QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.82K subscribers
26.3K photos
2.69K videos
18 files
8.43K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Quyi Chirchiq tumani “Beshkent” MFY “Temir ko‘pirik” mahallasida simyog‘ochlar eskirgani, ko‘prikning yaroqsizligi, 40 yildan ortiq vaqt davomida yo‘llarning ta’mirlanmagani, mahalladagi transformatorlar eskirgani 04.10.2023 sanasida “Нұрлы жол” gazetasida tanqid qilingan edi.

Ushbu tanqidiy maqola yuzasidan “Toshkent xududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi Quyi Chirchiq tuman elektr ta’minoti korxonasi va Toshkent viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi tarkibidagi Quyi Chirchiq tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi Rasmiy munosabat bildiradi.

Quyi Chirchiq tuman “Beshkent” MFY“ da 2024-yilgi mukammal ta'mirlash rejasiga kiritilgan bo'lib, ushbu muamolar to'liq bartaraf etilishini bildiramiz.!

🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

Kanalga ulanish 👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#Rasmiy_munosabat

Quyi Chirchiq tumani "Surum" MFY hududida it hayvonidan aziyat chekgan (it tishlagan) bola haqida ijtomiy tarmoqda tarqalgan xabar yuzasidan tuman Obodonlashtirish bo'limi munosabat bildiradi.

"Surum" MFY hududida 21.09.2023 kuni "Bayram" ko'chasida yashovchi 6 yoshli bolani it tishlab olgan.
Bolaga zudlik bilan tez yordam ko'rsatilib, viloyat shifoxonasiga yetkazilgan.
Darhol uchastka noziri bilan hudud Veterinariya bo'limi hamkorligida itni tekshirib, quturmaganligi ma'lum qilingan.
Surum hududidagi itlar uy egasi ruxsati bilan ushlanib kerakli tashkilot orqali olib ketildi. Shu jumladan begona bo'lgan it hayvonlari ham nazorat uchun olib ketildi.

🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

Kanalga ulanish 👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#Rasmiy_munosabat
Joriy yilning 11.12.2023 sanasida “Mening yurtim” telekanalida e’lon qilingan “Obod mahalla” dasturi doirasidagi hudud to'liq foydalanishga topshirildimi?“ sarlavhali tanqidiy material yuzasidan Quyi Chirchiq tuman hokimligi Rasmiy munosabat bildiradi

Respublika tomonidan ajratilgan mablag’lar ya’niy 1 000 000 000 (bir milliard) so’m pul mablag’i va homiylik hisobidan ajratilgan pul mablag’lari to’g’ri taqsimlanib, mahalla infiratuzilmasini yaxshilashga sarflangan.
Jumladan toza ichimlik suvi uchun 400 000 000 ( to’rt yuz milion) so’m
Tayyor beton devorlar uchun 150 000 000 (bir yuz ellik milion) so’m
Mahalla uchun piyodalar yo’laklarni qurish uchun 200 000 000 (ikki yuz milion) so’m
Mahala binosini ta’mimrlash uchun 490 000 000 (to’rtyuz to’qson milion) so’m
Mahalla ko’cha chiroqlarini o’rnatish uchun 80 000 000 (sakson milion) so’mni tashkil etgan.
Yakuniga yetkazilmagan ishlar esa davom etirilib yil yakunigacha (ob-havoni inobatga olingan holda) bajarilishini ma’lum qilamiz.
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda
"Yulduz" MFY mahallasiga kirish qismidagi ta'bni xira qiladigan holat" talqinida tarqalgan xabar yuzasidan tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy munosabat bildiradi.

  Ushbu holat mas'ullar hamda tuman obodonlashtirish bo'limi tomonidan nazoratga olinib, holat bartaraf etildi. Hudud chiqindilardan xalos bo'ldi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Quyi Chirchiq tumani Qo’rg’oncha mahallasidagi holat tasvirlangan xabar Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Quyi Chirchiq tumani bo’limi davlat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o’rganildi.

O’rganish davomida noma’lum fuqarolar tomonidan hududga turli xildagi chiqindilar tashlab ketilgani ma’lum bo’ldi. Davlat inspektorlari nazoratida tuman Obodonlashtirish bo’limi ishchi xodimlari hamda maxsus texnikalarini jalb etgan holda hudud chiqindilardan tozalash ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga aholiga belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamasliklarini va uni yoqmasliklarini so’raymiz. Zero, bunday harakatlar uchun qonunda tegishli tartibda chora ko’rilishi haqida eslatib o’tamiz.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Rasmiy_munosabat

«Zangiota obodon» MCHJ Quyi Chirchiq tuman filiali ijtimoiy tarmoqlar orqali «Tahdidga uchramoqdamiz yordam bering» sarlavxasi ostida bildirilgan murojaatga javoban quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu murojaat shaxsan filial raxbari M.Musaxanov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganilganda xaqiqatda tumanning To‘qboy va Baliqchi mahallalari xududlarida o‘tgan yilning dekabr oyi va joriy yilning yanvar oyi o‘n kunligida aholi xonadonlaridan chiqqan maishiy chiqindilarini olib ketish ishlari bajarilmaganligi uchun aholining noroziligiga sabab bo‘lgan.
Ushbu davrda chiqindi olib ketish avtotransportlari vaqtinchalik nosoz holda bo‘lgan.
Hozirgi kunda bu muammolar hal qilinib, belgilangan tartibda va muddatlarda, ya’ni tasdiqlangan grafik bo‘yicha xar haftada 3 kun “signal” usulida aholining xonadonlaridan chiqqan maishiy chiqindilar olib ketilmoqda.
Murojaatda ko‘rsatilgan filial xodimi L. Raxmatova xaqiqatda yuqorida ko‘rsatilgan xududlarga biriktirilgan inspektor lavozimida ishlaydi.
Bu xodimning xizmat etiketiga mos bo‘lmagan xatti xarakati korxona xodimlari bilan umumiy yig‘ilishda tanqidiy ko‘rib chiqildi va L. Raxmatova kelajakda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymasligi bo‘yicha ogoxlantirish berildi, hamda L.Raxmatova boshqa xududga o‘tkazildi.
Shuningdek, filialning barcha xodimlariga aholi bilan yaxshi muomilada bo‘lish va xizmat etiketiga rioya qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Rasmiy_munosabat

  Quyi Chirchiq tumanidagi 52 ta maktabdan 13 tasida sport zali yo‘qligi joriy yil "Ishonch" gazetasining №19-sonida tanqid qilingan.
  Quyi Chirchiq tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi shuni ma'lum qiladiki joriy yil 21-umumiy o'rta ta'lim maktabiga zamonaviy sport zali qurilishi rejalashtirilgan.
  Tumandagi qolgan 12 ta umumiy o'rta ta'lim maktablariga bosqichma bosqich rejalar asosida sport zallar qurilish ishlari ko'zda tutilgan.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Rasmiy_munosabat

Bugungi kunda ijtomoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "Quyi Chirchiq tumani Baliqchi MFY da yashovchi Xidirova Nasibaning uyi yongani sabab, unga yordam kerak!" mavzusida tarqalayotgan mavzuga
rasmiy
MUNOSABAT

Yuqoridagi murojaatchi Baliqchi MFY Bahor kochasida istiqomat qiluvchi Nasiba Xidirova yon qo‘shnisining uyidan chiqqan yong‘indan aziyat chekkanligi aniqlandi.
Fuqaro honadoniga tutashgan yong'in sabab xaqiqatdan N. Xidirovaning turar joyiga zarar yetqazgan.

21-iyun kuni Quyi Chirchiq tuman hokimligi qurilish ishlari bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan voqea joyiga borib o'rganganida, yong'indan fuqaro uyining tom qismiga katta zarar yetkanligi aniqlandi.

Yetkazilgan zarar o'rganilib, tuman hokimligi tomonidan ajratiladigan mablag' hisobiga ta'mirlanib berilishi belgilandi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan "Quyi Chirchiqqa o't ketdi" deb nomlangan video murojaatiga rasmiy munosabat.

▪️Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi Toshkent viloyati boshqarmasining Quyi Chirchiq tuman inspeksiyasi tomonidan holat joyiga borib o'rganildi.

▪️Ushbu holat bo'yicha yoqib yuborilgan g'alladan bo'shagan dala maydonlari egalari aniqlanib qonuniy tarzda choralar ko'rilib jarimalar belgilandi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda “Bog‘ga kim o‘t qo‘ydi?” mazmunidagi xabar bo‘yicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Quyi Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

▪️O‘rganish davomida murojaatda keltirilgan hudud “TSP Аgro Klaseter” MChJ qarashli g‘alladan bo‘shagan 2.0 ga yer maydonlari yoqib yuborilganlik holati aniqlandi. O‘rganish jarayonida g‘alla aynan mevali daraxtlar atrofiga ekilgan. Yong‘in natijasida hududdagi 25 tup 5-6 yillik mevali daraxtlarga ham shikast yetkazganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 2 million 730 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

▪️Ushbu huquqbuzarlik noma’lum fuqarolar tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish maqsadida hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilinishi chorasi ko‘rilmoqda.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇
📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Quyi Chirchiq tumani Surum MFY da aholining maishiy chiqindilari olib ketilmayotganligi to‘g‘risidagi murojaatiga rasmiy munosabat.

📍Ushbu murojaat bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganish davomida Zangiota obodon MCHJ Quyi Chirchiq filiali rahbari bilan bog‘lanib, holatga aniqlik kiritildi.

📍Zangiota obodon MCHJ Quyi Chirchiq filialining maishiy chiqindi tashuvchi transport vositalari joriy ta’mirda bo‘lganligi sababli, maishiy chiqindilar olib chiqib ketilmaganligi bo‘yicha filial rahbari A.Unerbayev joriy yilning 19-20-21-avgust kunlari Surum MFY aholisining maishiy chiqindilari to‘liq olib chiqib ketilishi bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Rasmiy munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Quyi Chirchiq tumani Ibrat MFY ko‘p qavatli uylar atrofida  ko‘kalamzorlashtirilgan hudud bir to‘da otlar tomonidan payhon qilinganligi to‘g‘risidagi murojaatiga rasmiy munosabat.

📍Ushbu murojaat bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganish davomida otlar fuqaro O.Nga tegishliligi aniqlanib, tuman IIB xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, qonuniy choralar ko‘rildi.

📍Fuqaro O.N bilan suhbat jarayonida hozirgi kunda otlarni saqlash joyi yaratilib, aholiga zarari yetmasligi ta’minlandi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish.👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#rasmiy_munosabat

KLASTER ALDAYOTGAN ODAMLAR DARDI

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda ana shu sarlavha ostida Quyichirchiq tumanidagi “TST Cluster”da ishchilarga ish haqi to‘lab berilmayotgani holati yuzasidan klaster joylashgan bino oldida to‘planishgani namoyish etilgan xabarlar e’lon qilindi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganilganda MCHJ tomonidan 2024 yil may, iyun, iyul oylari uchun jami 11 567 462 239 so‘m ish haqidan qarzdorlik mavjudligi aniqlandi.

Mazkur qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmagan, sababi 2024 yil uchun jamiyatga fond mablag‘lari ajratilmaganligi uchun jamiyat moliyaviy qiyinchiliklarga uchraganligi bo‘lgan. Hozirgi kunda jamiyat tomonidan ish haqlari qismlarga , har kunlik to‘lab berilayotganligi va tez kunda jami qarzdorlik to‘liq to‘lab berilishi ma’lum qilindi.

MCHJ ning mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKining tegishli moddasi bilan ma’muriy javobgarlik choralalari ko‘rilgan. Shuningdek, jamiyatning 40 nafardan ortiq ishchi-xodimlari manfaatida ish haqlarini undirish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudiga da’vo arizalari kiritilgan.

Telegram|YouTube|Facebook
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Gul mahallasi yo‘llarini asfaltlash bo‘yicha kelib tushgan murojaati bo‘yicha rasmiy munosabat.

⚡️Ushbu murojaat bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganish davomida Quyi Chirchiq tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi rahbari bilan bog‘lanib, holatga aniqlik kiritildi.

📍Quyi Chirchiq tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi shuni ma’lum qiladiki, Quyi Chirchiq tuman hududida umumiy foydalanishda mahalliy ahamiyatdagi 4K742 Do‘stobod shaharchasi - Gul qishlog‘i - Qo‘rg‘oncha qishloqlari avtomobil yo‘lining 0-22 km  oralig‘ida 2024-yil 3-4 chorakda 1280 m2 chuqurchalarni ta’mirlash, 100 dona ogohlantiruvchi ustunchalar SS1,6 o‘rnatish hamda 2024-yil 18-sentyabrdan boshlab 0-10km oralig‘idagi 3000 m2 chuqurchalarni ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish.👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Surum mahalla fuqarolar yig‘ini asosiy yo‘li abgor ahvolga kelib qolgan deya nomlangan murojaatiga RASMIY MUNOSABAT

📍Quyi Chirchiq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ushbu holatni joyiga borib o‘rganib, mahallada faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan suhbatlashib Surum MFY 4R 255 yolining aholi yashovchi qismini 1 km eni 7 metr kenglikda asfalt-beton yotqizish rejalashtirilib, tadbirkorlar tomonidan jami 970 mln so‘m pul mablag‘i sarflanib Quyi Chirchiq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi guruhi tomonidan oktyabr oyida ushbu yolni asfalt qilish rejalashtirilgan.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Quyi Chirchiq tumani markaziy shifoxonasida qarovsiz qolgan otaxon sovuqda tashqarida yotibdi ekan deya nomlangan murojaatiga RASMIY MUNOSABAT

📍Quyi Chirchiq tuman "Inson" Ijtimoiy xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ushbu holat joyiga chiqib o'rganilib fuqaro, A.Kaldjanovni Toshkent viloyati ijtimoiy qo‘llab quvvatlash markaziga joylashtirildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Yulduz MFY Qo‘rg‘on ko‘chasidagi ko‘prik buzilganiga bir oydan oshgan, hatto bolalar maktabga qatnay olmayotgani aytilmoqda" deya nomlangan murojaatiga RASMIY MUNOSABAT.

📍Ushbu holat bo‘yicha tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i M.Axmedov rasmiy munosabat bildirdi.

⚡️Hozirgi kunda Quyi Chirchiq tumani Yulduz MFYdagi Qo‘rg‘on hamda Mustaqillik ko‘chalarini tutashtiruvchi ko‘prik tuman hokimligi tomonidan mablag‘ ajratilib, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mutaxassislari jalb qilinib ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇
📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘qituvchilar endi paxtaga odam topishga majburlanayotgani aytilmoqda deya nomlangan murojaatiga RASMIY MUNOSABAT

📌Quyi Chirchiq tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limining xabar berishicha, yangi o‘quv yili boshlanganidan buyon, yuqori turuvchi tashkilotlar hamda tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tumandagi 52 umumta’lim maktablari hamda 25 ta Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi jami 3919 nafar xodimlarga paxta yegim terimi uchun odam topish bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagani va bu xabarlar asossiz ekanligi aytilmoqda.

Bzning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani

#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bog‘chada bolalar tarbiyachi tomonidan kaltaklandi deya nomlangan murojaatiga RASMIY MUNOSABAT

Quyi Chirchiq tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bolimi tomonidan holat o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rildi.

Unga ko‘ra tuman 4-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan ikki nafar tarbiyachi M.A hamda Y.X lar o‘z arizalariga binoan egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani

#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Surum mahalla fuqarolar yig‘ini kirish qismi aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan beton tosiq bilan yopib qo‘yilgan deya nomlangan murojaatiga RASMIY MUNOSABAT

📍Quyi Chirchiq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ushbu holatni joyiga borib o‘rganib, mahallada faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan suhbatlashib Surum MFY 4R 255 yolining aholi yashovchi qismini 1 km eni 7 metr kenglikda asfalt-beton yotqizish rejalashtirilib, tadbirkorlar tomonidan jami 970 mln so‘m pul mablag‘i sarflanib Quyi Chirchiq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi guruhi tomonidan oktyabr-noyabr oyida ushbu yolni asfalt qilish rejalashtirilgan.

⚡️Hurmatli fuqarolar video murojaatni sababini o‘rganmasdan yolg‘on bo‘htonlar bilan ijtimoiy tarmoqqa joylash o‘z o‘rnida javobgarlikka tortilishingizga sabab bo‘lishi mumkin ogoh bo‘ling.

⚡️tuman fuqarolari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan asossiz materiallarga ishonmaslikni so‘rab qolamiz.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook