QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.77K subscribers
27.2K photos
2.71K videos
18 files
8.6K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Sarhisob

VILOYATDA AVTOMOBIL QATNOV YO‘LLARI RAVONLASHMOQDA

Toshkent viloyatida avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada yaxshilash, qatnov yo‘llarining texnik holati va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatdagi avtomobil yo‘llari uzunligi 13 655 kilometrni tashkil qilsa, shundan 4 045 km umumfoydalanuv yo‘llari, 358 km xalqaro, 1 354 km davlat hamda 2 333 km mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardir.

Ichki yo‘llar uzunligi 9 610 kilometrga teng. Viloyat hududidagi avtomobil va ichki yo‘llarda joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida barcha dasturlar bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borildi.

Jumladan, 1 509 085,4 million so‘m miqdordagi mablag‘lar hisobiga 1 608,3 kilometr uzunlikdagi yo‘llarda ta’mirlash doirasidagi tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek, viloyat hududidagi 7 ta infratuzilmani rivojlantirish dasturi, 6 ta shahar ko‘chalari, 1 ta erkin iqtisodiy zona, 566 ta ta’mirlash ishlari dasturi borasidagi ishlar bajarilib, foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, PQ-408-qaror ijrosi yuzasidan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 302 ta, PQ-5118-sonli qaror doirasida 176 ta, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2 ta obyektlar bitkazildi. Dasturdan tashqari 14 ta shag‘allashtirish ishlari olib borildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Toshkent viloyatida 2023-yil davomida xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularning manfaatlarini himoya qilish borasida qanday ishlar amalga oshirildi?

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MigrantTV.uz
#sarhisob

Viloyatda joriy yil davomida 50 mingdan ortiq migrantlar Vatanga qaytarildi

🌐BATAFSIL

💬Telegram 🌐Wibesite 🌐You Tube
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

YIL SARHISOBIDA SOHA VAKILLARI VA HAMKOR TASHKILOT MUTASADDILARI TAQDIRLANDI


Toshkent viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasining 2023-yil sarhisobi boʻlib oʻtdi. Unda yil davomida nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan sportchi hamda hamkor tashkilotlar mutasaddilariga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natija va kelgusidagi rejalar haqida taʼkidlandi.

Shuningdek, mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jahon maydonida erishilayotgan yutuqlar xususida ham toʻxtalindi.

Sarhisob yigʻilishida Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari O.Sultonbekov ishtirok etdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

Viloyatda oʻtgan yili milliondan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilgan

Toshkent viloyatida oʻtgan 2023-yilda 22 ta tuman va shahar Davlat xizmatlari markazi orqali aholiga bir million uch yuz mingdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob
#Infografika

Viloyatda “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2023-yil yakunlariga koʻra “Hududlar reytingi” eʼlon qilindi

Unga koʻra:

aholi jalb etilishi boʻyicha ”Eng faol hudud“Ohangaron tumani;
jamoatchilik nazorati boʻyicha ”Eng faol hudud“ Oqqoʻrgʻon tumani;
loyihalar ijrosi boʻyicha ”Eng faol hudud“ Boʻstonliq tumani.

Aytish mumkinki, joriy yilning 1-fevralidan ”Tashabbusli budjet" jarayonining 2024-yil 1-mavsumi boshlanadi. Jami 500 milliard soʻmdan ziyod mablagʻlar ajratilishi reja qilinmoqda.

Shuningdek, quyidagi havola orqali 2023-yilda gʻolib boʻlgan 366 ta loyiha va ularning bajarilishi bilan bogʻliq ishlar sarhisob qilingan.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Sarhisob

Bugun hasharda:

▶️ jalb etilgan hasharchilar sonii- 370 mingdan ziyod, texnikalar soni - 215 ta;

▶️ obodoshlashtirilgan maydon - 603 gektar;

▶️ chiqarib tashlangan maishiy va qurilish chiqindilari miqdori - 472 tonna;

▶️ tozalangan ariq va lotoklar - 113, 38 km;

▶️ tartibga keltirilgan qabristonlar - 360ta, ziyoratgohlar - 18 ta;

▶️ obodonlashtirilgan koʻchalar - 3662 ta;

▶️ taʼmirlangan va tartibga keltirilgan bolalar maydonchalari - 125 ta;

▶️ ekilgan mevali va manzaralari koʻchatlar soni - 405 mingdan ziyod;

▶️ oʻtqazilgan gul koʻchatlar soni - 770 mingdan ziyod;

▶️ uy-joyi taʼmirlangan, tartibga keltirilgan oilalar soni-111 ta;

▶️ moddiy yordam koʻrsatilgan ehtiyojmand oilalar soni 317 tani tashkil etdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Sarhisob_2024

🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori doirasida Quyi Chirchiq tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2024-yilda aholiga manzilli ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.

🔹Yil davomida mahalla yettiligining kollegial qarori asosida 252 ta oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 342.900 mln so‘m miqdorida moddiy yordam ajratildi.

📝Xususan:

dori-darmon uchun 136 ta oilaga 175,8 mln so‘m;

og‘ir kasalliklar davolanishi uchun 126 ta oilaga 126,2 mln so‘m;

kiyim-kechak va zarur vositalar uchun 28 ta oilaga 29,5 mln so‘m;

oziq-ovqat uchun 25 ta oilaga 7,8 mln so‘m;

uy-joy ta’miri uchun 2 ta oilaga 3,3 mln so‘m;

kommunal xarajatlar uchun 5 ta oilaga 1,6 ming so‘m.

Bu yordamlar aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook