QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.25K subscribers
30.2K photos
2.92K videos
18 files
9.34K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Quyi_Chirchiq_tuman
#Bildirish

⚡️Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Quyi Chirchiq tumani 4-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi ijodkorlari tomonidan

📍20-iyun soat 19:00 da

📍“DOLZARB 90 KUN AMALDA” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

📍Konsertga tumandoshlarni va barcha san’atga ishtiyoqmand bo‘lgan qalblarni taklif etamiz!!!

Manzil: Hokimiyat yoshlar bog‘i.

🛑Konsertga kirish mutlaqo bepul!!!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tuman
#Dolzarb_90_kun

⚡️"DOLZARB 90 KUNLIK" TADBIR

📍 "Yilqichi" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida

📍45-STEM maktab hamda 2-son sport maktabi hamkorligida 1-iyundan 30-avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish borasida aniq ish rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, har bir yosh mazkur loyiha doirasidagi sport va targ‘ibot tadbirlariga qamrab olinishi belgilangan va tadbirlarimiz boshlandi.

📍Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida "Yoz o‘tmoqda soz" shiori ostida sportning "quvnoq startlar" musobaqasi o‘tkazildi.

📍Ushu musobaqada 55 nafar o‘g‘il va qiz bolalar ishtirok etdi.

🏆Musobaqada g‘olib va sovrindorlar Toshkent viloyati sport boshqarmasi tomonidan ajratilgan qimmat baho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tuman
#Jarayon

⚡️Quyi Chirchiq tuman hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining turmush darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

📍Quyi Chirchiq tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Quyi Chirchiq tumani 4-sektor rahbari M.S.Botirov hamda “Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan Quyi Chirchiq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i M.I.Axmedov tomonidan “Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘ini Ehtirom ko‘chasi 17-sonli uy-joyda istiqomat qiluvchi fuqaro S.Ismatbekovaning xonadoni ko‘zdan kechirildi.

📍Mas’ullar tomonidan fuqaroning xonadonini ta’mirlash hamda qo‘shimcha hammom binosini qurish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilgan holda ta’mirlash ishlarini 3 kun muddatda boshlash belgilandi.

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tuman
#Sport

⚡️Xalqaro olimpiya kuni munosabati bilan Toshkent viloyatining barcha hududlarida sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

📍Xususan, Quyi Chirchiq tumani 1-son sport maktabida ham ushbu Xalqaro olimpiya kuni keng nishonlandi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tuman
#vakansiya

VAKANT O‘RINLARI UCHUN QABUL E’LON QILINADI!

Toshkent viloyati “Toza Hudud” DUK Quyi Chirchiq tuman filialida yuk ortuvchi vakant lavozimlariga ishga qabul qilish boʻyicha eʼlon qilinadi.

Talablar: yashash manzili Quyi Chirchiq tuman hududida boʻlishi lozim.

Ishga kirish istagini bildirgan nomzodlar Toshkent viloyati “Toza Hudud” DUK Quyi Chirchiq tuman filialiga murojaat qilishlari mumkin.

📍Manzil: Quyi Chirchiq tumani Do‘stobod shahar, “Ibrat” MFY, Barkamol avlod ko‘chasi r/s uy (mo‘ljal: “81-sonli Do‘stobod ATK” MChJning orqa tomoni)

☎️ Murojaat uchun telefon raqam: +998 93 352-25-80

❗️ Eslatma! Ishtirok etish uchun arizalar dushanba-juma kuniga qadar soat 09:00 dan 16:00 ga qadar qabul qilinadi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tuman
#Investitsiya

⚡️Investitsiya dasturlari asosida  Quyi Chirchiq tumani Sergeli MFY "SOFT RENAISSANCE" MCHJ tomonidan loyiha qiymati 16,0 mlrd.so‘mlik yillik quvvati 100 ming.dona Sendvich panellar ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilib 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tuman
#O'rganish

"Yolg‘iz keksalar muammolari o‘rganildi"

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.03.2022-yildagi "Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash,ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi"167- sonli qarori hamda"Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab- quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi 11.03.2023-yildagi 92-son qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Quyi Chirchiq tumani 3-sektorida joylashgan Mirobod mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 10 nafar yolg‘iz keksalar "Nuroniy "jamg‘arma tuman bo‘linmasi raisi N.Salaxitdinova va faol nuroniylar ishtirokida xonadonlarga tashrif buyurib holidan xabar olinadi va sanitariya gigiyena holati,yashash darajasi, muomalalari o‘rganildi.

"Nuroniy" jamg‘arma Quyi Chirchiq tuman bo‘linmasi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz.

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tuman
#Tezkor_xabar!

⚡️“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Quyi Chirchiq tuman filiali Doʼstobod shaxri aholisiga maʼlumot beradi!

📍Doʼstobod shaxri, ichimlik suv tarmog'ini  joriy yil   27 июн kuni soat 9:00 dan 11:00 ga qadar ichimlik suv nasosi oʼchiriladi.

📍Ibrat MFY da nasos agregatini almashtirish maqsadida  Mashrab, Navqiron Shodlik, Ibrat  MFYdagi 1460 nafar aholi punktlari va 23 ta 2-3 guruh tashkilotlari vaqtincha ichimlik suv taʼminoti toʼxtatiladi.

📍Hurmatli fuqarolar Sizlardan ichimlik suv zaxiralarini yaratishingizni iltimos qilamiz.

📍Quyi Chirchiq tuman dispetcherlik xizmat raqami 77 128 4142
Dispetcher: Hayit 93 537 08 29

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tuman
#Profilaktika

📍O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PIQ-2833-sonli qarorda Haftaning har payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» etib belgilangan bo‘lib shu munosabat bilan. Bugun 26-iyun kuni Quyi Chirchiq tumani FVB boshlig‘i kapitan S.I.Boybo‘tayev, tumani IIB boshlig‘i boshligi o‘rinbosari podpolkovnik A.S.Eshmanov, tuman tibbiyot birlashmasi xodimi S.Turjonovlar. boshchiligida shaxsiy tarkib ishtirokida ma’rifat zalida Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

📍Mazkur tadbirda giyohvandlik va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarni oldini olish shaxsiy tarkibning mafkuraviy immunitetini oshirish hamda Odob-axloq qoidalari va shaxsiy tarkib o‘rtasida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, yo‘l harakat xavfsizligiga qat’iy amal qilishlari va axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishlari tushuntirib o‘tildi

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
#Quyi_Chirchiq_tuman
#Siyosiy_ma'rifat_soati

⚡️Joriy yilning 27.06.2025 yil kuni 08:00 da "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi. Ma’rifat soati tuman hokimligi zalida tuman hokimi, tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, hamda Mahalladagi 7 lik ham ishtirok etdi.

📍Siyosiy-ma’rifat soatida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqidagi voqealar tafsiloti hamda huquqiy savodxonlik va dunyo hamjamiyatida ro‘y berayotgan muhim siyosiy voqealar (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) batafsil yoritilib berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook