Salıq xızmeti xabarları
2.37K subscribers
8.92K photos
2.25K videos
171 files
7.73K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #jismoniy_shaxs #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha

✔️Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi;

✔️tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki YaTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarini soliqqa tortish tartibi saqlab qolindi.

🔁 Turar joy fondi obyektlariga, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylariga 2021-yilda amal qilgan soliq stavkalari 1,1 baravarga indeksatsiya qilindi.

Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 %dan 3 %ga tushirildi.

❗️2022-yilda jismoniy shaxslar uchun 2018 yilda belgilangan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq miqdori, 2021 yil uchun hisoblangan soliq miqdoridan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etildi. Ushbu imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ular 23 yoshga to‘lgunga qadar davlat tomonidan ajratilgan turar-joy xonalariga tatbiq etiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram