Quest:Karriere UZ
61 subscribers
44 photos
9 videos
2 files
9 links
Raqamlashtirilgan sohalardagi qiziqarli kasblar bo'yicha Gyote-Institutining onlayn marafoni. Bizning veb-sayt: www.goethe.de/ins/uz/uz/spr/unt/ver/que.html
Barcha savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qiling: @quest_karriere
Download Telegram
👱🏻‍♀️ Angela Brok [Konsept / muharrir]: Va nihoyat men ham tugatdim!
👩🏻 Anika Bernhardt [Loyiha menejeri]: Salom Karsten, + Maks, biz ushbu sprint uchun rejalashtirgan DKL ilovasining beta-sinovi tugallandi. Angela menga u ham tugatganligini hozir yozdi. Kristian, Yegeniya va Melissa allaqachon uni sinovdan o'tkazishdi. Har doimgidek, barcha xatoliklar bo'yicha hisobotlar loyiha portalida to'plangan. Iltimos, bizning rejalashtirish yig'ilishi uchun ro'yxatni tayyorlab bera olasizmi? Rahmat 🤗
Bu yerda ko'p narsa yig'ildi! Siz qanday qilib ro'yxatni mazmunli tarzda tuzgan bo'lardingiz?
Reaksiyalaringizni post ostida qoldiring!
Ovoz berish 30 daqiqa davom etadi!

🐳 Shunchaki yuqoridan pastga qarab tuzish! Qancha tez bo'lsa, shuncha yaxshi. Vaqt oz.

👾 Men barcha xatoliklarni ko'rib chiqaman va ularni muhimlik darajasi bo'yicha saralayman. Keyin esa hamkasblarim bilan kim qaysi vazifani bajarishi mumkinligini muhokama qilamiz.

🦄 Men hammadan xatoliklar nimani anglatishini tushuntirib berishlarini talab qilaman. Keyin esa birinchilardan bo'lib, dasturlashdagi xatoliklarni bartaraf etishdan boshlayman. Bular odatda eng muhimlaridir. 🧐
👾3🦄1
To'g'ri javob: 👾

Bajariladigan ishning muhimlik darajasini belgilang va sundan so'ng ularni bartaraf etish ustida birgalikda ishlang. Bu eng yaxshi harakat yo'nalishi. Hamma narsani oldindan batafsil muhokama qilish juda ko'p vaqtni oladi va samarali usul emas. Agar xatolarni tuzatishda savollar tug'ilsa, ularni muhokama qilib olishingiz mumkin.
🧔🏻 Karsten Syliaks [Ilova ishlab chiqish]: Salom Anika, Maks va men barcha xatoliklarni tuzatdik va hamkasblarimiz bilan yana bir bor barchasini intensiv ravishda sinab ko'rdik. Yevgeniya hozirda ilovalar do'konlari uchun skrinshotlarni yaratib, loyiha papkasiga joylashtirmoqda. Har doimgidek, Siz ilovalar doʻkonlari uchun tavsif matnini mijozlar bilan muvofiqlashtirasiz 😉.
Ammo loyihamiz ilovalar do'konlariga yuborilgandan so'ng, ba'zan kechikish bo'lishi mumkinligini unutmang, chunki ba'zan matbuot anjumani yoki shunga o'xshash tadbir rejalashtirilgan bo'lishi, ilova rad etilishi yoki ishlov berish uzoqroq davom etishi mumkin.
Rasmdagi matn

Mavzu: Yakuniy versiya

Salom Yuliya,
biz nihoyat tugatdik! Deutschland.Kennen.Lernen ilovasi tayyor! Apple va Android qurilmalari uchun versiyani veb-serverimizdan yuklab olishingiz mumkin:
Link_Master>> Men Sizga do'konlar uchun skrinshotlarni ilova sifatida yubormoqdaman.
Hurmat bilan, Anika
1
Rasmdagi matn

Mavzu: AW: Yakuniy versiya
Salom Anika,
ilova haqiqatdan ham juda zo'r bo'libdi. Siz bilan ishlash juda qiziqarli bo'ldi. Katta rahmat! Biz ilovani doʻkonlarga topshirdik, jarayon muammosiz o'tdi :) Mana ikkita Android doʻkoniga havolalar:

https://play.google.com/store/apps/details?id=de.goethe.DeutschlandKennenLernen&gl=DE

Apple:
https://apps.apple.com/de/app/deutschland-kennen-lernen/id1553790947

Biz loyiha veb-saytini yaratdik, u yerda Siz posterni ham yuklab olishingiz mumkin:
https://www.goethe.de/de/spr/ueb/dkl.html

Bizga loyiha uchun yakuniy hisob-fakturani yuborishingiz mumkin. Ajoyib hamkorlik uchun yana bir bor rahmat!
Hurmat bilan, Yuliya
👩🏻 Anika Bernhardt [Loyiha menejeri]: Hurmatli jamoa! Biz maqsadga erishdik, ilova do'konlarda - YASHASIN! 👏🎆🍾. Gyote-Institutidan Yuliya ham barchangizga minnatdorchilik bildirdi. Biz haqiqatan ham ajoyib mahsulotni yaratdik. Har doimgidek, biz kelgusi haftada bajargan ishlarimizni taxlil qilib, nima yaxshi o'tgani va qayerda yanada yaxshiroq bo'lishi mumkinligini muhokama qilib olish uchun yig'ilish, ya'ni "loyiha retrospektivi"ni rejalashtirmoqdamiz. Sizlar bilan ishlash menga juda yoqdi. Barchangizga katta rahmat! Keyingi loyiha kanalida ko'rishguncha ; )
Rasmdagi matn

Mavzu: AW: AW: Yakuniy versiya
Salom Yuliya,
fikr-mulohazangiz uchun rahmat! Men Sizning maqtovlaringizni jamoamizga yetkazdim, hamma juda xursand bo'ldi 🎉. Loyiha veb-saytiga havola uchun rahmat. Biz ilova uchun kichik reklama filmini yaratdik, undan foydalanishingiz mumkin.

https://youtu.be/wPqzZmPbwKU

Siz agar maqsadli guruhga loyiha mos tushsa, ilovani yangi mavzular bilan kengaytirish mumkinligini aytgan edingiz. Agar ushbu yo'nalishda biror narsani rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, biz bilan bog'lanishingiz mumkin.
Ajoyib hamkorlik uchun yana bir bor rahmat!
Hurmat bilan, Anika
3🥰1
------------ Loyiha kanali yopildi -----------
👍52🗿2