QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.3K subscribers
29.4K photos
2.87K videos
18 files
9.11K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев жорий йилда уй-жойлар ҳамда “Янги Ўзбекистон” массивлари қурилиши бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам строительства жилья и массивов "Янги Узбекистон" в текущем году.

#Mirziyoyev #yigilish #uyjoy #ipoteka

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📃 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–26-sonli Farmoni qabul qilindi

✔️Ushbu Farmon bilan joriy yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlangan boʻlib, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 baravarga oshirildi hamda dastur doirasida 30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish belgilanmoqda.

✔️Bunda, ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlari doirasida arizalar qabul qilish 2025-yilning 3-mart kuni soat 09:00 da boshlanishini maʻlum qilamiz.

📣Hurmatli fuqaro!
Siz Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki
my.gov.uzYagona interaktiv davlat xizmatlari portalida quyidagi havola orqali mustaqil ravishda ariza topshirishingiz mumkin.
Havola:
https://my.gov.uz/oz/service/325

📌Eslatma: ariza beruvchi va/yoki uning yaqin qarindoshlaring (bunda, yaqin qarindoshlar arizada koʻrsatilgan hollarda) oʻrtacha daromad miqdori:

➡️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 soʻm) 8 baravarigacha (9 mln 240 ming soʻm);

➡️ Toshkent shahrida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 soʻm) 9,2 baravarigacha (10 mln 626 ming soʻmgacha) boʻlishi zarur.

➡️ Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim.

#ipoteka_subsidiya
#mortgage_subsidy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM