Salıq xızmeti xabarları
3.25K subscribers
8.65K photos
2.15K videos
161 files
7.48K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#Navroz

Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar, davlat soliq xizmati organlari xodimlari orziqib va sog‘inib kutganimiz yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Navro‘z – sharqona Yangi yil
milliy o‘zligimiz ko‘zgusi, maʼnaviy va madaniy hayotimizning ajralmas qismidir.

Ushbu ayyomda nuroniy otaxon va onaxonlarimizga, aka-uka, opa-singillarimizga, navqiron yoshlarimizga yuksak hurmat-ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Go‘zal va jonajon yurtimizning har yerida dalalar va xiyobonlarda, qishloq va ovullarda, mahalla va ko‘chalarda Navro‘zning dilbar taronalari yangramoqda.

Yurtdoshlarimiz bahor neʼmati va bayram quvonchini o‘zaro baham ko‘rmoqda.

Vatanimiz uzra ko‘klam nafasi kezayotgan mana shunday tarovatli kunlar shukuhi yil davomida hech birimizni tark etmasin.

Shunday betakror damlarda barchamiz tinch va osoyishta hayot hamda xotirjamlik qadrini yanada teranroq his etmoqdamiz.

Bugungi murodbaxsh va fayzli kunlarda azmu shijoatli bobodehqonlarimiz ulkan niyat va rejalar bilan qadrdon dalasi sari yo‘l olmoqda. Yangi mehnat mavsumida dalalarda hosillar mo‘l va barakali, rizqu nasibamiz yanada ziyoda bo‘lsin.

Navro‘zi olamning mazmun-mohiyatida insonni ulug‘lash, uning qadri, izzat-hurmatini joyiga qo‘yish kabi ezgu fazilatlar mujassamdir.

Soliq xizmati organlari ham “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da raqamli transformatsiya islohotlarini davom ettirgan holda tadbirkorlarning yaqin ko‘makchisi va ishonchli hamkori sifatidagi ishlarini yanada jadal davom ettiradi.

Qadimiy va go‘zal bayramimiz – Navro‘zi olam bilan barchangizni yana bir bor chin dildan tabriklayman.

Sharqona Yangi yilimiz har bir xonadonga, jonajon O‘zbekistonimizga tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-omonlik, baxtu saodat hamda fayzu baraka olib kelsin!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Navroz

Murg‘ak qalb egalariga bayram kayfiyati ulashildi

Mehr-muruvvat, saxovat va bag‘rikenglik insoniylik burch sanaladi. Mehrga tashna qalblarga xursandchilik ulashish, ularga ko‘mak berish va e’tibor qaratish xalqimizga xos olijanob fazilatlardan biridir.

Soliq qo‘mitasi mas'ullari mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – Navro‘z arafasida poytaxtimizdagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Mehr-muruvvat” tadbirini tashkillashtirdi.

Tadbir murg‘ak qalb egalariga bir olam quvonch baxsh etdi. Bolajonlar o‘zlarining badiiy chiqishlarini mehmonlarga namoyish etdilar. Kuy-qo‘shiqlarga ulangan bayram tadbirida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sport buyumlari, o‘quv qurollari hamda o‘yinchoqlar ulashildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Navroz

Mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – Navro‘z arafasida poytaxtimizdagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Mehr-muruvvat” tadbiri tashkil etildi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Navroz

Navro‘zi olam muborak!

Hurmatli yurtdoshlar, Soliq xizmati organlari xodimlari yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Milliy o‘zligimiz ko‘zgusi bo‘lgan ushbu ayyom
go‘zal va jonajon yurtimizning har yerida dalalar va xiyobonlarda, qishloq va ovullarda, mahalla va ko‘chalarda keng nishonlanmoqda.

Barcha yurtdoshlarimiz, nuroniy otaxon va onaxonlarimiz, navqiron yoshlarimiz bahor neʼmati va bayram quvonchini o‘zaro baham ko‘rmoqda.

Vatanimiz uzra ko‘klam nafasi kezayotgan mana shunday tarovatli kunlar shukuhi yil davomida hech birimizni tark etmasin.

Bugungi murodbaxsh va fayzli kunlarda
fidoyi dehqon va fermerlarimiz katta orzu-umid bilan yangi mavsumni boshlamoqdalar. Yangi mehnat mavsumida dalalarda hosillar mo‘l va barakali, rizqu nasibamiz yanada ziyoda bo‘lsin.

Ushbu bahor ayyomi – sharqona Yangi
yil har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, bitmas-tuganmas kuch-quvvat va farovonlik olib kelsin. Xalqimizga esa qut-baraka, tinchlik va birdamlik olib kelsin!

Navro‘z yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin! Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Soliq qo‘mitasi Axborot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Navroz

Navro‘zingiz muborak bo‘lsin!

Hurmatli yurtdoshlar barchangizini yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam bilan tabriklayman!

Yurtimizning barcha shahar va tumanlarida, qishloq va ovullarida Navro‘z saylini o‘tkazayotgan yurtdoshlarimizga shu jumladan davlat soliq xizmati organlari xodimlariga yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Shu qutlug‘ ayyomda sizlarning har biringizga Vatan ravnaqi yo‘lida qilayotgan munosib xizmatingiz uchun, chin yurakdan rahmat aytaman.

Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning ko‘rku ziynati bo‘lib kelayotgan Navro‘z bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch bag‘ishlamoqda.

Navro‘z – yangi kun, yangi fasl demakdir. Jonajon O‘zbekistonimiz ham bugun o‘z milliy taraqqiyotining yangi bosqichida dadil odimlamoqda.

Mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehnati bilan shonli tariximizning yangi sahifasi yaralmoqda.

Bunyodkor vatandoshlarimiz vujudidagi kuch-g‘ayrat, azmu shijoat gulgun chehralarida namoyon.

Vatanimiz uzra ko‘klam nafasi ufurib turgan shunday tarovatli damlar shukuhi yil davomida hech birimizni tark etmasin.

Yangi mehnat mavsumida ezgu niyatlar bilan qadrdon dalasiga yo‘l olgan bobodehqonlarimiz dalalarida hosillar mo‘l va barakali bo‘lsin.

Aziz hamyurtlar, Navro‘zi olam bilan barchangizni yana bir bor chin dildan tabriklayman.

Sharqona Yangi yil – Navro‘z har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat hamda qut-baraka olib kelsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads