#soliq_auditi
Soliq auditi – muayyan davr uchun soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning to‘g‘riligini tekshirishdir.
Soliq auditi faqat yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq to‘lovchilarga nisbatan o‘tkazilishi mumkin.
Soliq organlari soliq auditi o‘tkazilishi boshlanishidan kamida 30 kalendar kun oldin soliq to‘lovchiga tekshiruv o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnoma yuborishi lozim.
👉Soliq kodeksi 140-modda
Soliq auditi davomiyligi 30 ish kunidan oshmaydi.
👉Soliq kodeksi 141-modda
Qonuchilikda nazarda tutilgan hollarda soliq auditini o‘tkazish muddati 3 oygacha uzaytirilishi mumkin.
👉Soliq kodeksi 142-modda
Soliq organlari soliq to‘lovchining aynan bitta davr uchun aynan bir xil soliqlar bo‘yicha 1 martadan ortiq soliq auditi o‘tkazishga haqli emas. Soliq auditini o‘tkazishda soliq organiga ma’lum bo‘lmagan yangi holatlar aniqlangan taqdirda soliq organi takroriy soliq auditini tayinlashga haqli.
👉Soliq kodeksi 143-modda
O‘tkazilgan soliq auditi natijalariga ko‘ra dalolatnoma tuziladi.
Soliq auditi dalolatnomasi va boshqa materiallar ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha soliqlar va penyalar qo‘shib hisoblash, javobgarlikka tortish yoki buni rad etishni nazarda tutuvchi soliq organi qarori qabul qilinadi:
👉Soliq kodeksi 156 va 159-modda.
Soliq organining qo‘shimcha soliq hisoblash va jarimalarni qo‘llash haqidagi qarori ustidan yuqori turuvchi organga shikoyat qilish mumkin.
Yuqori turuvchi organga shikoyat berilganda, shikoyat berilgan soliq organi qarorining ijrosi, shu jumladan qaror bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar, penyalar va jarimalarni undirish, yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qaror qabul qilingunga qadar to‘xtatib turiladi.
👉Soliq kodeksi 231-modda
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram