QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.82K subscribers
26.3K photos
2.68K videos
18 files
8.43K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Sayyor_qabul

▪️ Joriy yilning 2-avgust sanasida Xalq qabulxonasi binosida tuman hokim oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi F.Kamalova, tuman IIB boshlig'i D.Xusanov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri G'.Miralimov hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabuli bo‘lib o‘tdi.

   ▪️Qabul jarayonida 25 nafar fuqarolardan 29 turdagi murojaatlar o‘rganib chiqildi. Shundan 16 ta murojaatlar joyida ijobiy yechimini topdi. Qolgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇
📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda “Bog‘ga kim o‘t qo‘ydi?” mazmunidagi xabar bo‘yicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Quyi Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

▪️O‘rganish davomida murojaatda keltirilgan hudud “TSP Аgro Klaseter” MChJ qarashli g‘alladan bo‘shagan 2.0 ga yer maydonlari yoqib yuborilganlik holati aniqlandi. O‘rganish jarayonida g‘alla aynan mevali daraxtlar atrofiga ekilgan. Yong‘in natijasida hududdagi 25 tup 5-6 yillik mevali daraxtlarga ham shikast yetkazganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 2 million 730 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

▪️Ushbu huquqbuzarlik noma’lum fuqarolar tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish maqsadida hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilinishi chorasi ko‘rilmoqda.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇
📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
#Besh_tashabbus

⚡️Ayni damda Quyi Chirchiq tumani 3-sektorda sportning voleybol turi bo‘yicha Besh tashabbus olimpiadasi musobaqasining sektor bosqichi bo'lib o'tmoqda.

▪️Mahalla bosqichidan saralanib kelgan kuchli, sportga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lib o‘tdi.

🏆Musobaqada g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanib, tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

🏅O'g‘il bolalar 1-o‘rin Oydinobod, 2-o‘rin uch chinor, 3-o‘rin bog‘iston

🏅 Qiz bolalar 1-o‘rin Oydinobod, 2-o‘rin Bog‘iston, 3-o‘rin uch chinor

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
#Muloqot

⚡️Bugun tuman hokim A.Xolmuradov tuman dehqon bozori va savdo rastalarida go‘sht mahsulotlari narxini asossiz oshishini oldini olish hamda aholiga arzon va sifatli go‘sht mahsulotlarini yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida tumandagi go‘sht sotuvchi tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi.

🔺Endilikda Dehqon bozorlari va savdo rastalarida go‘sht narxini doimiy monitoring qilib borish maqsadida, tuman Soliq inspeksiyasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi, Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda tuman statistika bo‘limlaridan tashkil topgan "Jamoatchilik nazorati" ishchi guruhi tashkil etildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
#Seminar
#Ijtimoiy_xodim

⚡️Quyi Chirchiq va Oqqo'rg'on tumanlari ijtimoiy xodimlari uchun mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim ishini tashkil etish hamda keys menejmenti amaliyoti mavzularida seminar bo‘lib o‘tmoqda.

1️⃣ Birinchi kunda ishtirokchilar ijtimoiy xodimning kasbiy ko‘nikmalari, uning vazifa va funksiyalari, huquq hamda majburiyatlarini batafsil o‘rgangandilar. Bundan tashqari mutaxassislar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining 12 toifasi, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlarning mazmun va mohiyati tushuntirildi.

2️⃣ Treningning ikkinchi kunida ijtimoiy xodimlarga keys menejment asosida oilaga kirish, ularni baholash, aholi bilan kommunikatsiyaga kirishishda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi mavzular kreativ usullarda o'rgatilmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram