Salıq xızmeti xabarları
3.17K subscribers
8.71K photos
2.16K videos
167 files
7.52K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_qarzi

🔹Tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi.

🔹 Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha to‘xtatiladi.

👩🏻‍💻 Bu imkoniyatdan foydalanish uchin shaxsiy kabinetdan murojaat yuboriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_qarzi

Soliq qarzi va unga nisbatan koʻriladigan choralar

Soliq qarzi – bu soliq hisobotlari yoki soliq tekshiruvlari boʻyicha hisoblangan va belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlar, boʻnak va joriy toʻlovlar yoki moliyaviy sanksiya va penyalar.

Soliq qarzini toʻlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
▫️ soliqlar summasi;
▫️ hisoblangan penyalar;
▫️ jarimalar.
👉 Soliq kodeksi 55-modda

Soliq kodeksida har bir soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari belgilangan.
Misol uchun:
QQS boʻyicha – oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirilmagan muddatda hisobot taqdim etilishi va soliq toʻlanishi shart
👉 Soliq kodeksi 273-modda;

AOS boʻyicha –
- oy yakunlari boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan,
- yil yakunlari boʻyicha keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay hisobot taqdim qilinadi va toʻlov amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 470-modda;

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlari joriy yil uchun toʻlovlar teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 423- va 440- moddalar.

Soliq qarziga nisbatan qanday choralar koʻriladi?

Yuridik shaxslar va YTTlarga nisbatan:
▫️soliqlarni toʻlash muddati oʻtganidan keyin 3 kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuboriladi va soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilmagan boʻlsa, ularning bank hisobvaraqlariga soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomalari qoʻyiladi;
👉 Soliq kodeksi 117- va 121-moddalar

▫️tan olingan soliq qarzi boʻyicha, yaʼni soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma berilgan sanadan boshlab 10 kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan eʼtiroz bildirilmagan taqdirda yuridik shaxslarning mol-mulklariga nisbatan taqiq qoʻyiladi va 15 kalendar kun ichida toʻliq bajarilmagan taqdirda soliq organining qarori bilan mol-mulki xatlanishi mumkin;
👉 Soliq kodeksi 60- va 114-moddalar

Yuridik shaxs va YATT tomonidan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran 60 kalendar kun ichida soliq qarzi toʻlanmagan taqdirda soliq organi qarori asosida undiruv soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratiladi va qaror Majburiy ijro byurolariga yuboriladi.
👉 Soliq kodeksi 119- va 123-moddalar

Jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi 1 mln soʻmdan oshgan taqdirda, soliq organi soliq qarzini undirish yuzasidan sudga ariza kiritadi va sud qarori ijrosi Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 125-modda

Penya nima?

Penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda aybdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.
Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasi (14%) ning 1/300ga teng etib qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Misol uchun, 10 mln soʻm miqdoridagi soliq qarzi uchun 1 kunga penya quyidagi tartibda hisoblanadi: 10 000 000 x (14%/300) = 4 666,67 soʻm, soliq qarzini toʻlash bir kunga kechiktirilganda 5 ming soʻm atrofida penya hisoblanadi.
❗️Hisoblangan penyalar ham soliq qarzi hisoblanadi va soliq organlari tomonidan yuqorida qayd qilingan majburiy undiruv choralari qoʻllaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzi 1,4 trln so‘mdan oshdi

2024-yil 1-may holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi (100 mln so'mdan yuqori) mavjud korxonalar soni 1 116 ta bo‘lib, ularning jami qarzdorligi – 1 487,2 mlrd so'm. Shundan, 477,3 mlrd so‘mi, ya'ni 32,1 %i soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

📊Hududlar kesimida ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari – TOP-3:

📍Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI – 998,8 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati – 98,4 mlrd so‘m;
📍Toshkent shahri – 61,9 mlrd so‘m.

🟢telegram 🔴 facebook  🔵  instagram  🟠 youtube
#soliq_qarzi

Soliq qarzi va unga nisbatan koʻriladigan choralar

Soliq qarzi – bu soliq hisobotlari yoki soliq tekshiruvlari boʻyicha hisoblangan va belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlar, boʻnak va joriy toʻlovlar yoki moliyaviy sanksiya va penyalar.

❗️Qarzdorlikni Soliq mobil ilovasining "Soliq biznes" bo‘limida ko‘rish mumkin.

Soliq qarzini toʻlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
▫️ soliqlar summasi;
▫️ hisoblangan penyalar;
▫️ jarimalar.
👉 Soliq kodeksi 55-modda

Soliq kodeksida har bir soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari belgilangan.
Misol uchun:
QQS boʻyicha – oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirilmagan muddatda hisobot taqdim etilishi va soliq toʻlanishi shart
👉 Soliq kodeksi 273-modda;

AOS boʻyicha –
- oy yakunlari boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan,
- yil yakunlari boʻyicha keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay hisobot taqdim qilinadi va toʻlov amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 470-modda;

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlari joriy yil uchun toʻlovlar teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 423- va 440- moddalar.

Soliq qarziga nisbatan qanday choralar koʻriladi?

Yuridik shaxslar va YTTlarga nisbatan:
▫️soliqlarni toʻlash muddati oʻtganidan keyin 3 kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuboriladi va soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilmagan boʻlsa, ularning bank hisobvaraqlariga soliq organlari tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali inkasso topshiriqnomalari qoʻyiladi;
👉 Soliq kodeksi 117- va 121-moddalar

▫️tan olingan soliq qarzi boʻyicha, yaʼni soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma berilgan sanadan boshlab 10 kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan eʼtiroz bildirilmagan taqdirda yuridik shaxslarning mol-mulklariga nisbatan taqiq qoʻyiladi va 15 kalendar kun ichida toʻliq bajarilmagan taqdirda soliq organining qarori bilan mol-mulki xatlanishi mumkin;
👉 Soliq kodeksi 60- va 114-moddalar

Yuridik shaxs va YATT tomonidan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran 60 kalendar kun ichida soliq qarzi toʻlanmagan taqdirda soliq organi qarori asosida undiruv soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratiladi va qaror Majburiy ijro byurolariga yuboriladi.
👉 Soliq kodeksi 119- va 123-moddalar

Jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi 1 mln soʻmdan oshgan taqdirda, soliq organi soliq qarzini undirish yuzasidan sudga ariza kiritadi va sud qarori ijrosi Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 125-modda

Penya nima?

Penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda aybdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.
Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasi (13,5%) ning 1/300ga teng etib qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Misol uchun, 10 mln soʻm miqdoridagi soliq qarzi uchun penya quyidagi tartibda hisoblanadi:
🧮10 000 000 x (13,5%/300) = 4 500.
Soliq qarzini toʻlash bir kunga kechiktirilganda 4,5 ming soʻm penya hisoblanadi.
❗️Hisoblangan penyalar ham soliq qarzi hisoblanadi va soliq organlari tomonidan yuqorida qayd qilingan majburiy undiruv choralari qoʻllaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_qarzi

Penya nima?


Penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda aybdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.

Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasi (13,5%) ning 1/300ga teng etib qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Misol uchun, 500 ming soʻm miqdoridagi soliq qarzi uchun penya quyidagi tartibda hisoblanadi:
🧮500 000 x (13,5%/300) = 225

Soliq qarzini toʻlash bir kunga kechiktirilganda 225 soʻm penya hisoblanadi.

❗️Hisoblangan penyalar ham soliq qarzi hisoblanadi va soliq organlari tomonidan yuqorida qayd qilingan majburiy undiruv choralari qoʻllaniladi.
__________
#налоговая_задолженность

Что такое пеня?

Если налогоплательщик нарушает установленный налоговым законодательством срок уплаты налогов, то за каждый день просрочки начисляется пеня в процентах от суммы неуплаченного налога.

Процентная ставка пени равна 1/300 действующей в это время ставки рефинансирования (13,5%) Центрального банка.
👉ст.110 НК

Например, за 500 тысяч сумов налоговой задолженности сумма пени рассчитывается следующим образом:

🧮500 000 x (13,5%/300) = 225

В день начисляются пени в размере 225 сумов за каждый день просрочки погашения этой налоговой задолженности.

❗️Начисленные пени также считаются налоговой задолженностью и в их отношении налоговыми органами применяются меры принудительного взыскания.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads