Salıq xızmeti xabarları
2.32K subscribers
9.07K photos
2.28K videos
172 files
7.84K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#hayit #9_may

Urush qatnashchilari holidan xabar olinmoqda

Yurtimizda keksalarni eʼzozlash ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish ezgu anʼanaga aylangan.

Ramazon hayiti hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Davlat soliq qo‘mitasi va Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Buxoro shahrining “Shirbudin” mahallasida yashovchi 94 yoshli Reyda Resutovaning xonadonida bo‘lib, onaxonni bayram bilan tabrikladi hamda esdalik sovg‘alarni topshirdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hayit #9_may

Urganchlik 99 yoshli urush qatnashchisiga ehtirom ko‘rsatildi

Keksalar holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri sanaladi.

Davlat soliq qo‘mitasi va Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati urganchlik 99 yoshli urush qatnashchisi Sobir ota Qurbonov xonadonida bo‘ldi.

Suhbat jarayonida Sobir ota Qurbonov davlatimiz rahbari tomonidan urush va mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi. Tinchlik va osoyishtalik — ulug‘ neʼmat. Ular mujassam bo‘lgan joyda taraqqiyot va rivojlanish barqaror bo‘lishi ta‘kidlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#9_may

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari hamda Nukus shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Nukus shahrilik Qadirbay Narmanovning oilasida mehmon bo‘lib, faxriyni bayram bilan tabrikladi.

Ular urush va mehnat faxriysini yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni bilan qizg‘in qutlab, esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

⚡️Uchrashuv davomida otaxon vatan ozodligi uchun kechgan janglar, urushdan keyingi qizg‘in mehnat faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi.

Yuz bilan yuzlashayotgan Qadirboy bobo bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish kerakligi haqida ta’kidlab o‘tdi.


telegram | facebook | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#9_may

📍Qaraqalpaqstan Respublikası mámleketlik salıq basqarması baslıǵınıń birinshi orınbasarı hám Nókis qalalıq mámleketlik salıq inspekciyası baslıǵı Ekinshi jáhán urısı qatınasıwshısı 🎖Qádirbay Narmanovtıń shańaraǵında mıymanda bolıp, bayram menen qutlıqlap estelik sawǵaların tapsırdı.

telegram | facebook | instagram
#9_may

Aziz vatandoshlar, muhtaram faxriylar, Sizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 79 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Siz, azizlarga va sizlarning timsolingizda butun xalqimizga oʻzimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Mana shu qutlugʻ kunda eng avvalo urush maydonlaridan qaytmagan minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib, ruhi poklariga hurmat bajo keltiraman. Ularning xotirasi abadiy, jasorati mangudir!

Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimizning mustahkamligi uchun jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun ham yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan muhtaram faxriylarimiz oldida taʼzim qilaman.

Shu kunlarda yurtimizning barcha goʻshalarida Xotira maydonlari toʻlib-toshgan, urushda halok boʻlgan vatandoshlarimiz yod etilmoqda, faxriylar holidan xabar olinmoqda. Zero, Sizlarning va marhum safdoshlaringiz sadoqati tufayli osmonimiz musaffo, koʻnglimiz xotirjam, farzandlarimiz baxtiyor va chehralari gulgun.

Hurmatli faxriylar, ushbu qutlugʻ ayyom munosabati bilan Sizlarni yana bir bor tabriklayman.

Hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9_may

Davlat soliq xizmati organlarida kasbini ulug‘lagan ustozlar hamisha e’zozda

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan soliq xizmati organlarida uzoq yillar xizmat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan soha faxriylari va bemor hamkasblar holidan xabar olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads