars o‘tish jarayonlari, ta’lim berishi sifati va o‘quvchilar davomati tekshirildi.
   Bundan tashqari maktab hamshirasi bilan davlat tomonidan taqdim etiladigan dori-darmonlar bo'yicha mavjud muammolar ham o'rganildi va hal etildi.

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Ijro

⚡️Bugun 24- yanvar kuni Quyi Chirchiq tumani hokimligi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yilda “ijro.gov.uz” tizimida yo‘l qo‘yilgan nazorat topshiriqlari ijrosi samaradorligi yakunlari, aniqlangan kamchilik va muammolar, shuningdek bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan tuman hokimligi tarkibiy bo‘linmalarining kelgusida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyati to‘g‘risidagi seminar yig‘ilish tashkil etildi.

📍Yig‘ilishda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i D.Gamletov hamda tuman hokimligi ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassis A.Tolibova tomonidan ijro intizomi nazorati yuzasidan bir qancha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇
📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram