Salıq xızmeti xabarları
3.28K subscribers
8.65K photos
2.15K videos
159 files
7.47K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#savol_javob

- Yakka tartibdagi tadbirkorlar xorijdan quyosh batareyalari xarid qilish va ularni jismoniy shaxslarga sotish bilan shug‘ullanishi mumkinmi? Bu sohada qanday yangi soliq majburiyati va imtiyozlar mavjud

- Tovarlarni import qilish va ular bilan chakana savdo qilish yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilgan.
(quyidagilar bundan mustasno:
▫️qurilish materiallari;
▫️sement;
▫️shifer;
▫️yog‘och va yog‘och mahsulotlari;
▫️o‘simlik moyi;
▫️alkogolli va tamaki mahsulotlari;
▫️neft mahsulotlarining barcha turlari;
▫️qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlar;
▫️audiovizual asarlar;
▫️fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar;
▫️yangi import avtomobillar;
▫️farmatsevtika tovarlarini sotish).

Bunda olib kirilayotgan tovarlarning narxi bir oyda 5000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmaslik shart.
👉VMQ-850 ilovasi 22.10.2018-yil

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi YaTTlarga nisbatan AOS tatbiq etilmaydi.
👉Soliq kodeksi 461-modda 2-qism 1-band

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi YaTTlar qaysi sana oldinroq kelishiga qarab import shartnomasi tuzilgan yoki tovarlar olib kirilgan (import qilingan) sanadan boshlab QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda 15-qism

Ushbu vaziyatda, YaTTlar bir oy davomida 5 000 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda quyosh batareyalarini import qilishlari mumkin, bunda ular QQS to‘lovchisi sifatida tan olinadi.

Soliq kodeksiga asosan, YaTTlar tomonidan quyosh batareyalari realizatsiyasi uchun soliq imtiyozlari nazarda tutilmagan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob

🔴Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) yollangan ishchilar uchun qanday soliqlarni to'laydi

🔵Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar (YaTT xodimlari) uchun YaTT:

▫️xodiming ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, majburiy tartibda har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida ijtimoiy soliq toʻlaydi (BHM = 300 000 soʻm 2022-yil 1- iyundan).
👉Soliq kodeksi 408-modda

✔️Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va to‘lov manbaida ushlab qolinadi (MHTEKM = 920 000 soʻm 2022-yil 1-iyundan).
👉Soliq kodeksi 385-modda
___________
#вопрос_ответ

🔴 Какие налоги платит индивидуальный предприниматель (ИП) за нанятых работников

🔵 За физических лиц, состоящих в трудовых отношениях с индивидуальным предпринимателем (являющихся работниками ИП):

▫️в обязательном порядке независимо от количества проработанных дней уплачивается социальный налог в размере 50 процентов базовой расчетной величины в месяц (БРВ = 300 000 сумов c июня 2022 года).
👉 ст.408 НК

✔️Налог на доходы с физических лиц, состоящих в трудовых отношениях с индивидуальным предпринимателем, исчисляется и удерживается налоговыми агентами у источника выплаты (МРОТ = 920 000 сумов c июня 2022 года).
👉 ст.385 НК

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob

- Soliq auditi davomida tekshiruvchilar tomonidan tekshirilayotgan yuridik shaxsdan 1C tizimiga kirish va bank hisobvarag‘i haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishga ruxsat berish talab qilingan. Bu talablar ularning vakolatlariga qay darajada mos keladi

- Soliq auditini o'tkazishda soliq organlari tekshirilayotgan shaxsdan soliq tekshiruvi o'tkazish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni talab qilishga haqli.
👉 VMQ-1 2-ilova 19-band 07.01.2021

Soliq organlari soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni (axborotni), shu jumladan elektron tarzda taqdim etishini talab qilishga haqli.
👉Soliq kodeksi 26-modda

Bularga quyidagi hisob hujjatlari kiradi:
▫️soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lgan boshlang‘ich hujjatlar;
▫️buxgalteriya hisobi registrlari;
▫️boshqa hujjatlar.
👉Soliq kodeksi 76-modda

Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
👉Soliq kodeksi 22-modda 1-band

Soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq to‘lovchilar majburiyatlari:
▫️soliq organlarining tekshirish bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarish, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik;
▫️tekshiruvni o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga tekshiruv bilan bog‘liq, shu jumladan, elektron axborot manbalarida saqlanadigan ma'lumotlar, hujjatlar va axborotni o‘rganish hamda tahlil qilish imkoniyatini ta’minlash;
▫️tekshiruvni o‘tkazuvchi mansabdor shaxsning talabiga ko‘ra soliq to‘lovchi elektron shaklda tuzilgan hujjatlarning qog‘ozdagi ko‘chirma nusxalarini taqdim etishi shart, EHFlarning axborot tizimida ro‘yxatga olingan EHFlar bundan mustasno.
👉VMQ-1 2-ilova 18-band 07.01.2021

Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, soliq to‘lovchilar soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organi mansabdor shaxsining talabiga binoan soliqlar va yig‘imlarni hisoblash va to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni (axborotlarni), shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

Soliq organlari kameral yoki sayyor soliq tekshiruvi paytida, shuningdek soliq monitoringi davomida ilgari taqdim etilgan hujjatlarni talab qila olmaydi.

👉 Soliq to‘lovchilarning huquqlari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob #onlayn_NKM

Barcha tadbirkorlar uchun 2D-skanerlardan foydalanish majburiymi

Faqat raqamli markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual-kassa mashinalariga ulangan maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘ish terminallari va boshqalar) foydalanishi shart

Bunday qurilmalar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlaydi.

Ushbu talab Prezident qaroribilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab o‘rnatilgan.

Raqamli markirovkaga ega mahsulotlar chakana savdosi bilan shug‘ullanmaydigan tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatida ixtiyoriy asosda 2D-skanerlardan foydalanishi mumkin.

Muhim ❗️2023-yil 1-yanvardan chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn-NKTlardan foydalanish taqiqlanadi.
👉PQ-5252-son 4.10.2021

‼️Shtrix-kod va raqamli markirovka kodlarini o'qish imkoniga ega qurilmalar sotib olganlar uchun imtiyoz nazarda tutilgan.

👉2D-skanerlardan foydalanishning qulayligi nimada?

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob 📃📃

🔴 Soliqqa oid huquqbuzarliklar bo`yicha qo`llanilgan moliyaviy jarimalar bo`yicha qanday yengilliklar bеrilgan?

🟢Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror bo`linganda va soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish to`g`risidagi qarori olingan kundan e`tiboran o`n kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to`langanda jarima miqdori Soliq kodеksining tеgishli moddalarida bеlgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
#savol_javob #mol_mulk_soligi

🔴 Bank krediti asosida koʻp kvartirali uy xarid qilganman. Menga ushbu kvartira uchun mol-mulk soligʻidan imtiyoz bormi?

🔵 2020-yil 1-iyulgacha
“2017-2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”ni amalga oshirish doirasida “Ipoteka bank” ATIB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini toʻlab boʻlgunga qadar sotib olingan kvartiralar boʻyicha jismoniy shaxslar (qarzdorlar) mol-mulk soligʻidan ozod qilinadi.
👉PQ-2660 17-bandi “a” kichik bandi 22.11.2016-yil

👉Ipoteka krediti oylik ish haqidan toʻlansa, daromad soligʻidan imtiyoz beriladimi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob #AOS

🔴 AOS* toʻlovchi xodimlariga ish haqini natura shaklida toʻlaganda AOS boʻyicha soliq majburiyati yuzaga keladimi?

🔵 Soliq agentlari tomonidan oʻz xodimlariga natura shaklida ish haqi toʻlanganda, tovar qiymati soliq toʻlovchining jami daromadi tarkibiga, yaʼni AOS boʻyicha soliq solish bazasiga kiritiladi va belgilangan tartibda AOS toʻlanadi.
👉Soliq kodeksi 297-modda

Eslatma: fevral oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni – 15-mart
👉
Soliq kodeksi 470-modda

*aylanmadan olinadigan soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob

🔴 Men ulgurji savdo bilan shugulanmoqchiman. Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lib uy manzilimda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi va qanday tartibda soliq to‘layman?

🔵 Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs
sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar shug‘ullanishlari mumkin.
👉VMQ-407 26.11.2022-yil

Yuridik shahslar tomonidan ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanganda AOS yoki QQS va foyda solig‘ini to‘lashni tanlashi mumkin.

Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshganda majburiy tartibda foyda va QQS to‘lovchisi hisoblanadi.
________________
#вопрос_ответ

🔴 Я хочу заниматься оптовой торговлей. Могу ли я зарегистрироваться в качестве индивидуального предпринимателя по месту проживания и в каком порядке буду уплачивать налоги?

🔵Оптовой торговлей могут заниматься хозяйствующие субъекты, зарегистрированные в качестве юридических лиц.
👉ПКМ № 407 от 26.11.2002 г.

Юридические лица, осуществляющие оптовую торговлю, могут по выбору уплачивать налог с оборота или налог на прибыль и НДС.

Если юрлицо является плательщиком налога с оборота и его доход от реализации товаров (услуг) за налоговый период превысит 1 млрд сумов, то он в обязательном порядке признается плательщиком налога на прибыль и НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob

🔴 Korxonalar yuridik manzilini o‘zgartirishda yoki boshqa korxona tarkibiga qoʻshilish jarayonida Davlat xizmatlari markazida taqiq mavjudligi aniqlansa, qanday bartaraf etiladi?

🔵 Yuridik shaxs manzilini o‘zgartirish, shuningdek, yuridik shaxsni boshqa yuridik shaxsga qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda quyidagi holatlar rad etish uchun asos bo‘ladi:
🔹yuridik shaxsning BHMning 50 baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud boʻlsa;
🔹amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmi soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganda;
🔹soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi aniqlanganda;
👉 VMQ-66 09.02.2017-yil

Bunda mavjud kamchiliklar yuridik shaxslar tomonidan bartaraf qilinganda yoki asoslantirilganda qayta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilishi mumkin.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
#savol_javob

🔴Jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan noturarjoy sotilsa, jismoiny shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadimi?

🔵 Soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan noturar joylarni sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.

Bunda noturar joyni sotib olish va sotish o‘rtasidagi ijobiy farq summasidan daromad solig‘i hisoblanadi.

Noturar joyni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.

Soliq kodeksi 375-modda
____________
#вопрос_ответ

🔴Начисляется ли налог на доходы при продаже нежилого помещения, принадлежащего физическому лицу?

🔵 Доходы от продажи нежилых помещений, принадлежащих налогоплательщику на праве частной собственности, облагаются налогом на доходы физических лиц.

В этом случае налог на доходы исчисляется исходя из суммы положительной разницы между ценой реализации нежилого помещения и стоимостью его приобретения.

При отсутствии документального подтверждения
стоимости приобретения нежилого помещения доходом признается положительная разница между ценой реализации и кадастровой стоимостью.

👉ст.375 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter