Salıq xızmeti xabarları
3.27K subscribers
8.65K photos
2.15K videos
161 files
7.48K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE

Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#integratsiya #onlayn_NKT #markirovka #soliq_tekshiruvi

Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida qanday huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar nazarda tutilgan?

Ushbu moddada nazarda tutilgan moliyaviy jarimalar quyidagilarni buzganlik uchun qo‘llaniladi:
1) fiskal belgilarni aks ettirish talablari yoki tartibi;
2) avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash talablari yoki tartibi;
3) soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish talablari yoki tartibi;
4) tovar (mahsulot)larni ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalari.

1️⃣ Fiskal belgilarni aks ettirish bo‘yicha qanday talablar bor?

Taqdim etilgan xarid chekida QR-kod va fiskal belgi bo‘lishi lozim. To‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKT cheki berilishi shart.
PF-5813-son 5-band 2-, 4-xatboshi 06.09.2019
VMQ-943-son 1-ilova 7-band 23.11.2019

2️⃣ Avtomatlashtirilgan o'lchov vositalari bilan jihozlash deganda nima tushuniladi

- ishlab chiqarish hajmini, omborlardagi qoldiqlarni va mahsulot real vaqt rejimida - jo‘natilishini nazorat qilish maqsadida iste’mol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash;
VMQ-737-son 2-ilova 1-band 20.11.2020
- AGTKS va AGQSlarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralar o‘rnatish.
PF-21-son 7-band 10.02.2023

3️⃣Qanday tizimlar soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi kerak

Quyidagilar Soliq qo‘mitasi ma'lumotlar bazasi bilan integratsiya qilinishi lozim:

-
chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasidagi avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar);
VMQ-943-son 1-ilova 4-band 23.11.2019
Marketpleyslar;
VMQ-943-son 1a-ilova 10-band 23.11.2019
- paxta xomashyosi, g‘alla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish axborot tizimlari;
PF-21-son 7-band 10.02.2023
AGTKS va AGQSlaridagi elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralar;
PF-21-son 7-band 10.02.2023

4️⃣ Ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar majburiy raqamli markirovkalashning qanday qoidalariga rioya qilishi kerak

Majburiy raqamli markirovkalash qoidalari quyidagilardan iborat:

- ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni markirovkalashi shart. Raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning chakana yoki ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga (Asl belgisi) ulangan bo‘lishi kerak.
VMQ-737-son 20.11.2020

- chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn-NKTlardan foydalanish taqiqlanadi:
PQ-5252-son 2 "b"-band 4-xatboshi.10.04.2021

- mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari
VMQ-833-son 1-ilova 31.12.2020

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#integratsiya

Hisobga olish dasturlari
(R-Keeper, JOWi, iiko va boshqalar) qanday qilib soliq organlari bilan integratsiya qilinadi?

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi va Davlat reestriga kiritilishi lozim.

Integratsiya qilish va davlat reestriga kiritish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

🔹Hisobga olish dasturlari ishlab chiqaruvchisi integratsiya boʻyicha Fiskal maʼlumotlar operatori (FMO)ga ariza bilan murojaat qiladi;
🔹Arizaga asosan FMO hamda ishlab chiqaruvchi oʻrtasida shartnoma imzolanib
integratsiya amalga oshiriladi hamda qaror (VMQ-943) talablariga muvofiqlashtiradi;
🔹Ishlab chiqaruvchi
integratsiya yakuni boʻyicha xulosa olish uchun ariza bilan FMOga murojaat qiladi;
🔹
Integratsiya belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilganda ijobiy xulosa taqdim etiladi.

Shundan soʻng ishlab chiqaruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar Soliq qoʻmitasiga taqdim qilinadi:

👉Hisobga olish dasturining etalon namunasi;
👉Dasturning muvofiqlik sertifikati;
👉Davlat reestriga kiritish boʻyicha ariza;
👉Shakllantirilgan chek namunasi;
👉Dasturning texnik pasporti;
👉Foydalanish hujjatlari (foydalanuvchi uchun qoʻllanma, va soliq inspektori yoʻriqnomasi);
👉Ariza beruvchining ehtiyot qismlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida kafolat xati;
👉"Kiberxavfsizlik markazi" DUK xulosasi;
👉FMO xulosasi;
👉Dasturning mualliflik huquqi (patent)
.

Vakolatli organ tomonidan hujjatlar o‘rganiladi, kamchiliklar aniqlanmasa reestrga kiritish boʻyicha qaror qabul qilinadi. Shundan so‘ng FMO tomonidan dasturning zavod yoki seriya raqamlari Davlat reestriga kiritiladi. (Kamchiliklar aniqlanganda rad qilinadi, ishlab chiqaruvchi xatolarni to‘g‘rilab qayta murojaat qilishi mumkin).

Dastur bilan bir qatorda dasturga texnik xizmat koʻrsatuvchi markaz (TXKM) ham davlat reestriga kiritilishi zarur. Buning uchun Soliq qo‘mitasiga Davlat reestriga kiritish boʻyicha ariza va quyidagi hujjatlar yuboriladi:

👉Ishlab chiqaruvchi yoxud uning vakolatli vakili bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
👉TXKMning faoliyat yuritish joyi boʻyicha koʻchmas mulkka yoki undan foydalanishga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat(lar);
👉“Call-markaz”ga ega ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot;
👉Dasturga xizmat koʻrsatish boʻyicha malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassis(lar) toʻgʻrisida maʼlumot.

Shundan soʻng TXKM va FMO oʻrtasida fiskal modul bilan taʼminlash toʻgʻrisida shartnoma imzolanadi. TXKM malakali mutaxassisi FMO axborot tizimiga kiritiladi va unga foydalanishga ruxsat beradi, shuningdek, TXKM soʻroviga asosan FMO fiskal modul bilan taʼminlaydi.

👉Integratsiya qilish uchun FMOga xatlar [email protected] manzili orqali yuboriladi.
👉
Xat namunalari.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#integratsiya #markirovka

Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun jarima oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida
belgilandi

Ushbu huquqbuzarliklarga quyidagilar kiradi:

▫️fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish;
▫️tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish.

Huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa, oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 %i miqdorida jarima solinadi.

Avval ushbu huquqbuzarlik realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida (100%) jarima solishga sabab bo‘lar edi.
__________
#интеграция #маркировка

Штраф за правонарушения по статье 227 прим.1 Налогового кодекса установлен в размере 2% чистой выручки в последнем отчетном квартале

К этим правонарушениям относятся:

▫️нарушение установленных законодательством требований или порядка по отображению фискальных отметок либо оснащению автоматизированными измерительными средствами учета или обеспечению интеграции с информационными системами налоговых органов,
▫️нарушение производителями, импортерами и продавцами правил обязательной цифровой маркировки товаров (продукции) средствами идентификации.

При повторном правонарушении в течение года после применения штрафа применяется штраф в размере 20% от чистой выручки.

Ранее эти правонарушения влекли за собой наложение штрафа в размере 100% чистой выручки.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Xat namunalari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads