Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Hokim_qarori
Allergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish yuzasidan Toshkent viloyatida 2024-yil davomida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qarori imzolandi.
Jumladan:
– Allergik kasalliklar, shu qatori, mavsumiy allergiya ko'rsatkichlari yuqori hududlarda yiliga kamida bir marta ommaviy va selektiv skrining tekshiruvlari o'tkaziladi;
– Sanoati rivojlangan va kasallik ko'rsatkichi yuqori viloyat, shahar va tuman bosh allergologlari "tibbiy brigadalar" bilan birgalikda skrining tekshiruvlarini tashkil etadi;
– Skrining tekshiruvlari natijasida aniqlangan allergik va ikkilamchi immunitet tanqisligi kasalliklari mavjud bemorlarni allergologlar tomonidan tizimli kuzatuvi va individual sog'lomlashtirish ishlari tashkillashtiriladi.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitterr

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Hokim_qarori
VILOYATDA KAOLIN XOMASHYOSIDAN YUQORI QOʻSHILGAN QIYMATLI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH YANADA RIVOJLANADI
Toshkent viloyatida kaolin xomashyosidan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yanada samarador ishlar olib borilishi belgilandi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.
2023-2030-yillarda viloyatda birlamchi oq kaolin xomashyo zaxirasini kengaytirishning prognoz koʻrsatkichlari hamda sohada 2023-2026-yillarda hududlarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati tasdiqlangan boʻlib, bu boʻyicha bir qancha loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Koʻp qavatli uylarga quyosh panellari oʻrnatiladi
Yangi foydalanishga topshiriladigan koʻp qavatli uylar tomlarining boʻsh qismini kamida 50 foizida quyosh panellari oʻrnatiladi.

Shuningdek qarorda, 2024-yilning 1-fevralidan "Yashil energiya" axborot tizimi toʻliq funksional rejimda ishga tushirilishi va hududlarda oʻrnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisoboti kiritib borilishi belgilangan.

Ekologiya sofligini taʼminlash borasida bir qancha tartiblar joriy qilindi.. Obodonlashtirish sohasi ishchilari farzandlariga kontrakt toʻlovi toʻlab beriladi
Endilikda avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini tasvirga olish dasturiy-texnik vositalari fuqarolar tomonidan chiqindi tashlash holatlarini ham qayd etadi va bu tegishli tartibda jarimalar qoʻllanilishiga sabab boʻladi. Yaʼni, "Xavfsiz shahar" integratsiyalangan tizimi doirasida kameralar orqali ekologik huquqbuzarliklarni aniqlash tizimi joriy etiladi.
Bundan tashqari, sanitar tozalash korxonalari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari boʻyicha ishchilari xizmatlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, ularga har oy 100 tadan velosiped ajratilishi va boshqa mukofotlar berib borilishini yoʻlga qoʻyish belgilandi.
Shu bilan birga, yuqoridagi sohalarda har yili kamida 10 yil sadoqatli xizmat koʻrsatgan xodimlar uchun "Tabiat uygʻunligi himoyachisi" tanlovi oʻtkaziladi hamda ulardan 100 nafarining davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga kontraktning toʻliq summasi toʻlab beriladi.

Oqqoʻrgʻon tumanida gʻallachilik klasteri tashkil etiladi
Oqqoʻrgʻon tumanida "Akkurgan Grain" MChJ tomonidan gʻallachilik klasteri faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.
Mazkur klaster boshoqli don mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, fermer xoʻjaliklariga mablagʻlarning oʻz vaqtida va yetarli miqdorda ajratilishi, hosildorlikni oshirish uchun qoʻshimcha ravishda mineral oʻgʻit, yonilgʻi moylash mahsulotlari, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini yetkazib berish kabi vazifalarni bajaradi.
Shuningdek, boshoqli don ekin maydonlarida suvni tejaydigan texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash, don hosilini don korxonalariga oʻz muddatida topshirilishiga masʼul boʻladi.
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalari tarkibida oziq-ovqat sanoati texnoparklari tashkil etiladi
Bunda moliyalashtirish manbai sifatida xorijiy moliya institutlari mablagʻlari, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, tijorat banklarining kredit resurslari hamda tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari belgilanadi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun oziq-ovqat sanoati texnoparklarida bevosita va raqamli xizmatlar koʻrsatish tizimi joriy qilinadi.
Xalqaro va mahalliy mutaxassislarni jalb etgan holda, yoshlarni kasbga hamda oziq-ovqat mahsulotlarini mustaqil tayyorlashga oʻrgatish maydonchasi barpo qilinadi.

2024-2025-yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish uchun Quyi Chirchiq tumanida subsidiya ajratish tajribasi oʻtkaziladi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.
Shuningdek, paxta maydonlarida tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar olib boriladi.
Joriy yil 1-avgustga qadar har bir yerdan foydalanuvchilar uchun undirivga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlar ochilib, hisobvaraqdan 2025-yilning 31-dekabriga qadar vaqtincha foydalanilishi belgilandi.
Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari monitoring qilib boriladi.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
2024-2025-yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish uchun Quyi Chirchiq tumanida subsidiya ajratish tajribasi oʻtkaziladi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.
Shuningdek, paxta maydonlarida tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar olib boriladi.
Joriy yil 1-avgustga qadar har bir yerdan foydalanuvchilar uchun undirivga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlar ochilib, hisobvaraqdan 2025-yilning 31-dekabriga qadar vaqtincha foydalanilishi belgilandi.
Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari monitoring qilib boriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Hokim_qarori
"Mahalla yettiligi"ning ishga kelib ketishida davomat yuritiladi
"Mahalla yettiligi" tarkibiga kiruvchi rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi boʻyicha davomat (tabel) yuritiladi.
"Mahalla yettiligi" aʼzolari mehnatiga mahalla fuqarolar yigʻini raisi tomonidan toʻldirilgan tabel asosida, ishga kelgan kunini hisoblab haq toʻlanadi.
Shuningdek, "Yettilik" faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, "Mahalla yettiligi" toʻgʻrisidagi naʼmunaviy nizom asosida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlar ishlab chiqilishi belgilandi.

Yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimi takomillashtiriladi
Jamoat transportida yoʻlkira tushumlari toʻliq yigʻilganini tahlil qilish, yoʻlovchi tashishni moliyalashtirishning shaffofligini taʼminlash choralari koʻriladi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.
Joriy yil 1-iyunga qadar jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflar joriy etiladi.
Shuningdek, 1-iyuldan boshlab Toshkent viloyati markazlarida muntazam 21 ta shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil qilish va moliyalashtirish tizimini joriy qilishning asosiy parametrlari tasdiqlandi.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitte

Toshkent viloyatida "Ekologik transport" tizimi joriy etiladi
Joriy yilning 1-iyun sanasidan boshlab barcha toifadagi avtomototransport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli taʼsiri boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish yuzasidan "Ekologik transport" tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Hududlarni ulardagi atmosfera havosi bilan bogʻliq real ekologik holatdan kelib chiqib, ilgʻor xorijiy tajriba va innovatsion texnologiyalar asosida "yashil", "sariq" va "qizil" ranglar bilan belgilanadigan "toza", "oʻrta" va "zararli" ekologik zonalarga ajratib boriladi.
Shuningdek, transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini avtomatik baholash tizimiga asosan, diagnostika tekshiruvi jarayonida aniqlash va natijalari boʻyicha qalbakilashtirishdan himoyalangan hamda elektron belgiga ega boʻlgan ekologik stikerlar berish orqali transport vositalarini "yashil", "sariq" va "qizil" ranglar bilan belgilanadigan "toza", "oʻrta" va "zararli" ekologik toifalarga ajratib boriladi.
Ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq boʻlmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensatsiya toʻlovlarini joriy etish yohud ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanishni cheklash yoki taʼqiqlanishi joriy qilinadi.

Toshkent viloyatining bir qancha hududlarida boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastka va maydonlari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorlarni imzoladi.
Xususan, Angren shahrida 92,51 gektar, Bekobod tumanida 22,09 gektar, Oʻrta Chirchiq tumanida (29,34), (22,03) va (52,76) gektar, Quyi Chirchiq tumanida 146,19 gektar, Yangiyoʻl tumanida 45,3 gektar, Yuqori Chirchiq tumanida 92,45 gektar, Ohangaron tumanida 85,28 gektar, Zangiota tumanida 81,69 gektar yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Shuningdek, kelgusida mazkur qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish choralari koʻrilishi belgilangan.

Boʻstonliq tumani hududida davlat zaxirasidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan jami 36,58 gektar yer maydoni ""Chorvoq" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi" DUKga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.
Mazkur ajratilgan yer maydonlarida turizm obyektlari qurilishi belgilangan.
🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte|

Quyi Chirchiq tumanida Yoshlar markazi quriladi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.
Tumanning "Navqiron" MFYda joylashgan 0,06 gektar davlat zaxirasidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydoni ajratildi.

Viloyatda qurilayotgan koʻp qavatli uylarning zilzilaga bardoshliligi tekshiriladi
2024-yil 1-maydan boshlab har bir hududda kuchli zilzilada aholini qutqarish ishlariga jalb etish uchun volontyorlik guruhlarini shakllantirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda volontyorlik guruhlariga jalb qilingan fuqarolarga har chorakda qonunchilikka muvofiq kuchli zilzilada harakatlanish qoidalari va tartibi oʻrgatilib, bu yoʻnalishdagi bilim va koʻnikmalari oshirib boriladi.
Shuningdek, viloyatda yangi qurilishi rejalashtirilgan 9 qavatli yoki undan yuqori boʻlgan bino va inshootlarni vibrodinamik uskuna yordamida tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Seysmik zaif hisoblangan koʻp kvartirali uy-joylar bosqichma-bosqich instrumental texnik tekshiruvdan oʻtkaziladi va mustahkamlash choralari koʻriladi.

Viloyatda "Ayollar reabilitatsiya markazi" tashkil etiladi
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi balansida boʻlgan, "Oppoq" MFY hududida joylashgan 0,1503 gektar yer maydoni va 473,88 kv metr boʻlgan bino Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasiga ajratib berildi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.
Mazkur yer maydonida Toshkent viloyati "Ayollar reabilitatsiya markazi" tashkil etilishi belgilangan.
Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte|

Respublika bo'ylab hududlarda zamonaviy arxitektura ko'rinishiga ega 100 mingta kvartiradan iborat bo'lgan ko'p qavatli uy-joylarni qurish bo'yicha maqsadli ko'rsatkichlar belgilandi.
Ko'p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga "yashil" uy-joy standartlari joriy qilinadi.
Kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun 120 million so'mgacha ipoteka kreditlari ajratiladi.
✅ Telegram🌐 Website📹 YouTube✅ Facebook🕊 Twitter

Viloyatda suv xoʻjaligi tizimi yanada takomillashtiriladi
Toshkent viloyatida suv xoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimi joriy qilinib, sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. Xususan, suv resurslarini boshqarish borasidagi faoliyatga uchinchi shaxslar, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aralashuvi taʼqiqlandi.
Joriy yil 1-iyuldan boshlab Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tuzilmasidagi tashkilotlar xodimlarining oyliklari oshiriladi hamda 2025-yildan boshlab koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirish maqsadida, har oyda ustamalar berib boriladi. Shuningdek, 2024-yilning 1-yanvar sanasidan boshlab suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taʼqiqlandi.
Shu bilan birga, 15-avgustga qadar tabiiy suv obyektlarining suv fondi yerlari Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tegishli foydalanuvchi tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi.

#Hokim_qarori #Governor's_ resolution #Решение_хокима
Toshkent viloyatining shahar va tumanlari hududida joylashgan jami 1589,26 gektar yer maydoni davlat zaxira yerlari tarkibiga oʻtkazildi.
👉 Batafsil
➖➖➖
A total of 1,589.26 hectares of land located in the urban and rural areas of Tashkent region are transferred to the state reserve land category.
👉 In detail
➖➖➖
Земельные участки общей площадью в 1589,26 гектаров, расположенные на территории городов и районов Ташкентской области, переданы под юрисдикцию государственного резерва.
👉 Подробно
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube 📸 Instagram✅ Facebook 🕊 Twitter