Salıq xızmeti xabarları
3.2K subscribers
8.68K photos
2.16K videos
163 files
7.5K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#soliq_hisobotlari #soliq_imtiyozlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.08.2021-yildagi PQ-5232-son qaroriga asosan 2021-yil 1-sentabrdan boshlab, 2021-yil 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilindi.

📧 Imtiyozlardan foydalanish uchun yer solig‘i hisob-kitobi va mol-mulk solig‘i joriy to‘lovi ma’lumotnomasida soliq imtiyozini qo‘llagan holda 2021-yil uchun aniqlashtirilgan qayta hisobot (ma’lumotnoma) taqdim etishlari kerakligi haqida soliq to'lovchilar shaxsiy kabinetlariga xabarnoma jo'natildi.

Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan qo‘llanmalar quyidagi havolalarda

👉 yer solig‘i hisob-kitobi
👉 mol-mulk solig‘i joriy to‘lovi ma’lumotnomasi
#qonunchilikdagi_yangiliklar #soliq_hisobotlari

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

2022-yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

🔹Foyda solig‘ining bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha maʼlumotnoma taqdim etish va to‘lash tartiblari o‘zgarishsiz qoldi;

Soliq to‘lovchilar 2022-yil I choragi uchun 10-yanvarga qadar foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risida maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega;
Jami daromad summasi 5 mlrd so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini har oyning 23-kunidan kechiktirmay to‘lashlari lozim;

🔹QQS hamda Aylanmadan olinadigan soliqlarning hisobot davri oylik etib belgilandi;

🔹Ushbu soliq turlari bo‘yicha stavkalar o‘zgarishsiz qoldi;

🔹Soliq organlariga, agar bitimning narxi tovar (xizmat)larning bozor qiymatidan past bo‘lsa, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq bazasiga tuzatish kiritish huquqi berildi;

Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tish tartiblari ham aniqlashtirilmoqda.

👉QQS to‘lashga o‘tishning yangi tartiblari bilan bu yerda tanishing!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hisobotlari #MHXS

MHXS hisobot shakllari qachon topshiriladi?

✔️Prezidentimizning 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son qarori 8-bandiga asosan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga o‘tgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar” soliq hisobot shakllari joriy qilingan.

👉DSQning 28.01.2020-yildagi 2020-03-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori 13-ilova. AV-3221-son, 24.02.2020-y.

📑Mazkur hisobot shakllari *MHXSga ga o‘tgan soliq to‘lovchilar tomonidan 1 yilda 1 marta hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etadi.

✍️Ushbu shakllar MHXSda belgilangan me’yorlar asosida to‘ldiriladi.

📌Eslatma! Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga o‘tgan yuridik shaxslar buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.

*MHXS - moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari
#soliq_hisobotlari #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer solig‘i hisobotlaridagi o‘zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining Axborot xati hamda soliq to‘lovchilar tomonidan kelib tushgan so‘rov va takliflar asosida yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari hisobot shakllariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

🏕Jumladan, yuridik shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha bir obyekt doirasida joylashib, yer maydon toifasi turlicha bo‘lgan, shuningdek, pasaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llanilishi lozim bo‘lgan yer maydonlarini alohida kiritish imkoniyati yaratildi.

Maʼlumot uchun, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i hisobotini 10510_12 sonli (oylik) va 10510_13 sonli (chorak) paket raqamli shakllarda taqdim etishlari mumkin (yer solig‘i hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma)

🏠Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha maʼlumotnoma shaklida eng kam qiymat tatbiq qilinmaydigan ko‘chmas mulk obyektlarining maydoni, eng kam qiymatning kamaytiruvchi koeffitsiyenti alohida aks etirilishi imkoniyati yaratildi.

Endilikda tadbirkorlik subyektlari:

🔹suv haydash minoralari,

🔹rezervuarlar,

🔹soyabonlar,

🔹beton maydonchalar va devorlar (bordyurlar)

🔹boshqa shunga o‘xshash obyektlarni maʼlumotnoma shaklining 2-ilovasida mustaqil kiritishlari mumkin (mol-mulk solig‘i maʼlumotnoma shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma).

Eslatib o‘tamiz, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘iga aniqlashtirilgan maʼlumotnomani 1-aprelga qadar taqdim etgan korxonalarga nisbatan penya hisoblash ko‘rinishidagi javobgarlik chorasi qo‘llanilmaydi.

Maʼlumot uchun, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i hisobotini 10401_23 sonli (oylik) va 10401_21 sonli (chorak) paket raqamli shakllarda taqdim etishlari mumkin.

Yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha imtiyozga ega korxonalar egaligidagi imtiyozga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini hisobotda aks ettirish uchun shaxsiy kabinetidan Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali murojaat qilishi lozim.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi #soliq_hisobotlari

📹Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉
Youtube orqali ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hisobotlari

Soliq hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanmalar:

👉QQS
👉Foyda solig'i
👉Mol-mulk solig'i
👉Yer solig'i
👉Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
👉JShODS va ijtimoiy soliq

Soliq hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanmalar:

👉QQS
👉AOS
👉JShODS va ijtimoiy soliq
__________
#налоговая_отчетность

Инструкции по заполнению налоговой отчетности:

👉НДС
👉Налог на прибыль
👉Налог на имущество
👉Земельный налог
👉Налог за пользование водными ресурсами
👉НДФЛ и социальный налог

Видеоинструкции по заполнению налоговой отчетности:

👉НДС
👉Налог с оборота
👉НДФЛ и социальный налог

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hisobotlari

JShShODS hisobotida yangi ustunlar

🔄Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobotining 5-ilovadasiga ikkita ustun qo‘shildi:
▫️“Ish o‘rni tashkil qilingan sana” - 4-ustun
▫️“Ish o‘rni” - 10-ustun.

4-ustun “Ish o‘rni tashkil qilingan sana”:
🔸agar ish o‘rni 2022-yil 1-yanvargacha tashkil qilingan bo‘lsa “01.01.2022-yil” sanasi ko‘rsatiladi;
🔸agar ish o‘rni joriy yilda tashkil etilgan bo‘lsa, tashkil qilingan sana ko‘rsatiladi.

10-ustun - “Ish o‘rni”:
🔸agar xodim joriy yil boshidan doimiy ishlayotgan bo‘lsa “1” raqami qo‘yiladi;
🔸agar xodim 01.01.2022 yil holatiga mavjud bo‘lgan vakant lavozim hisobiga qabul qilingan bo‘lsa “2” raqami qo‘yiladi;
🔸agar xodim joriy yilda yangi yaratilgan ish o‘rni hisobiga qabul qilingan bo‘lsa “3” raqami qo‘yiladi;
🔸agar xodim joriy yilda mavsumiy ish o‘rini hisobiga qabul qilingan bo‘lsa “4” raqami qo‘yiladi.

❗️Mazkur ustunlar majburiy ustunlar hisoblanadi, ular to‘ldirilmagan taqdirda hisobot yuborish imkoniyati cheklanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_seminar #soliq_hisobotlari

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari bugun, 🗓 2022-yil 7-aprel kuni “Foyda solig‘i hisobotlariga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirish berish” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
______________________
#онлайн_семинар #налоговая_отчетность

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится сегодня, 🗓 7 апреля 2022 года на тему "Разъяснения об изменениях в налоговой отчетности по налогу на прибыль".

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 15:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hisobotlari

Foyda solig‘i hisobot shakllari to‘ldirildi

Foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti quyidagi shakllarni o‘z ichiga oladi:

🔹Foyda solig‘i hisob-kitobi (paket kodi 10205_35);
🔹Foyda solig‘i hisob-kitobi SRP (paket kodi 10205_34);
🔹Foyda solig‘i hisob-kitobi Sug‘urta (paket kodi 10205_33);
🔹Soliq agentlari tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobi (paket kodi 10202_8);
🔹Norezidentlarning daromadidan soliq agenti tomonidan to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi (paket kodi 10307_5).

Hisobot shakllariga quyidagi o‘zgarishlar kiritilgan:

▫️Sug‘urta korxonalari hamda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilari uchun soliq solishning o‘ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqib alohida hisobot shakli ishlab chiqildi.
▫️Foyda solig‘i hisob-kitobi bo‘yicha qo‘llanilgan investitsiyaviy chegirma summasini 2-ilovada (xarajatlar) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi tarkibida 01061-satrda aks ettirish belgilandi (bundan oldin hisob-kitobning 020-satrida qo‘llanilgan investitsiyaviy chegirma avtomatik chegirilishi ko‘zda tutilgan edi).
▫️Soliq stavkasi 1-ilovada (jami daromadlar) faoliyat turlarini tanlash orqali avtomat shakllanishi belgilandi.
▫️Soliq kodeksi 347-moddasi 10-qismiga kiritilgan o‘zgartirishga asosan faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentning soliqni to‘lagandan keyin o‘z tasarrufida qoladigan sof foydasi dividendlarga tenglashtirilganligi hamda shu orqali ularga qo‘shimcha soliq majburiyati yuklatiganligi sababli hisob-kitob tegishliligicha 120-140-satrlar bilan to‘ldirildi.
▫️Hisobotning 4-ilovasiga (imtiyozlar) faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan soliq stavkasini kamaytirish tarzida berilgan imtiyozlarni alohida aks ettirish maqsadida 050-056 satlar qo‘shimcha sifatida kitirildi. Bunda, mazkur satrlarda soliq stavkasi pasaytirilishi hisobiga soliq bazasini kamaytiradigan foyda summasi aks ettirilishi lozim.
▫️Soliq kodeksining 333-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga asosan ko‘rilgan zararlarni soliq davridan keyingi o‘n yil mobaynida kelgusiga o‘tkazish amaliyoti bekor qilinganligi sababli hisobotning 6-ilovasidan (Joriy soliq davridagi soliq solinadigan foydani kamaytiradigan o‘tgan yillar zarari summasining hisob-kitobi) mos ravishda 0106-0110, 0606-0611-sartlar hamda 7-ilovadan (Operatsiyalarning ayrim turlari bo‘yicha zararlarni o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari) 0101-0110, 0801-0810-satrlar chiqarib tashlandi.
▫️Norezidentlarning daromadidan soliq agenti tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi bo‘yicha soliq ma’murchiligini ta’minlash maqsadida, hisob-kitobning 1-ilovasi soliq agentlari tomonidan norezidentlarga to‘lab berilgan har bir daromadni aks ettirish bo‘yicha qo‘shimcha ustun bilan to‘ldirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram