QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.77K subscribers
27.1K photos
2.71K videos
18 files
8.59K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Quyi Chirchiq_tumani
#Davra_suhbati

Quyi Chirchiq tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshida tashkil etilgan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi "Oila maktabi" o‘quv kursida navbatdagi dars "Oila jamiyatning bir bug‘uni" mavzusida bo‘lib o‘tdi. Darsni tuman RMMM tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi O.Ergasheva mavzuga oid ma’ruzasi bilan qatnashib, juftliklardan mavzuda oid savollar javobi ham berdi.

❇️ Hayotiy voqealar asosida o‘tkazilgan dars jarayonidan yoshlar mamnun bo‘lishdi, dars yakunida sertifikatlar topshirildi.

✍️  RMMM Quyi Chirchiq tumani bo‘linmasi

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani

#Jismoniy_tarbiya_va_sport_kuni

⚡️Quyi Chirchiq tumanida joylashgan barcha Mahalla fuqarolar yig‘inida har payshanba kuni "Jismoniy tarbiya va sport kuni" deb e’lon qilindi.

📍Ushbu kun munosabati bilan joriy yilning 30-yanvar kuni tumandagi Bog‘iston MFY da xotin-qizlar o‘rtasida "Jismoniy tarbiya va sport kuni" munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Doimiy_komissiya

📅 2025-yil 30-yanvar kuni Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📌 Yig‘ilishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari - Iqtisodiyot va moliya bo‘lim boshlig‘i K.Uskanbayev "2025 yilda Quyi Chirchiq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi hisoboti eshitildi.

📖 Kun tartibidagi bitta "2025 yilda Quyi Chirchiq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi masala muhokama qilinib doimiy komissiya qarori qabul qilindi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Bu_muhim

⚡️Bugun davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi!

O‘quv soati davomida:                   

▫️O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti

▫️“Mutolaa vaqti” rukni


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Sayyor_qabul

▪️ Bugun 31-yanvar sanasida Xalq qabulxonasi binosida tuman hokim oʻrinbosari V.Axmedov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri G'.Miralimov hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabuli bo‘lib o‘tdi.

▪️Qabul jarayonida 22 nafar fuqarolardan 26 turdagi murojaatlar o‘rganib chiqildi. Shundan 12 ta murojaatlar joyida ijobiy yechimini topdi.

▪️Qolgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Diqqat

BARCHA ISH BERUVCHILAR DIQQATIGA!

⚡️O‘zbekiston Respublikasi “Aholi Bandligi to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida ish beruvchilar aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda quyidagilar orqali ishtirok etishi yo‘lga qo‘yilgan. Bunga ko‘ra, ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;

📍Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan mahalliy mehnat organiga har bir hisobot oyining oxiridagi holatga ko‘ra «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda taqdim etiladi. Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari milliy bazasiga kiritiladi.

BATAFSIL 👈

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Siz_ekologiya_qonunlarini_bilasizmi

⚡️Quyi Chirchiq tumani umumta’lim maktablarida  “Siz ekologiya qonunlarini bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda maktabning 14-17 yoshli 135 nafar o‘quvchilari ishtirok etdi.

 📍Tadbir davomida hay’at a’zolari tomonidan o‘quvchilarning har bir chiqishi baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 19- maktab jamoasi 1-o‘rin   10- maktab jamoasi 2- o‘rin, 37- maktab jamoasi 3-o‘rini 36-maktablar   qo‘lga kiritgan o‘quvchilar viloyat  bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Obodonlashtirish

⚡️Yurtboshimiz ta’kidlab aytganlaridek, "Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, Birlashsak - vatanmiz" shiori ostida aholiga yanada ma’naviy-ma’rifiy tushunchalar berilmoqda.

♻️Quyi Chirchiq tumani mahallalari bo‘ylab, "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" dasturi doirasida ayniqsa, shanba va yakshanba kunlari aholi tomonidan hasharlar tashkil etish va obodonlashtirish ishlari olib borilishi borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib borilmoqda.

♻️ Har bir xonadon egalariga "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" dasturi bo‘yicha tushunchalar berilib, aholi bilan fikr almashilib, taklif va talablarga oid ish rejalari kelishib olinmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Sayyor_qabul

⚡️Quyi Chirchiq tumani 1-sektor hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Miralimovlar tomonidan tumanimizdagi Abay, Jumagul mahalla fuqarolar yig‘ini aholisiga sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

◾️O‘zining turli sohalardagi masalalari bilan tashrif buyurgan 22 nafar fuqarolarning 26 dan ortiq murojaatlari tinglanib, 16 ga yaqini shu joyning o‘zida bartaraf etildi.

▪️Qolgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Sayyor_qabul

Bugun yurtimizda davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan shior ustuvor vazifadir. Mas’ul rahbar xodimlarning joylarga chiqib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi, ularning dardi-tashvishlariga quloq tutishi buning amaliy ifodasidir.

❇️ Xususan, bugun 4-fevral kuni Surum mahallasida 25-Surum saylov okrugi deputati B.Axmedov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Miralimov, 4-sektor mas’ul xodimlari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

✳️ Sayyor qabul davomida murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Bir qator masalalar joyida hal etilib, qolganlari yuzasidan tegishli tashkilot va muassasalar rahbariyatiga topshiriqlar berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook