Qumanjir🌵
9 subscribers
5 photos
10 videos
6 links
Download Telegram
Bir qo'lda Qur'onu bittasida jom,
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


©Umar Xayyom
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#iymon

Behishtin bog‘larin sotma,
Bu dunyo diyorichun.
Bu yanglish bir tijoratdir
Hasorat bor, g‘animat yo‘q.
🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Salom boʻlsin

Azroil olgay jonimiz,
Qurur tomirda qonimiz.
Soʻngi kiyim kafanimiz,
Tikkanlar salom boʻlsin.

Ketar boʻldik doʻstimizga, Yetolmamadik qastimizga.
Qasd aylab janozamizga,
Kelgallarga salom boʻlsin.


✍️Yunus Emro (1321)
Abadiy uyqudan oldin “uygʻonish” hammaga nasib qilsin.
“Sevgi fasllar almashinuviga bo‘ysunmay unuvchi va g‘uncha tugadigan yagona guldir”.

©️Xalil Jubron
882555576731552
Go'zal kuy!
Izohsiz
Boqiy umr


Aytishlaricha, mo‘’tabar bir odamning majlisida bir olim, fozil kishini ko‘p ta’rif va tavsif qildilar, Mo‘’tabar odam u olimni ko‘rib suhbatidan foydalanishni orzu qilib, uni shu majlisga da’vat qilish uchun o‘z qarindoshini yubordi. Olim majlisga kelgach, salom berib hamma bilan ko‘rishdi. Keyin mo‘’tabar odamga ta’zim qilib:
— Majlisingizga da’vat qilganingiz uchun tashakkur etaman, ming yil rohat va farog‘atda umr kechiring,— dedi.
Mo‘’tabar odam olimning so‘ziga taajjub qilib aytdi:
— Majlisimizda hali o‘tirmay turib, mumkin bo‘lmagan so‘zni og‘zingizdan chiqardingiz, bir odamning ming yil umr ko‘rishiga aql bovar qiladimi?! Bunday so‘zni aytish sizdek olim va fozil kishiga munosibmikan?
— Insonning tirikligi faqat jismning boqiyligi bilangina emas. Odam ming yil umr ko‘rmasligini hamma biladi. Lekin o‘lgandan keyin qolgan yaxshi nom yana bo‘lak umrdir. Sizning olijanob, marhamatli, shafqatli odam ekanligingizni xalq unutmay, nomingizni doimo hurmat bilan yod etib turadi. Vafotingizdan keyin ham qilgan yaxshiligingizni xalq unutmaydi, nomingizni ko‘nglida abadiy saqlaydi, degan ma’noda «ming yil umr ko‘ring”,— dedim,— deb javob berdi olim.

qumanjir🌵
👍1
#ajoyib

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (UzPFL) klublardan liboslarda futbolchining ism yoki familiyasini o‘zbek tilida to‘g‘ri yozishni talab etmoqda.

Endi o‘zimizni Milliy chempionatimizda Kholmatov, Kasimov, Khusanov kabilarni ko‘rmaymiz!

O‘zi aslida davno allaqachon bunday bema’nigarchilikdan voz kechish kerak edi.

qumanjir🌵
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Safsataboz, nomard-u tili botir,
Yoqangga tahqir muhri yorlig‘ini qadaydi.
Chet tilini o‘rgansang, seni “kosmopolit” der,
O‘z tilingda so‘zlasang, “millatchi” deb ataydi...

Erkin VOHIDOV,
O‘zbekiston Qahramoni,
O‘zbekiston xalq shoiri,
"Hushyor bo‘l!" sheʼridan, 1988-yil.
INSON

Birovni maqtasang yolg‘on deydilar,
O‘zingni maqtasang nodon deydilar.
Barchani lutf ila to‘rga chiqarib,
Poygakda o‘tirsang inson deydilar.


Abdulla Oripov
To‘kilgan anor donalari sindirilgan umidlarning timsoli go‘yo...

qumanjir🌵
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#faxr

🫡 Bunday xatti-harakatlar yosh sportchilarga o‘z vatani va tilini hurmat qilishni o‘rgatadi.

❗️Oramizdagi "Men Husanovni otdushi fanatiman" deb yurganlar ko‘rib qo‘ysin!

qumanjir🌵
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

Qozoq futbol jamoatchiligi o‘zbek tilida O‘zbekiston terma jamoasiga g‘alaba tiladi!

Bugun, soat 21:00 da O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu muhim bahs oldidan qozoq futbol jamoatchiligi vakillari qo‘shni O‘zbekiston jamoasiga omad tilab, iliq tilaklarini bildirishdi.

Jamoamizga g‘alaba va JCH-2026 sari muvaffaqiyat tilaymiz!

qumanjir🌵
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
PASPORTINGDA O’ZBEKLIGING KIMGA KERAK?

O‘lmas Temur