Salıq xızmeti xabarları
3.24K subscribers
8.66K photos
2.15K videos
161 files
7.48K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#Yoshlar_kuni

Yoshlar kuni munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev va yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda davlat soliq xizmati tizimida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar hamda DSQ huzuridagi Fiskal instituti talabalari ishtirok etmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi bilan yoshlar uchrashuvi ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Tadbir avvalida Sherzod Davlyatovich bugungi kunda yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyish etishi uchun barcha sharoitlar muhayyo ekanligini ta'kidladi.

"Men har doimgidek oldindan belgilangan ssenariylardan chekingan holda erkin, dildan suhbat qilish uchun keldim.

Men sizlar bilan rahbar sifatida emas, o‘z uka-singillarim bilan samimiy muloqot qilish niyatidaman", dedi Sherzod Kudbiyev.
__________
#День_молодежи

По случаю Дня молодежи проходит встреча председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева с молодежью.

В мероприятии принимают участие молодые сотрудники органов государственной налоговой службы и студенты Фискального института при ГНК.

С первых минут встречи с председателем ГНК участники ощутили мощный эмоциональный заряд.

В первую очередь, Шерзод Кудбиев отметил, что сегодня у молодежи есть все условия и возможности, чтобы раскрывать свой потенциал и развивать таланты.

"Я пришел сюда побеседовать с вами не по запланированному сценарию, а открыто и по душам.

Я намерен вести диалог с вами не как руководитель, а пообщаться искренне как с младшими братьями и сестрами", - подчеркнул Шерзод Кудбиев.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#yoshlar_kuni

Yoshlik — umrning bahori, g‘ayrat-shijoat fasli

Yoshlik — inson umrining bahori, betakror, azmu shijoatga to‘la faslidir. Yoshlik kelgusi umrning qay manzil tomon yo‘nalishini hal etadigan muhim palladir. Yurakda muhabbat, tafakkurda bitmas-tuganmas g‘oyalar jo‘sh urgan bu davrda inson o‘zini dunyoni o‘zgartirishga qodir his qiladi. Ana shu jurʼat insoniyatni buyuk ixtirolar, ilm-fanda ulkan muvaffaqiyatlar qilishga undaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlik — dunyoni yangilashga, odamzodning hayot tarzini yana-da yaxshilashga hissa qo‘shishdek ulug‘ ishda qatnashish uchun har birimizga berilgan takrorlanmas imkoniyatdir.

Bugun yurtimiz yoshlari ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, Yangi O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga doston qilayotir.

Shu o‘rinda taʼkidlash joiz, Prezidentimiz boshchiligida bugun yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, mamlakat ertasi bo‘lmish yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini erkin namoyon qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda. O‘z navbatida, yoshlar ham bu imkoniyatlarga ilm-fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa ko‘plab sohalarda erishayotgan yutuqlari, olamshumul g‘alabalari bilan munosib javob qaytarishga harakat qilayotir.

Davlat soliq xizmati organlarida ham asosiy kuch bu — yosh kadrlar hisoblanadi. Ularning ishchanligi, izlanishga, o‘rganishga bo‘lgan baland ishtiyoqi boshqa xodimlarni ham g‘ayrat bilan mehnat qilishga, yoshlardan ortda qolmay samarali faoliyat olib borishga undaydi. Hozirda davlat soliq xizmati organlarida 2 ming nafardan ziyod 30 yoshgacha bo‘lgan xodim xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yurtimizning barcha mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, sport va boshqa sohalar bo‘yicha turli tanlovlar o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlash ishlariga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda Respublikamiz miqyosida 753 ming nafardan ziyod yosh tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda. Shundan 90 mingga yaqini korxona rahbari, 52 mingdan ziyodi yakka tartibdagi tadbirkor, 611 mingdan ortig‘i o‘zini o‘zi band qilgan yoshlardir.

30-iyun — Yoshlar kuni bilan Yangi O‘zbekistonning ertasi bo‘lgan uka-singillarimni samimiy muborakbod etaman!

Shu muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, yurtimizni dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishdek nihoyatda sharafli ishda yoshlarga ishonishimizni, ularga suyanishimizni taʼkidlab, mana shu masʼuliyatli vazifani vijdonan, sidqidildan ado etishda barcha yoshlarga kuch-quvvat, ulkan zafarlar tilayman.

Aziz yoshlar, umrning bahorini, g‘ayrat-shijoat faslini munosib yashang! Bayram muborak bo‘lsin!

Sherzod KUDBIYEV,
Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram