Salıq xızmeti xabarları
3.15K subscribers
8.72K photos
2.17K videos
167 files
7.53K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#ochiq_eshiklar_kuni
#korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashish – har bir fuqaroning burchidir

Soliq xizmati organi xodimlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilar bilan ishlaydi. Bu esa yuksak mas‘uliyat demakdir.

❗️Unutmang, Soliq qo‘mitasi rahbariyati korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatdadir.

Qo‘mita tomonidan korrupsiya holatlarining oldini olish uchun doimiy ravishda tadbirkorlarga eslatmalar berilib, huquqiy bilimlari oshirilib borilmoqda.

Soliq qo‘mitasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasida keltirib o‘tilganidek, ochiqlik va shaffoflikka amal qilgan holda soliq to‘lovchilar bilan ochiq muloqot va ochiq eshiklar kunini o‘tkazib keladi.

Jumladan, Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ham ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Unda Soliq qo‘mitasining markaziy apparat xodimlari ishtirok etiishdi.

Respublika bo‘ylab hududiy soliq inspeksiyalarida ham tadbir va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent shahri
📍Toshkent viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Xorazm viloyati

Eslatib o‘tamiz, soliq xizmati organlaridagi korrupsiya holatlari haqida quyidagi aloqa kanallari orqali murojaatlar qabul qilinadi.

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads