Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#raqamlar_soʻzlaydi
Qishloq xoʻjaligi: Toshkent viloyatida bu mavsum oʻtgan yilgidan 3,7 ming gektar ziyodroq maydonda hosil yetishtirildi
2022-yil hosili uchun Toshkent viloyatida qariyb 373 ming gektar maydonda turli ekinlar parvarishlandi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 3,7 ming gektar koʻpdir.
Ularning 287 ming gektari asosiy, 86 ming gektari takroriy ekin sifatida, 5,5 ming gektari bogʻ va tok qator orasiga hamda 33 ming gektari lalmi maydonlarga joylashtirildi. Shuningdek, viloyatda gʻalladan boʻshagan maydonlarning 86,8 ming gektarida, shundan 8,3 ming gektarida sabzavot, 7,7 ming gektarida kartoshka, 44,4 ming gektarida dukkakli, 23,9 ming gektarida ozuqabop ekinlar yetishtirildi. Poliz ekinlari 336 gektarni tashkil etdi.
Hisob-kitoblarga koʻra, ushbu maydonlardan jami 1 mln 64 ming tonna mahsulot yigʻishtirib olingan.
Takroriy maydonlardan olinadigan hosilning 156,5 ming tonnasi viloyat aholisi isteʼmoliga, 31 ming tonnasi qish-bahor oylari uchun jamgʻarishga hamda viloyat isteʼmolidan ortiqcha qismi hisobidan 217,1 ming tonnasi Toshkent shahri yarmarkalariga va 159,6 ming tonnasi eksportga yoʻnaltirilmoqda.
✉️ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM